1
Reja:
I. Bob. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy-
nazariy asoslari
1.1 Innovatsiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning pedagogik tavsifi
1.2 Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati
II. Bob. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning o‘ziga
xos xususiyatlari hamda pedagogik shart-sharoitlari
2.1 Innovatsion uslublarni ishlab chiqish asosida ta’limda o‘qitishni jadallashtirish,
individuallashtirish va
tabaqalashtirishga erishish
2.2 Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishda yangiliklar kiritishning
ahamiyati. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar
III. Xulosa
Iv. Foydalanilgan adabiyotlar
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar
qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini
oshirish maqsadi ham ilg‘or
pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng
foydalanishimizni talab etmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan
aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish
yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan
o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi
zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or
texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot
maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib
kelmoqdamiz”
1
. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “ta’lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini
yanada mustahkamlash,
o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik
texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» vazifalari belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda
yosh avlodni
yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy
hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan. Bu esa o‘z navbatida talabalarning ilmiy bilim darajasini va faolligini
kengaytirishni talab qiladi. Oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish jarayonida
talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga,
mustaqilligi va faolligini
rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan interfaol ta’lim
olishlariga ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz
ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim
jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali
tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida
namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va tex-
nologiyalarning jamiyatning barcha
qatlamlariga kirib borishi, axborot
texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi
o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda.
O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqa-ruvchi, muloqot
qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari
kerak bo‘ladi. O‘qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo‘lib,
uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud.
oldingi davrlarda
1
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining
garovi. -Toshkent., O‘zbekiston, 2017. 48-bet.
3
o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan
tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va amaliy bilimlar berish ham talab qilinadi.
O‘qitish uslubiyatining boshqa turlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan,
Suqrot uslubida, muloqot
usulida yoki korporativ usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng o‘qitishning ta’lim
berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi.
Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim olishlari maxsus
usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi.
Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant rolida bo‘lib, barcha ta’lim berish
vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqalarida esa talabalarga to‘la
erkinlik berilib, ular
demokratik tamoyillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va
o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib,
o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi. Lekin bu
modellarning ishlatilishi va samarasi o‘quvchi-talabalarning bilim darajasiga,
intilishlariga, ongining rivojlanish ko‘rsatkichlariga har doim ham mos
kelavermaydi.