Sodda gaplarning murakkablashuvi



Yüklə 14,01 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü14,01 Kb.
#107303
3-3


3-amaliy mashg'ulot. Murakkab sodda gap tahlili

SODDA GAPLARNING MURAKKABLASHUVI

1-mashq. Ko’chiring. Sodda gapni murakkablashtiruvchi vositalarni aniqlab, ustiga turini yozing.

1. Yaxshisi, bu haqda keyin gaplashamiz. 2. Ne ajab, ul sarvinozim o’n sakiz yoshindadur. (Navoiy) 3. Ming bora uzr, sizni ranjitmoqchi emasdim. 4. O’trorda, ya‘ni Amir Temur vafot etgan shaharda sohibqironning muzeyi bor. 5. Serquyosh, hur o’lkam, elga baxt, najot. (A.Oripov)  6. Qani, so’zla, ko’zgujon, haqiqatni et bayon.  7. 8. Javob berib ko’r-chi, nomard tabiat, Bunchalik go’zalni nechun yaratding?! O’zing gunohkorsan, osiysan behad, Nechun yaratding-u, o’tlarga otding? (H.Olimjon)

 

2-mashq. Gaplarni ko’chiring. O’zaro teng munosabatda bo’lgan so’z qo’shilmalarini aniqlang. Uyushgan bo’lakning ostiga chizing. 

1. Hali haydovchilardan, hali traktorchilardan bir-ikkitasi ba‘zan tongda, ba‘zan yarim tunda yo u, yoki bu ehtiyot qismlarini so’rab kelardi. Shuning uchun omborda navbatchi bo’lishi zarur. (Sh.R.) 2. Fakultet ro’parasidagi yer maydoniga  birinchi va ikkinchi kurs talabalari qaraydi. 3. Na ko’kning fonari o’chmasdan, na yulduz sayr etib ko’chmasdan… (Uyg’un) 4. Do’st bilan dushmanning ko’rinishi bir xil. 5. Sovuq, ammo rutubatsiz havoda u o’zini ancha yengil his etdi (Shukrullo) 6. Buyuklar buyuk ishlarga uning qanday ulug’ligini his etgani uchun, ahmoqlar esa uning qanday qiyinligini anglay olmagani uchun qo’l uradi. (L.K.Vovenarg) 7. Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan. 8. Fe’llarning zamon, mayl, shaxs-son qo’shimchalari munosabat shakllari hisoblanadi. (B.B.) 9. Internet sahifalarini varaqlasak, jahon tilshunosligida leksikografiya naqadar taraqqiy etgani, lug’atlarga bo’lgan talab, e’tibor qanchalik oshgani, lug’atchilikning son-sanoqsiz tarmoqlari yuzaga kelganining guvohi bo’lamiz. (B.B.) 10. Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog’da ishlaydi. (O.) 11. Hujra kichkina, lekin iliqqina edi. (Oybek)

 

3-mashq. Berilgan gaplar asosida quyidagi topshiriqlarni bajaring.

1. Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham go’zal bo’lishi lozim. (A.Ch.) 2. Seni maftun bo’lib sevib qolganim, Ishqing olovida o’rtanganim rost. Seni ruhing bilan nafas olganim, isming takrorlashga o’rganganim rost. (H.Olimjon) 3. Erkak, xotin, bola-chaqa – hammasining kiyimlarini tikaman. (Oybek) 4. Shu payt hovliga Davron aka bilan Iskandarov kirib kelishdi. (Y.Shukurov) 5. Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bo’g’otlarda chumchuqlar chirqillashadi. (M.Ismoiliy) 5. Maxdum boychan, olago’sht, siyrak moy, oq tan, istarasi issiq bir domla edi. (A.Qodiriy) 6. Chaqaloq kichkina, oppoq va dumaloq qo’llarini cho’zib, menga talpinar edi. (Y.Shukurov) 7. Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qoyardi. (R.Q.)  8. Yaxshi xislati bor: oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, ko’cha-koydagi begona bolalarni ham – xullas, barchani sizlab gapirardi. (O.M.)  9. Bittangiz: yo Shahobiddin yoki siz so’zga chiqasiz. (Y.Shukurov) 10. Daraxtlardagi barcha sayroq i qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo’r bo’ldi. (N.F.)



1-topshiriq. Gapning qaysi bo’lagi uyushganini aniqlang.

2-topshiriq. Uyushgan bo’lakning qaysi bo’lakka tobelanayotganligiga diqqat qiling.

3-topshiriq. Uyushiq bo’laklarni o’zaro biriktiruvchi vositalarni aniqlang.



4-topshiriq. Tinish belgilarining qo’llanish sababini tushuntiring.

5-topshiriq. Umumlashtiruvchi so’zlarni aniqlang.
Yüklə 14,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin