Tarbiyaviy: Ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə1/2
tarix06.06.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#116656
  1   2
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 2


Aim.Uz



Sana. Mavzu: Rasm ishlash uchun tayyorgarlik .Rang va tuslar . O'zbekiston Respublikasi bayrog'i rasmini ishlash Maqsad:
Ta’limiy : O'quvchilarga milliy istiqlol g'oyasini singdirish,
Tarbiyaviy: Ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:Asboblar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; Badiiy fikr doirasini kengaytirish.
Darsning jihozlanishi: O’zbekiston bayrog’.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

  1. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni:Rasm ishlash uchun tayyorgarlik bosqichlarini tushuntirish.
Rang va tuslar haqida m’lumot berish .
O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash bilan bog'liq bo'lgan darslikdagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi.
Unda 1-sentabr - O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni ekanligi, bu kunni 1991- yildan buyon bayram qilinishi aytib o'tiladi. O'quvchilar bu yilgi bayramni qanday o'tkazganliklari, ko'chalar nimalar bilan bezatilishini savol-javoblar orqali bilib oladilar.Ma'lumki, rasm ishlash narsa tasvirini qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirishdan boshlanadi. Tasvirlanadigan narsaning bo'yi va eni o'zaro taqqoslanib, bo'yi enidan katta yoki teng bo'lsa, u qog'ozning bo'yiga, aksincha, bo'yi enidan kichik bo'lsa, tasvir qog'ozning eniga joylashtiriladi. Tasvir qog'ozning o'rtasiga joylashtirilishi lozim. U katta ham, kichik ham bo'lmasligi kerak.O'qituvchi tomonidan qog'oz o'lchami va holatini to'g'ri tanlash va bayroq chizishning darslikda berilgan bosqichlari bo'yicha ishlash tushuntiriladi va chizib ko'rsatiladi. Mazkur darsda naturadan rasm ishlanishi sababli o'quvchilar bayroq chizish bosqichlari bilan tanishganlaridan so'ng darsliklar yopib qo'yiladi. Narsaning o'ziga qarab rasm chizish tasviriy san'at mashg'ulotlarining asosiy turi hisoblanadi.
III.Amaliy mashg’ulot.O'quvchilar doskaga ilingan O'zbekiston bayrog'iga qarab mustaqil rasm ishlashga kirishadilar. Dastlab ular darslikda berilgan qalam bilan chamalab bayroq o'lchamlarini va tasvirning qog'ozdagi o'rnini aniqlaydilar. Bunda ularga o'qituvchi yordam beradi. Sinfda bayroq rasmini ishlashning qora qalamda bajariladigan bosqichlari ko'rsatiladi. O'qituvchi bu vaqtda o'quvchilar bajarayotgan ishlami kuzatab yuradi, ularga maslahatlar beradi.
IV.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V. Uyga vazifa: Sinf ishini yakuniga yetkazish.
MRO`TIBO’______
Sana.
Mavzu: «Bizning maktab» mavzusida rasm ishlash
Maqsad:
Ta’limiy : Maktab tarixi haqida bilim berish:
Tarbiyaviy: Ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:Q ora qalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; Badiiy fikr doirasini kengaytirish.
Darsning jihozlanishi
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin