Tuproq’ostidan sug’orish usulini qo’llash shartlari



Yüklə 55 Kb.
səhifə1/2
tarix15.12.2023
ölçüsü55 Kb.
#140957
  1   2
Sug‘oriladigan tuproqlar va ularning xossalari


Sug‘oriladigan tuproqlar va ularning xossalari

Reja:




  1. Tuproq’ostidan sug’orish usulini qo’llash shartlari

  2. Tuproq’ostidan sug’orish usulining afzallik va kamchiliqlari.

  3. Sug’orish tarmoqlari tizimi konstruksiyasi.

  4. Tomchilatib sug’orish tizimi hisobi.



Umumiy tushunchalar. Tuproq’osti sug’orish tarmoqlari 45-50 sm chuqurlikda quriladi. Yer osti sug’orish tarmoqlarri sopol quvur, shox bog’lamlari, ichiga chakik tosh yoki shagal solingan novlardan va boshqa govak materiallardan quriladi.
Nasos stansiyasining bosimi ta'sirida suv bu tarmoqka yuboriladi. Sug’orish quvurlariga (nov yoki shox bog’lamlariga) keltirilgan suv uning govak joylari (quvur govak bo’lsa) yoki kuvo’rning ulangan joylarida maxsus koldirilgan tirqish (erik) lar (agar quvur govak bulmasa) orqali chiqib, kapillyar ko’tarilish konuniga hamda tuproq’ning suv shimish (surish) xossasiga binoan tarmoq atrofidagi maydonni namiqtiradi.
Tuproq’ostidan sug’orishning ko’pgina afzalliklari bor :
1) yoki n maydonlarida egat olinmaydi , muvaqqat shoxobchalar qurilmaydi, demak, q’ishloq’xo’jaligi ishlarini mexanizasiyalashtirishga qulay sharoit yaratiladi;
2) er tyoki slash ishlari kamayadi;
3) sug’oriladishgan e.f.k. oshadi;
4)er sug’orilgach, uning ustidan qatqaloqhosil bulmaydi, tuproq’faol qatlamining strukturasii buzilmaydi;
5)erning nami uzoq vaqtgacha saklanadi, chunki bunda tuproq’ning ustki 10-115 sm qalinlikdagi qatlami quruqligicha koladi ;
6)begona utlar va o’simlik zararkunandalari rivojlana olmaydi;
7)erni chikindi suvlar bilan sug’orishda saniratiya qoidalari buzilmaydi;
8)ertangi sabzavotlarni etishtirish maqsadida ilitma sug’orish (iliqsuv berish) ga imkon yaratiladi;
9)sug’orish ishi avtomatlashtirilganligidan kam mehnat sarflanadi.
Tuproq’ni ostidan sug’orishning bunday afzalliklariga karamasdan bu usul xozircha turli tuproq’–gidrogeologik sharoitlar xiisobga olingan tarzda yaxshilab ishlab chiqilgani yuk.
Tuproq’ostidan sug’orishning kamchiliqlari:
-sug’orish tarmog’ini qurishning kimmatga tushishi;
-sug’orish suvining filtrasiyaga ko’proq sarf bo’lishi;
-mexaniqaviy tarkibi engiil bo’lgan qumli va qumoq, shuningdek, toshlok tuproq’larda bu usuldan foydalanishning mumkin emasligi;
-quvurlarning ichiga loyqa tiqilib kolish kabi kamchiliqlari bor.
Tuproq’ ostidan sug’orishga quyidagi tizimlar kiradi:
1) nasos stansiyasi;
2)suv keltirish kanallari yoki quvurlari;
3)sug’orish quvurlari, inshootlari, ventillari, jumraklari va boshqalar. rasmda tuproq’ ostidan sug’orish sxemasi ko’rsatilgan.
Tuproq’qa suv berish usuliga qarab tuproq’ni ostidan sug’orish tizimi uchga bo’linadi:
1) bosimli tizim; 2) bosimsiz (okma) tizim; 3) vakuumli tizim (V.G.Qornev tizimi)
Bosimli tizim bosh quvur, sug’orish quvurlari va quvur-zovurlardan iboratdir.
Bosh quvurlar kalta-kalta (uzunligi 75,0 sm, diametri 10-12,5 sm) sirlangan sopol quvurlardan tuziladi.
Sug’orish quvurlari ham kalta-kalta (uzunligi 30-40 sm , diametrii 5-6 sm ) sopol quvurlardan tuziladi va qator oraliklarini 1,75-2,0 m dan qilib, 40-50 sm chuqurlikda etkiziladi. Sug’orish quvurlari bosh quvurga ulanadi. Quvurlarning bir-birlariga ulangan joylari sement qorishmasi bilan suvab quyiladi. Quvurlar govak bulmasa, quvurlarning tutashgan joylarida suv o’tadigan tirqishlar koldiriladi.
Sug’orish quvurlari 0,0025-0,0040 nishablikda etkiziladi. Quvurdagi suv bosimini rostlash maqsadida quvur boshida va uning uzunligi buylab xar 30- 120 m da ventillar (jumraklar) urnatiladi.
Sug’orish quvurlarining etak uchlari quvur-zovurga tutashtiriladi. Quvur-zovurlar diametri 150-200 mm li asbest- sement quvurlardan iborat.Tuproq’ uta namikib koladigan bo’lsa, tarmoq ichidagi suv quvur zovurlarga tushirib yuboriladi. Quvur - zovurlardan zax q’ochirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Qish faslida tarmoqdagi suvni chiqarib yuborishda ham quvur zovurlardan foydalaniladi.
Bosimsiz (okma) tizim. Bu tizimda suv katta quvurlardan namiqtirish (sug’orish) govak quvurlarga uz-uzidan oqib kiradi. Namiqtirish quvurlarning etak uchlari doimo ochiqturadi. Bu quvurlarda quyilgan suvning miqdori tuproq’ning tula sura olishi mumkin bo’lgan miqdorda teng bo’ladi . Quvur buylab uz-uzidan okaetgan suv borgan sari tuproq’qa shiimilib kamaveradi.
Katta quvurlar bir-biridan 200-400 m masofada etkiziladi. Katta quvurga ulanadigan sug’orish quvurlari o’zaro parallel holda, bir-biridan 1: 2 m masofada etkiziladi. Ularning uzunliklari 100- 200 m (chunki katta quvurlar ikki tomonga suv beradigan bo’lsa) bo’ladi.
Vakuumli tizim juda govak (mayda teshikli) quvurchalardan iborat. Bu quvurlar 40-50 sm chuqurlikda, 0,002- 0,003 nishablikda etkiziladi va ulanish joylari (uchlari) suv utmaydgan qilib suvab quyiladi. Tuproq’ning suv shimuvchanligiga qarab quvur qatorlar oraligi 1,75- 2,0 m dan bo’ladi. YEtkizilgan quvurlar ustiga alibastr va gildan taYerlangan qorishma quyiladi. Bu qorishma quvur bosh q’ismi (kulok boshi) suv keltirish kanaliga ulanadi. Suv keltirish kanalidagi suvning sathi quvurdagi suv sathidan pastda saklanadi.
Tizimni ishga tushirish uchun barcha quvurlar suvga to’ldiriladi. Govak quvurdagi suvning tuproq’qa shimilib borishi natijasida , quvur ichida siyraklashish-vakuum hosil bo’ladi. Vakuum ta'sirida kanaldan quvurga yana suv keladi. Tuproq’ ma'lum qalinlikda namikkanicha va tuproq’niing surish kuchi quvur ichidagi vakuum kuchiga tenglashguncha, bu prosess davom etaveradi. Shunday qilib, tuproq’uzluksiz namligicha turaveradi. Tuproq’juda namikkach, bu prosessning aksi bo’ladi.
Quvurda vakuum hosil bo’lish xodisasini tug’ri belgilash yo’li bilan tuproq’qa o’simlik uchun zarur namlikni saqlab turish mumkin.
Sug’orish quvurlarning etak uchlari kollektorga - boshi berk quvurga biriqtiriladi va unga surish sifoni urnatiladi. Bu quvur ichiga kirgan havo sifon erdamida surib olinadi. Demak, quvur ichidagi siyraklashish kuchi bu sifon erdamida rostlab turiladi.
Tuproq’ni ostidan uzluksiz sug’orishning quyidagi kamchiliqlari bor:
a) tizimni qurish juda murakkab va kimmat;
b) suv ostki qatlamlarga utib ko’proqisrof bo’ladi;
v) quvur ichida doimo vakuum hosil kiilib turishga tug’ri keladi.
Bunda sug’orish quvurlari o’rniga novlardan foydalanish ham mumkin. Novlar suv utkazmaydigan materialdan taYerlanadi, uning ichiga govak sopol quvur etkiziladi va ustiga qum tuqilib, nov tulgaziladi. Suv sopol quvur va qumdan utib yuqoriga qarab tuproq’qa singadi.
Tuproq’ ostidan uzuluksiz sug’orish oqibatida suv pastki qatlamlarga utib, unda suv qatlami hosil qilishi mumkin. Bunday xodisa xaydalma qatlam ostiga suv utkazmaydigan qatlam joylashgan xollarda yuz beradi. Shuning uchun uzuluksiz sug’orish usulidan foydalanish uncha maqsadga muvofiqemas.

Yüklə 55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin