Qashqadaryo viloyati



Yüklə 172 Kb.
tarix07.07.2022
ölçüsü172 Kb.
#117371
@Respublika filologlari. A.Oripov tadbiri


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIM VAZIRLIGI



QASHQADARYO VILOYATI
XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI


QASHQADARYO VILOYATI
KITOB TUMANI 5-UMUMIY O`RTA
TA`LIM MAKTABINING ONA TILI VA ADABIYOT O`QITUVCHISI
ISMOILOVA FERUZANING
ABDULLA ORIPOV HAYOTI VA IJODIGA BAG`ISHLANGAN “ONAJONIM, SHE`RIYAT” DEB NOMLANGAN TADBIR

Sahna bayramona bezatilgan. Shoir Abdulla Oripovning surati, kitoblari qo‘yilgan. Gullar bilan bezatilgan. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlanadi. Madhiyani o‘quvchilar jonli ijro etishdi.


1-Boshlovchi: Hamdam bo‘lding men bilan
Har qandayin kunlarda
Yulduz bo‘lding charag‘on
Eng qorongu tunlarda
Suhbat qildik goh shodon
Goho hazil unlarda
Eng oliy baxtim mening
Onajonim,she‘riyat
Topgan toj-taxtim mening
Jonajonim , she‘riyat.
2-Boshlovchi:
Hamdam bo‘lib sen bilan
" Hamsa "dan saboq oldim
Yiroq-yiroq yulduzlar
Sehrini dilga soldim
Mehmon emas,qasringda
Balki bir umr qoldim
Eng oliy baxtim mening
Onajonim, she‘riyat
Topgan toj-taxtim mening
Jonajonim, she‘riyat.
1-Boshlovchi:Assalomu alaykum, she‘riyat shaydolari, nazm ixlosmadlari.

2- Boshlovchi:Assalomu alaykum, aziz ustozlat va qadrli mehmonlar.


1-Boshlovchi:Sevimli shoirimiz Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan "Onajonim she‘riyat" nomli kechamizga xush kelibsiz.
2-Boshlovchi: She‘riyat kechamizda sevimli shoirimizning ijodidan namunalar tinglaysiz. Uning hayoti va ijodiga doir ma‘lumotlarni yana bir bor ega bo‘lamiz.
1-Boshlovchi: Bu bejiz emas, albatta. Chunki biz yaqinda sevimli shoirimizning tavallud kunlarini nishonlaymiz.
2-Boshlovchi:Darhaqiqat Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Orif bobo ko‘pni ko‘rgan donishmand kishilardan edi. Elda e‘tibor, kop yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetib, o‘glining shon-shuhratini ko‘rib vafot etdi.
1-Boshlovchi: Onasi,Turdi Karim qizi, shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi odamlardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o‘glining birinchi kitobini ko‘rib ketdi. Bu tuyg‘ular uning "Onajon" she‘rida juda samimiy ifodalangan.
2-Boshlovchi: Shu o‘rinda navbatni do‘stlarimizga bersak-da, shoir she‘rlaridan bahramand bo‘lsak. Marhamat.
( "Onajon" she‘ri )
1-Boshlovchi: Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda aytiladiganini ko‘p ko‘rgansiz. O‘zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz g‘olib bo‘lib kelib, bayrog‘imiz ko‘tarilganda madhiyamiz yangraganini g‘urur va iftixor bilan kuzatganmiz. Faqat tantanalarda emas, u bizga doim madadkor.
2-Boshlovchi: Radio va televideniyalar har bir kunini mana shu madhiyamiz bilan boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u bizning davlatimiz ramzi, mustaqilligimizning ramzidir. U dunyodagi qanchadan-qancha mamlakatlar orasida tengma-teng yashab kelayotgan ramzimizdir. Mana shu madhiyamiz so‘zlari muallifi ham shoir Abdulla Oripovdir.
1-Boshlovchi: Shoir ijodi rang-barang. U turli mavzularga ijod qiladi. Shoir she‘rlarida Vatan,tabiat,do‘stlik,muhabbat tuyg‘ulari opzgacha bir latiflik o‘zgacha bir joziba bilan namoyon bo‘ladi.
2-Boshlovchi:To‘gri aytdingiz ...............(boshlovchining ismi aytib o‘tiladi). Shoir A. Oripov qaysi mavzuga murojaat etmasin, xalq dardini birga qo‘shib kuylaydi,insonning dil torlarini chertib,yurakning tub-tubigacha yetib boradigan yoniq misralar bitadi.
1-Boshlovchi:Keling, hozirshoir ijodidan namunalar tinglab so‘ng suhbatimizni davom ettirsak.
2-Boshlovchi: Juda soz bo‘lardida. Marhamat.
O‘quvchilat shoirning ''Men nechun sevaman O‘zbekistonni'', ‘‘ Yurtim shamoli‘‘, ‘‘Munojotni tinglab‘‘ she‘rlarini aytishadi.
1-Boshlovchi: Har qismatga har kimning
Davroni sabab bo‘lgay.
She‘r un cheksa shoirning.
Armoni sabab bo‘lgay
Men faxr etsam umrimning.
Har oni sabab bo‘lgay.
Eng oliy baxtim mening.
Onajonim, she‘riyat.
Topgan toj-taxtim mening.
Jonajonim she‘riyat.
2-Boshlovchi: Angladimki, olamda.
Yurt tanho, Vatan tanho.
Band etgan hayotimni.
Tengsiz shul chaman tanho.
Nokaslar emas, yo‘q, yo‘q.
Yolg‘iz sen baland, tanho.
Eng oliy baxtim mening.
Onajonim, she‘riyat.
Topgan toj-taxtim mening.
Jonajonim, she‘riyat.
1-Boshlovchi: Ha she‘riyatning mazmuni deb bilgan shoir qaysi mavzuga qo‘l urmasin nima haqida she‘r yozmasin,uning ko‘z oldida Vatan turadi,o‘sha ulug‘ Vatanning farzandi sinfida qo‘liga qalam oladi. Shu sababdan uning she‘rlari doim hayotbaxsh,ovozi dadl, ruhi tetik.
2-Boshlovchi: Abdulla Oripov tabiatan satirik shoir emas. Biroq,har bir she‘rida nimalarnidir inkor qiladi,nimalarnidir yoqlaydi. Hayot ziddiyatlarini to‘laroq ifodalash uchun rang-barang imkoniyatlardan foydalanadi. Uning satiraga boy she‘rlari ana shu imkoniyatlar natijasida yuzaga kelgan. Keling endi shoirning ana shunday she‘rlaridan tinglasak. Sahnaga 5-sinf o‘quvchilarini taklif qilamiz. Marhamat.
1-Boshlovchi: Yana bahor keldi,yana olamda.
Ajib bir go‘zallik,ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda.
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot.
2-Boshlovchi: Qizg‘aldoq bargiday,uchar dildan g‘am,
Toshqinlar kiradi, qalbimga manim.
Bahoring muborak, bo‘lsin ushbu dam,
Mening O‘zbekiston - dilbar Vatanim.
( ‘‘ Alisherning onasi ‘‘ , ‘‘ Muallimlargaga ‘‘, ‘‘Bahor‘‘ she‘rlari )
1-Boshlovchi: Umid yorkim, yetkaymiz.
Sen bilan yiroqlarda.
Maqsudim yoqib turgan,
U nurli chiroqlarga.
Duch kelmasak bas endi,
Turfa xil firoqlarda.
Eng oliy baxtim mening,
Onajonim, she‘riyat.
Topgan toj-taxtim mening,
Jonajonim, she‘riyat.
2-Boshlovchi: Haq senga, murod o‘lsun.
Shavkating na zar tillo,
Haq deganing umri ham.
Haq kabi uzun, illo,
Boshin eggay hamisha,
Ostonangda Abdullo
Eng oliy baxtim mening.
Onajonim, she‘riyat.
Topgan toj-taxtim mening,
Jonajonim, she‘riyat.
1-Boshlovchi: Shuning bilan O‘zbekiston xalq shoiri.
2- Boshlovchi: O‘zbekiston qahramoni faxriy unvoni sohibi, shoir Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan ‘‘ONAJONIM, SHE‘RIYAT‘‘ nomli she‘riyat kechamiz poyoniga yetdi.
1-2-Boshlovchi: E‘tiboringiz uchun rahmat. Xayr, salomat bo‘ling.
Yüklə 172 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin