Men ketparman bir kuni, navolarim,
zorim qolur...
Ol, deya bir Egam osmopga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim,
Ko’k menipg ko’ksim bo’lur, yulduzlari -
anduhlarim,
Gul o’pib, gul yopipib
har dilda mozorim qolur,
Men ketarman bir kupi, pavolarim,
zorim qolur...
O’zbek she’riyati osmonida yulduzdek ko’zni qamashtiruvchi shoirlar bir nechadir.
Ular o’zlarining turfa xil mavzularda yozgan she’rlari bilan kishilar ko’nglidan
joy oladilar. Shunday iste’dod sohiblaridan biri Muhammad Yusufdir.
Muhammad Yusuf ilk bor tanqidiy yo’nalish-daga luqmalari, kichik-kichik qatralari, bir qator maqolalari, Maqsad Yaxshiev nomi bilan gazetalar sahifalarida tez-tez ko’zga tashlanadigan bo’ldi. Sal keyinroq Muhammad Yusuf nomi bilan elga tanildts.
Yashinday tez tanilgan, betakror shoirlardan biri, shubhasiz, O’zbekiston xalqshoiri, xalqi-mizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf edi.
U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898 yilda Dukchi eshon qo’zg’oloni bo’lib o’tgan Minggepa) tumanida oddiy zaxmat-knsh odamlar oilasida tug’idtsi.
O’sha paytlarda o’zbek she’riyati o’zining yanga yuksalish pogonasiga ko’tarilgan, Shavkat Raxmon, Usmon Azim, Xurshid Davron singari ko’plab iste’dodlar o’rtasida o’ziga xos ijodiy musobaqa avjga chiqqan edi. Bu ijod davrasiga dadil ki-rib borish, o’ziga mos o’rinni egallash oson ish emas edi. Bu ishning uddasidan chiqa olgan, ada-biy jamoatchilik nazarini o’z tomoniga qarata olgan shoirlardan biri Muhammad Yusuf edi.
Yurtimizning mustaqilikka erishgani Muham-mad Yusuf ijodida yanga ufklarni ochdi. Uning millat va yurt istiqboli sharafiga bitgan go’zal she’rlari o’zining samimiyligi, soddaligi, ba-diiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning "Vatanim", "Xalq bo’l, elim", "Inshoolloh", "O’zbekmomo", "Ikror", "Tilak" singari o’nlab she’rlari chinakam shoir yurtni qanday kuylamog’i lozimligini isbotlagan asar-lar bo’lib qoldi.
Istiqlol yillarida erishgan yuksak ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998 yilda "O’zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi.
Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o’zbek qo’-shiqchiligi rivojida muxim o’rin tutadi. Mil-liy san’atimizning eng yirik va istevdodli va-killaridan tortib, havaskor qo’shikchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.
Vatan to’g’risidagi, yurtimiz tarixida o’tgan ulug’lar nomlarini birma-bir sanab, moziyda bo’lgan voqealarni eslab, ularga hamd-u sanolar aytish tarzida yozilgan she’rlarning soni bor-u sanog’i yo’q. Ularning deyarli barchasida Amir Temur, Man-guberdi, Navoiy va Boburlar, Cho’lpon va Fitrat-lar albatta tilga olinadi, hammaga ma’lum sifat va o’xshatishlar orqali ular ulug’lanadi.
Kim Qashqarni tsildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin - Kurdistonda,
Boburing- Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolik deb,
Etarlar zimistonda.
Tarqab ketgan to’qson olti
Ulug’imsan, Vatanim...
Ha, shoir Muhammad Yusuf ijodi ochilmagan bir kitob. Shoir haqida ko’p va xo’p yozish mumkin. Shoir agar hayot bo’lganida bu yil 60 bahorni qarshi olardi. Chaqmokday umr ko’rib o’tgan bo’lsada, u she’riyat ixlosmanddarining qalbida. Muhammad Yusuf ijodini qancha o’rgansak, uning go’zal ash’orlari ichidan dur-u gavxarlarni topishimiz mumkin.
Shoira H.Xudoyberdieva yozganidek:
Bir arsloni o’tdi O’zbekniig,
Ohi ko’kka etdi O’zbekning,
Kuyosh, yig’la, osmon, aza tut,
Muhammadi ketdi O’zbekning.
Muhammad Yusuf she’riy to'plamlari.
Shoirning "Tanish teraklar" (1985), "Bulbulga bir gapim bor" (1987), "Iltijo" (1988), "Uyqudagi qiz" (1989), "Halima ena allalari" (1989), "Ishq kemasi" (1990), "Ko'nglimda bir yor" (1991), "Bevafo ko'p ekan" (1991), "Erka kiyik" (1992), "Saylanma", "Biz baxtli bo'lamiz", "Osmonimga olib ketaman", "Ulug'imsan, Vatanim" singari o'ndan ortiq she'riy to'plamlari adabiyotimizning oltin merosiga aylandi.
Ordeni.
O'zbekiston xalq shoiri o'zbek she'riyati va qo'shiqchiligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun 1996 yilda "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan.
Vafoti.
U 2001 yil 1 avgustda 47 yoshida vafot etdi. Uning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni, xalqimiz ma'naviyati,
ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o'zlikni anglash, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kamol toptirish borasidagi xizmatlarini inobatga olib, Muhammad Yusuf 2013 yilning 27 dekabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori e'lon qilindi hamda shoirning tavallud ayyomi milliy adabiyotimizning haqiqiy bayrami sifatida tantana qilindi.
Ma’lumki, badiiy matnning ifodaliligini ta’minlashda takrorlar muhim ahamiyatga ega. Takrorlar ma’noni kuchaytirish, intensivlik va emotsionallikni oshirish uchun xizmat qiladi. Takrorlar turlicha bo`ladi : gap takrori, gap bo`laklari takrori, yordamchi so`zlar takrori , modal so`zlar takrori va hokazo. 1Jumladan, xalqimizning sevimli shoiri Мuhammad Yusuf ijodida ham takrorlarning o`ziga xos shakllarini kuzatish mumkin. Shoirning “Onaizor” she’rida gap takrori qo`llangan bo`lib, bu takror misrada ifodalangan mazmunga o`quvchi e’tiborini tortishga, misrada ifodalangan ma’noni kuchaytirishga xizmat qilgan:
Yer-u ko`kni titratib zor-zor dunyo-
Onam yig`lar ,onam yig`lar
, onam u.
Misralarda takror qo`llangan “onam yig`lar, onam yig`lar” jumlasi misrani shoir ichki kechinmasining kuchli ifodasi sifatida shakllantirgan.
Shoir ijodida ko`p uchraydigan shakllardan biri takroriy so`zlarning qo`llanishi bo`lib, so`zlarning bu shaklda qo`llanishi ma’no kuchaytirish, ko`plik, jamlik ma’nolarini ifodalashda o`ziga xos o`rin tutgan:
O`ksib-o`ksib
turganingda, o`zim borib
Peshonangdan o`paydesam, peshonang yo`q.
Misrada qo`llangan “o`ksib-o`ksib” so`zi ma’noni kuchaytirish va harakat bajaruvchisining holatini kitobxon ko`z o`ngida yaqqolroq gavdalantirish uchun qo`llangan.
Shuningdek,shoir she’rlаrida ma’no kuchaytirishga xizmat qilgan takrorlardan ko`plab foydalanganligini kuzatishimiz mumkin:
Tasma – tasma
tarixning
Tugamas aytgan bilan.
Yoki,
O`ksimasin zardob to`la ko`ngilchangiz
Daryo-daryo
ko`zyoshim bor cho`milsangiz.2
Muhammad Yusuf ijodida takroriy so`zlarning muhim o`rin tutganligini uning ba’zi she’rlarida boshdan oyoq takroriy so`zlarni qo`llaganligida ham ko`rish mumkin . Jumladan, shoirning “Orol dengiz” she’rida shu holatni kuzatish mumkin:shuholatnikuzatishmumkin:
Sensiz menga tor kulbadek bor jahon
Ko`z o`ngimda, ko`z o`ngimda berar jon3
Kelinchagim, kulib-kulib
ketdingizmi,
Yuragimnitilib-tilib
ketdingizmi.
Yolg`izlikdanelarbo`lsam,bo`ldim-kumen
Sizmurodgayetdingizmi –yetdingizmi
?4
Misralarda takroriy so`zlar orqali ifodalangan ekspressiv bo`yoqdorlik – ta’kid, iltijo, zorlanish va so`roq mazmunlarining uyg`unlashib ketganligi shoir his-tuyg’ularining jonli ifodalanganligi uchun asos bo`lgan. Umuman , тakrorlar Muhammad Yusuf ijodini bezovchi, emotsional-ekspressivlik bo`yoqdorlikni oshiruvchi vosita sanaladi.
She’riyat ko`ngil kechinmalarini aks ettiruvchi nutq bo`lsa, holat va kechinmani hayajonli , qaynoq ifodalashning bosh vositasi esa inversiyadir. Shuning uchun ijodkor o`z tuyg`ularini yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi gap tuzishga va undagi bo`laklarning joylashish tartibiga alohida e’tibor qaratadilar. Bunda eng muhimi , ijodkor o`zi ifodalamoqchi bo`lgan fikr va tuyg`usi bo`lgan o`ziga xos ohangiga qarab , har bir gap bo`lagining o`rni hamda tartibini belgilab oladi. Sintaktik inversiya she’rdagi ana shu ohang tovlanishlarini butun to`laligicha yetkazishga yordam beradi.5
Shuningdek,
inversiya shoirning uslubi , uning qalbidagi tug`yonnig ifoda yo`sini ketma- ketligi va tadrijiy o`sishini ifodalashi bilan ajralib turadi.
Bildim
, ilhom izlab shom- u sahardan,
She’r azobi yomon ekan zahardan.
Yuragingda bo`lmasa gar shoirlik,
Naf yo`q ekan
hech qanaqa shahardan.
(“Ketib qoldim” 90-bet.)
Shoirning yuqoridagi to`rtligi grammatik jihatdan bitta sodda gap, bitta qo`shma gapdan tashkil topgan. Ular nasrda quyidagi shaklga ega bo`ladi:
Shom-u sahardan ilhom izlab she’r azobi zahardan ham yomon ekanligini bildim. Agar yuragingda shoirlik bo`lmasa, har qanaqa shahardan foyda yo`q.
Bunday paytda ritmik – melodik ifoda buziladi. Shuning uchun misralarda inversiya qo`llangan. Shoirning fikr va o`y kechinmalari poetik matn talabiga bo`yuindirilgan. Ana shu fikr va kechinmani shakllantirish uchun gapning kesimi ikkinchi va to`rtinchi misra boshida keltirilgan. Misralarda inversiyaning bu tartibda keltirilishi nutqni yanada ta`sirli, chiroyli va ta`kidni kuchaytirishga imkon bergan. Kitobxonning diqqatini o`ziga tortgan.
Muhammad Yusuf ijodida sintaktik parallelizmning o`z o`rni bor .Sintaktik parallelizm ohangdorlikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan takrorga o`xshab ketadi , lekin bu hodisalarni farqlash lozim.
Sintaktik parallelizm- bunda strukturasi bir xil bo`lgan ikki yoki undan ortiq gaplar ketma-ket keladi. Bu gaplarda so`zlarning shakllari bir xil bo`lib , simmetriya vujudga keltiriladi va ifodalilik kuchayadi. Shoir Muhammad Yusuf ijodida ham bunaqangi misollarni ko`plab uchratishimiz mumkin:
Siz o`sha ko`zimning kiftida yurgan ,
Siz o`sha ko`nglimga ko`ngli in qurgan
To`kilay deb tilim uchida turgan
She’rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz
(24-bet)
Yelkadan sirg`alib kunduzgi tashvish
Yelkadan sirg`alib ko`rpalari-da’
Supachada uxlar erkak va ayol
Yog`och beshik o`rtalarida.
(“Yog`och beshik” 85-bet)
Umuman, shoir she’riyatida qo`llanilgan yuqoridagi vositalar Muhammad Yusuf she’rlarini ekspressiv bo`yoqdorligini
oshirishga, mazmunan go`zallashtirishga xizmat qiladi.
YURTIM, ADO BO’LMAS ARMONLARING BOR…
Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor,
O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.
Bag’rim o’rtar bir o’y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor…
Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.
Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko’zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar-
Mehrobingda chiqqan chayonlaring bor…
Qurboning bo’layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring – mening fig’onim,
O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim,
Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor.