Tilida olmoshlar tasnifi



Yüklə 33,75 Kb.
tarix29.06.2022
ölçüsü33,75 Kb.
#117302
ttttttttttt


1.2. Ingliz tili etimologik davrlari: ingliz tilida olmoshlar tasnifi
Har bir millat tili til bo’lib shakllangunga qadar ma’lum tarixiy davrlarni bosib o’tadi. Shu o’rinda ingliz tili tarixiga nazar soladigan bo’lsak, u ham ko’p yillik tarixga ega ekanligini ko’ramiz. Ingliz tili tarixining ilmiy fan sifatidagi mavzusi( predmet) uning eng qadimgi davridan bizning davrimizgacha mavjudligi, tilning rivojlanishining sistematik mohiyati hisoblanadi.Nima uchun biz til tarixiga to’xtalib o’tmoqdamiz. Sababi zamonaviy muloqot vositasi bo’lmish til tarixini o’rganish zamonaviy ingliz tilini chuqur anglab yetishga,uning turli faktorlar bilan qanchalik aloqadorligini bilishga, rivojlanishning murakkab jarayonining natijasi va boshqa tillar o’rtasidagi o’rnini tushinishga imkon beradi. Tilda yuz beradigan o’zgarishlar esa xalqning nutq faoliyatini anglab, uni tushunish va turli hayotiy taraflari bilan aloqadorlikda bo’lishini bilishga yordam beradi.Biroq, bu aloqadorlik o’ta murakkab va turli tumanlidir. Shu bilan birga tilning turli sharoitlarda turlicha namoyon bo’lishini hisobga olish kerak. Va shu aniqki, til taraqqiyotining rivojlanish jarayoni bir maromda emas, va bu jarayonni rivojlanish bosqichlari, davrlarini to’g’ri talqin etish har doim ham yengil kechmaydi.
“ Ma’lumki, tildagi o’zgarishlar sekinlik bilan amalga oshadi”,- deydi dotsent O’. Usmonov “ingliz tili grammatikasi tarixi” nomli ma’ruza matnida. Bu jarayonni borishini kishi sezmaydi. Xususan ingliz tili sistemasidagi o’zgarishlarni kuzatadigan bo’lsak, bu turli davrlarda turlicha tus olgan. Ba’zi tarixiy davrlarda ingliz tilidagi o’zgarishlarning sur’ati tezlashgan, ba’zi davrlarda esa sekinlashgan. Bizning fikrimizcha bu hilmaxillik til rivojlanishiga sezilarli darajada tasir ko’rsatgan. Va bulardan kelib chiqib shuni aytishimiz joizki, har qanday tilni bilish, o’rganish uchun uning tarixini va tarixiy jarayonlarini, va uning til rivojlanishi bilan qanchalik bog’liqligini bilishimiz kerakligi muhim va dolzarbdir.
Xorijiy tillarni o’rganayotgan har bir inson qaysudir ma’noda u yoki bu millatning tili tarixiga yuzlanadi. Biz ham ishimizning ushbu bandida ingliz tili tarixi haqida qisqacha yoritishga harakat qildik. Bu o’rinda yana ingliz tili grammatikasi tarixi maruza matni tuzuvchilari dotsent U.O’. Usmonov hamda F. Q. Mirsanovlarning ishlaridan foydalandik.
O’zbek tili turkiy tillar oilasiga kirgani kabi ingliz tili ham german tillar guruhiga mansub hisoblanadi. Va o’z navbatida hind-yevropa tillari deb ataladigan kattaroq guruhga kiradi. Hind- evropa tillariga german tillaridan tashqari slovyan, roman, grek, eron, hind va boshqa bir qancha tillar kiradi. Zamonaviy german tillari ham ikkita kichik guruhga bo’linadi; a) G’arbiy german tillari, b) Shimoliy german tillari.
G’arbiy german tillariga ingliz, nemis, golland, friz tillari kirsa, shimoliy german tillariga shved, norveg, island, daniya tillari kiradi.
Ingliz tili deganimizda biz V asrning o’rtalarida Britaniyaga hujum qila boshlagan german qabilalarining tilini tushunishimiz kerak. German qabilalari mahalliy kelt xalqini bosib olib, kelt qabilalarini esa mamalakat shimoli va g’arb tomonlarga siqib chiqaradilar va Britaniya hududini ko’p qismini egallaydilar. Ushbu Britaniya hududiga kelgan German qabilalari shevalari asosida Ingliz tili rivojlanadi.
Ko’p asrlar mobaynida ingliz tilida har bir tildagi kabi, ancha o’zgarishlar yuz berdi. Ingliz xalqi tarixining ba’zi voqealari shu jarayonlarni tezlashtirdi.
Shunga asoslanib ingliz tili tarixini uchta davrga bo’lib o’rganamiz.;
  1. Qadimgi ingliz tili davri. a) Eng qadimgi davr- Bu davr eramizning birinchi asridan VII-VIII asrlarini o’z ichiga oladi. Bu davrda ingliz xalqining asosi bo’lgan qadimgi ingliz qabilalarining mavjud bo’lganligi bilan izohlanadi.





  1. Qadimgi ingliz (angl-saks). Bu davr VII-IX asrlarni o’z ichiga oladi. Bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ushbu davr ingliz tili o’zining sifatiy belgilariga ega bo’la boshlagan.


2. O’rta ingliz davri-XI-XV asrlarni o’z ichiga oladi.


3.Yangi ingliz davri. Bu davr XV-asrdan hozirgi kungacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga olib, o’z navbatida ikki davrga bo’linadi; a) boshlang’ich yangi ingliz tili davri ( ingliz milly tilining til normalarining hosil bo’lishi: b) so’nggi yangi ingliz tili davri. (ingliz til normalarining hosil bo’lgan davri) [7-8,30]
Yuqoridagi ma’lumotlarga qo’shimcha tarzda A.G.Maksumov o’zining “English grammar: theory and usage” deb nomlangan kitobida quyidagi izohlarni keltirgan. “Insoniyat tomonidan gapiriladigan turli xil tillar grammatik kategoriyalari, qollash uslubi fikrlarni ifodalash uchun ishlatiladigan so’zlari va so’z yasalishi bilan birgalikda ma’lum bir oilani tashkil qiladi. Bunday oilalardan biri Hind yevropa oilasi. Bu oila bir vaqtning o’zida ikkiga Osiyo va Yevropa tillar oilasiga bo’linadi. Yevropa tillar bo’limining asosiylari quyidagilar:
  1. Celtic ( spoken in Wales, the Scottish Highlands, Isle of man, Ireland, Britanny)


  2. Hellenic in Greece


  3. Italic or Romanic in Italy, France, spain, Portugal and Roumania.


  4. Germanic or Teutonic in England Germany, Holland, Scandinavia and Iceland.


  5. Slavonic in Russia, Poland,Servia,Bulgaria and Bohemia


Ingliz tili quyidagi bosqichlarni bosib o’tgan:


Old English (450-1066)
Middle English (1066-1500)
Moderen English (1500-) [10-11,11]
O’zbek tili grammatikasi va uning tarixi qanchalik boy bo’lsa, ingliz tili grammatikasi, so’z tuzulishi ham shunchalik buyuk o’tmishga va mukammallikka egadir. Ingliz tili grammatikasi ham turli davrlarda ko’plab o’zgarishlarga uchragan va zamonlar osha sayqallanib, hozirgi kunda mukammal ko’rinishga kelgan.
Ma’lumki, morfologiya grammatikaning bir qismi bo’lib, so’z shakli o’zgarishi, so’z turkumlari va boshqalarni o’rganadi.
Qadimgi ingliz tilida quyidagi so’z turkumlari mavjud bo’lgan: ot, sifat, olmosh, son, fe’l, ravish, predlog, bog’lovchi, yuklama. Zamonaviy ingliz tilini qadimgi davr ingliz tili bilan qiyoslab shuni aytish mumkinki, qadimgi ingliz tilini sintetik til sifatida xarakterlash mumkin.
Qadimgi ingliz tili Grammatik tuzilishida biror bir so’z, misol uchun ot, sifat, fe’l, gapdagi boshqa so’zlar bilan munosabatda bo’lishi uchun turli affixlar qo’shilgan. Suning uchun qadimgi ingliz tili gap strukturasi anniq so’z tartibiga ega bo’lmagan.[22, 9]
Demak, umumiy qilib aytadigan bo’lsak qadimgi davrlarda ham hozirgi zamon ingliz tili fanida ham grammatika, sintaksis, leksikologiyadan farqli ravishda morfologiya- so’z haqidagi , uning morfologik strukturasi, shakli va ular anglatgan Grammatik ma’nolar hamda so’z turkumlari va ularga xos Grammatik kategoriyalar haqidagi Grammatik ta’limotdir.
Hozirgi zamon ingliz tilidagi so’z turkumlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, ingliz tilidagi so’z turkumlarining soni turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Ayrim olimlar hozirda amalda bo’lgan 10ta so’z turkumiga ( ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, predlog, bog’lovchi, artikl va yuklamalar) yana 4ta qo’shib (modal so’zlar, xolat kategoriyasi, undovlar, javob so’zlar) so’z turkumlari sonini 14taga yetkazadilar. Bu olimlarning so’z turkumlarini farqlashda qanday va nechta me’zonlardan foydalanishlariga bog’liqdir. [87,8]
Ingliz tilida so’z turkumlari anglatgan ma’nolariga va gapdagi vazifalariga ko’ra o’zbek tilidan farqli ravishda uch guruhga bo’linadi: mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari va undovlar
Ular borliqdagi biror narsa va hodisalar belgilarini hamda harakatning nomini ifodalaydi, mustaqil leksik ma’no anglatib, gapda albatta, mustaqil biror bo’lak bo’lib keladi. Lekin mustaqil Ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’l mustaqil so’z turkumiga kiritiladi so’z turkumlari orasida olmosh boshqalaridan qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Avvalo olmosh nima degan savolga aniqlik kiritib olsak. O’zbek olimlari qatori ingliz olimlari ham olmosh so’z turkumiga turli xil tasniflar berishgan. Masalan, Curme ning yozishicha ingliz tilida tarixiy Grammatik ko’rinishlarda “olmosh” ot o’rnida ishlatiladigan so’z degan ma’noni anglatadi. Lekin bu olmosh turkumi uchun anchayin eskirgan tasnif. Shu qatorda tilshunoslik tarixida bir necha marotaba olmoshlarning nutqning bir qismi sifatida mavjudligi rad etilgan. Hozirgi kunda tilshunoslik adabiyotlarida olmoshlar to’g’risida turli xil qarashlarga duch kelmoqdamiz. Boshqa tilshunoslar olmoshlarni aniqlovchi sifatida talqin etiwmoqda yoki sonlarni belgilovchi vazifasini cheklovchi (aniqlik va konkretlikda) sifatida qaraydilar.
Ma’nosiga ko’ra olmoshlar alohida funksional so’zlar sinfini tashkil etadi. Ya’ni nutqda turli xil funksiyalarni bajaradigan so’zlar: semantic(aniqlovchi vazifasini), diektik(so’zlar kabi) va matnli, aniq ma’nolar va dunyoviy haqiqatlarga oid havolalar. Yana bir manbalarda esa olmoshlar sifat, modda, miqdor va holatni nomlash bilan emas, balki ularni ko’rsatib berishga xizmat qiladigan so’zlardir deb berilgan.
Yana ba’zi manbalarda olmoshlar gapda ot olmoshi (noun pronouns) yoki sifat olmoshi kabi funksiyalarni bajaradigan turli xil so’zlar guruhini qamrab oladi. Ot va sifatlardan farqli ravishda olmoshlar predmetni nomlamaydi balki faqat ularga ishora qiladi,degan tasniflarga ham duch kelinadi. [265,29] Bu ta’rif o’zbek tilida olmosh so’z turkumiga ham berilgan. Yana shu kitobda olmoshlar bir so’z bilan aytganda aniq leksik ma’nodan mahrum. Ular umumlashgan ma’noga ega bu faqat kontekstda aniq bo’ladi.,- degan fikrlar ham keltirilgan.
Olmosh gapning umumiy yoki nisbiy ma’noga ega so’zlarni o’z ichiga olgan nutq bo’lagidir. U ot yoki sifat o’rnida keluvchi sifatida ishlatiladi.
Olmoshlar tirik mavjudotlarni, narsalarni va ularning fazilatlarini nomlamasdan yoki ta’riflamasdan ko’rsatadi. I, He,She olmoshlari bilan qaysi shaxs belgilanishi yoki it, this olmoshlari bilan qaysi narsa yoki sifat belgilanishi kontextdan yoki vaziyatdan har doim ravshan bo’lib turadi.
Nutqning boshqa qismlarini o’rnini bosuvchi sifatida olmoshlar tez tez ishlatiladi va har qanday matn yoki suhbatni muhim qismini tashkil qiladi garchi so’z sinflari sifatida uncha ko’p bo’lmasa ham. [40,32]
Ma’nolari va sintaktik vazifalariga ko’ra olmoshlar asosan ikkiga bo’linadi: ot olmoshlar(noun pronouns) va sifat- olmoshlari(adjective pronouns)
Noun-pronouns (otlashgan olmoshlar) otlarni o’rnini bosuvchi hisoblanib, ularning sintaktik vazifalari otlarga o’xshashdir.
.Olmoshlari(adjective pronouns) sifatlarni o’rnida kelib, ular bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi.
Ko’p olmoshlar ham ot ham sifat vazifalariga ega.
Otlashgan olmoshlar Sifatlashgan olmoshlar
Some are absent? Some students are absent.
What is that? What colour is this?
This is correct? This sentence is correct.
Bundan tashqari olmoshlar jonli va jonsiz narsalarni ajratish uchun ham ishlatiladi. quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin.

Classes of pronouns



Animate objects



Inanimate objects


Personal
Possesive


Reflexive

He,she
His,her

Himself, herself

It
Its

Itself

Interrogative


Conjunctive
Relative

Who
Who, whoever


Who

What
What, whatever


Which

Indefinite


Somebody
Someone

Anybody
Anyone

Something


Anything

Distributive


Everybody


Everyone

Everything


Negative

Nobody
No one

Nothing



Jadva 1Jonli va jonsiz birliklarni ifodalovchi olmoshlar
Yuqoridagi jadvalda olmoshlarning ingliz tilidagi turlari: kishilik, egalik o’zlik, so’roq, birgalik va inkor olmoshlarini jonli va jonsiz qismlarga ajratilgan ko’rinishini ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari ushbu jadvalga qo’shimcha ravishda shuni aytib o’tishimiz joizku, ingliz tilidagi olmoshlar kelishiklar bilan turlanadi. Kishilik olmoshlari nominative va obyektiv kelishik bilan, birgalik olmoshlari bosh va qaratqich kelishigi bilan turlanadi, so’roq va ko’rsatish olmoshlari esa umuman kelishik bilan turlanmaydi. Ushbu jihati bilan olmoshlar o’zbek tilidagi olmoshlar bilan farq qiladi Yana olmoshlarni jonli hamda jonsiz narsalarni ajratish uchun ham ishlatamiz.
Shu o’rinda shuni aytish joizki, ingliz tilida olmosh ko’pincha fe’l bilan aloqada bo’ladi. Sababi olmosh gapda ega vazifasida kelganda uning funksiyasi ko’proq namoyon bo’ladi. Masalan quyidagi gaplarga e’tiborimizni qaratsak;
I received some letters yesterday.
They live in Moscow
Ushbu gaplarda olmosh fe’l bilan yonma yon kelib, ega vazifasini bajaryapti
Olmoshlarning ko’pchiligi o’zlarining kuchli mavhum ma’nolari sababli artikllar bilan bog’liq bulmaydilar. Ular otlar kabi tavsiflanmaydi va individuallashmaydi. Shuni eslatib o’tish joizki artikllar olmoshlardan kelib chiqqan va ular olmoshga oid( pronominal) so’zlardir. Shuning uchun ham olmoshlar zamonaviy ingliz tilida artikl bilan o’zaro almashinib qo’llaniladi. [41,32]
A book, some books
The book, this book.
Both, all va such olmoshlari doim artikl bn keladi va artikldan oldin ishlatiladi.
Both the girls
All the students
In such a case
Yüklə 33,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin