Vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 190,37 Kb.
tarix02.03.2018
ölçüsü190,37 Kb.
#43690

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

VAZIRLIGI


SAMARQAND VILOYATI Xalq ta’limi xodimlarini QAYTA TAYYORLASH VA ularning MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI


Ona tili va adabiyot darslarida darajali testlar

(til va adabiyot fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma)

SAMARQAND – 2015 yil

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI Xalq ta’limi xodimlarini QAYTA TAYYORLASH VA ularning MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

Ona tili va adabiyot darslarida darajali testlar

(til va adabiyot fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma)


Samarqand - 2015

Mirzohidova Laylo Baxtiyorovna. Ona tili va adabiyot darslarida darajali testlar. Til va adabiyot fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma. – Samarqand, 2015. 30bet.



Muharrir: dots.S.Yuldasheva

Taqrizchilar: R.Ro’zmonova f.f.n,SamDU



M.Yakubjanova – katta o’qituvchi,

SamVXTXQTMOI
Samarqand VXTXQTUMOI Ilmiy kengashining 2015-yil ..........da bo’lib o’tgan yig’ilishida muhokama etilgan va ____-sonli qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan.

Kirish

Xozirgi kunda ta’lim tizimida “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni maktab amalyotiga tadbiq etishning yakuniy bosqichi davom etmoqda. Ta’lim samaradorligini oshirish davlat ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlash, ta’limning sifat ko‘rsatkichini kafolatlashida zamonaviy pedagogik texnologiya xal qiluvchi omillardan bo‘lib bormoqda.

Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqib ta’lim yo‘nalishlarida muayyan yangiliklar, o‘zgarishlar dastlabki ijobiy natijalarni bera boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” to‘g‘risidagi Farmoni umumiy O‘rta ta’lim maktablari rivojida ma’lum bir o‘rin tutadi. Ushbu Farmon munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari e’lon qilindiki, ularning har birida maktab istiqboli, rahbar vazifasi, qolaversa, yoshlarimizning buyuk kelajagi o‘z aksini topgan.

Agar Prezident I. A. Karimovning bu Farmoniga diqqat bilan nazar solsak, unda umumiy O‘rta ta’lim maktabining barcha muammo va masalalari kompleks tarzda O‘rtaga qo‘yilganligini ko‘ramiz. Bunda maktablar binosini yaxshilash щamda ularni o‘quv-moddiy texnika bilan ta’minlashni birlamchi vazifa sifatida qayd etish bilan birga ta’lim sifati, o‘quvchining yuksak intellekt soщibi bo‘lishiga erishish masalasi щam diqqat markaziga qo‘yilgan, shuningdek maktab infratuzilmasini tubdan isloщ etish masalasi, umumiy o‘rta ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish maqsadida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni samarali tashkil etish, maktablarni oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlash darajasini tanqidiy tahlil qilish, o‘qituvchilar mehnatini qadrlash va rag‘batlantirish, ayniqsa, ularni qishloq maktablarida muqim joylashib qolishi masalalariga e’tibor qaratish, mavjud ahvolni O‘rganish, zarur takliflar kiritish va hukumat darajasida chora - tadbirlarni belgilash topshirilgan.

Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi nafaqat o‘qituvchi kasbiy mahoratining ыsishiga, pedagogik faoliyatda zarur bo‘lgan axborot manbaalarini izlashga, izoщlashga, pedagogik muammolar echimini topishga, balki pedagogik vaziyatlarning barcha nozik tomonlarini tushunish, izoщlash, tahlil va talqin etish va anglashga ijobiy beradi.




Testlarning ta’limda tadbiqi

Birinchi marta 1884 yilda Buyuk Britaniyada o’quvchilarning bilimini tekshirish maqsadida qo’llanilgan. Ilk bor testlarning nazariy asoslarini 1883 yilda ingliz psixologi F.Galton ishlab chiqqan. “Test” terminini birinchi marta biror xususiyatni o’lchash usuli sifatida XIX asrning 90 – yillarida ingliz psixologi D.Kettel kiritgan (1890). Test va uning qo’llanishi borasida fransuz psixologi A.Bene, nemis psixologi V.Shtern, amerikalik psixolog E.Toridayklar izlanishlar olib borgan.

Dastlab testlar kishilarni ma’lum kasblar bo’yicha tanlash, ularning imkoniyat, malaka va ko’nikmalarini aniqlashda keng qo’llanilgan. Keyinchalik tor doiradagi fanlar bo’yicha bilimlarni sinash uchun ham testlar qo’llana boshlandi. XX asr boshidan buyon bu sohada ikkita yo’nalish yuzaga keladi:


  • psixologik va pedogogik testlar.

Psixologik testlar odamning psixofiziologik va shaxsiy xususiyatlarini baholashga qaratilgan. Pedagogik testlar esa bolaning maktabga tayyorgarligi, uning u yoki bu fan bo’yicha o’zlashtirishga hamda kasb hunarga tayyorgarligi darajasini o’lchashga, aniqlashga mo’ljallangan.

  • 1900–1915 yillar izlash, o’rganish va tadqiqot davri. Bu davrda xotirani, e’tiborni, qabul qilish kabi xususiyatlarini o’rganish testlari yaratilgan va sinab ko’rilgan.

  • 1916 – 1930 yillar – testlarning eng ko’p tarqalish va qo’llanish davri. Bu davrda R.Torndayk tomonidan arifmetika, algebra, husnixat kabi fanlarga testlar tayyorlangan.

  • 1931 yildan keyingi davr. Bu davrda testlar nazorat qilishning asosiy shakli sifatida qo’llanilgan. Masalan, AQShda maktab, kollej, tijorat o’quv yurtlarida o’quvchilar bilimini baholashda testlar keng ishlatilgan.



Ona tili

Morfologiya

1.Boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar nima deb ataladi?

A) ot B) sifat C) son D) olmosh

2. Anavini qara-ya, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? Ushbu gapda qanday olmoshlar qo’llangan?

A) gumon va bo’lishsizlik B) ko’rsatish va gumon

C) o’zlik va ko’rsatish D) A va B

3. Meni kutayotir ajib kelajak,

U mening iqbolim, mening baxtimdir.

Men ko‘rmagan baxtni kimdir ko‘rajak,

Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir. Ushbu she’rda nechta olmosh ishtirok etgan?

A) 6 ta B) 5ta C) 4 ta D) 3 ta

4. Bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etgan gapning kesimi qanday shaklda bo’ladi?

A) tasdiq shaklida B) inkor shaklida C) hech qanday shaklda bo’lmaydi

D) A va B

5. Eski o‘zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men o‘rnida ko‘pincha kamina, kaminai kamtaringiz,faqir, qulingiz, bandayi ojizingiz singari so‘z va birikmalar qo‘llanilgan . Ushbu birikmalar ishtirok etgan gapning egasi nechanchi shaxsda bo’ladi?

A) I shaxsda B) II shaxsda C) III shaxsda D) I va II shaxsda

6. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlariga III shaxs egalik qo‘shimchasi qo’shilganda, qanday ma`noni ifodalaydi?

A) shaxsga qarashlilik ma’nosini B) xoslik, umumdan ajratilganlik

C) jamlash ma`nosini D) A va C

7. Ismlarning bosh kelishik shakli asosan gapda qanday vazifada keladi?

A) ega, ot-kesim, undalma B) undalma, to’diruvchi

C) ot-kesim, aniqlovchi D) Fe’l-kesim, ot-kesim

8. Ya’ni bog‘lovchisi qanday bog`lovchi sanaladi?

A) sabab B) biriktiruv C) aniqlov D) maqsad

9. Qaysi bog`lovchilar shart bog‘lovchilari hisoblanadi?

A) also, mabodo, B) Agar, agarda, basharti, garchi

C) hamda, bilan D) chunki, negaki

10. Modal so’z vazifasida qo’llanuvchi so’zlar berilgan qatorni toping.

A) haqiqatan, darhaqiqat, afsuski B) attang, albatta, shekilli, avvalo, C) masalan, umuman, taxminan D) aftidan, chamasi, balki

11.Qanday qo’shimchalar ba’zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi.

A) asoslariga -a, -y, -(a)r B) –gani, guncha

C) –moqchi, D) –dim, -adigan

12. Qanday fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro‘y berishini ifodalaydi?

A) takroriy B) juft C) q’shma D) soda

13. Qo‘shma fe’l berilgan qatorni toping.

A) sotib olmoq B) yutib yubormoq C) kutib turmoq D) o`qib bermoq

14. So‘zning ma’noli qismlari qanday tartibda joylashtiriladi?

A) asos+ so‘z yasovchi +lug‘aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi.

B) asos +lug`aviy shakl yasovchi+ so’z yasovchi

C) asos+ so‘z yasovchi +lug‘aviy shakl yasovchi

D) so‘z yasovchi +lug‘aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi

15. -choq, -loq, -ingiz, -dan, -ning, -gani (-kani, qani) qo‘shimchalari orasidan faqat lug‘aviy shakl yasovchi qo’shimchalarni toping.

A) -choq, -loq, -ingiz, -dan B) -ning, -gani (-kani, qani)

C) -choq, -loq, -gani D) , -loq, -ingiz, -dan, -ning,

16. Mazali, go‘zal, chiroyli, ro‘molli, sermeva, erksevar, paxtali, tonggi, so ‘nggi, kuzgi, chillaki, yuzaki, qora, qizil, qishki, soyaki, xushbichim, do‘ppili, beor, serg‘alva, devsifat, devoriy.Quyidagi sifatlardan faqat asliy sifatlarni toping.

17. Otlarning ko‘plik shakli ko‘plik мa’nosidan tashqari yana qanday ma`nolarni anglatishi mumkin?

A) hurmat, B) umumlashtirish C) kuchaytirish D) A,B,C

18. Tarkibida bo‘yi, orti, oldi so‘zlari ishtirok etgan joy nomlari imlo qoidasiga ko’ra qanday yoziladi?

A) qo‘shib yoziladi B) ajratib yoziladi C) qo’shtirnoqqa olinadi

D) bosh harflar bilan yoziladi

19. Hisob so’zlar asosan qanday sonlar bilan birga qo’llanadi?

A) taqsim son B) chama son C) dona son D) jamlovchi son

20. Tarkibida ravish ishtirok etgan gapni toping.

A) U biz bilan do’stona xayrlashdi.

B) Kumush aybdorlarcha tabassum bilan yerga qaradi.

C) Siz bilan ataylab ko’rishmadim.

D) Barchasida ravish ishtirok etgan.

21. Qanday olmoshlar sodda yasama olmoshlar sanaladi?

A) belgilash B) ko’rsatish C) gumon D) AvaB

22. Sof ko`makchilar berilgan qatorni toping.

A) sayin, singari B) qarab, ost C) tomon uchun D) bo`ylab, sari

23. Modal so`zlar gapda qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?

A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

24. Qaysi so`z turkumlari yasalish xususiyatiga ega emas?

A) modal, undov, ot B) son,ot sifat C) olmosh, son, modal D) A,B,C

25. Vatan-sotiladigan narsa emas. Ushbu gapda ega va kesim orasiga tire nima sababdan qo`yilgan?

A) sabab munosabatini ifodalagani uchun

B) izohlagani uchun

C) payt munosabatini bildirgani uchun

D) ushbu gapda tire qo`llanilmaydi

26. Kelasi zamon ma’nosini ifodalaydigan –y, -ay qo’shimchasi quyidagi gapda qanday zamonni ifodalagan? Men litseyda o`qiyman.

A) o`tgan zamonni B) hozirgi zamonni C) kelasi zamonni D) hech qanday zamonni ko`rsatmagan.

27. Quyidagilarning qaysilari otning doimiy xususiyatlari hisoblanadi?

A) egalik va kelishik B) birlik va ko`plik C) kelishik va son kategoriyasi

D)kelishiklar

28. Qanday sonlar doimo ajratib yoziladi?

A) sodda sonlar B) qo`shma sonlar C) juft sonlar D) takroriy sonlar

29. Fe’lning qanday shakli bo’lishsizlik qo’shimchasi (–ma)ni olmaydi?

A) sof fe’l B) sifatdosh C) ravishdosh D) harakat nomi

30. Fe’l nisbatlaridan qaysi biri shaxs-son va zamon qo’shimchalari orqali shakllanadi?

A) o’zlik B) orttirma C) aniq D) majhul

31.Qaysi qatorda sinonim ravishlar berilgan?

A) sabab,vaj,bahona,bois

B) asta,sekin,ohista

C) chiroyli,go’zal,sohibjamol

D) A B C


32.Qaysi qatorda egalik qo’shimchasi xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini

bildirgan?



  1. Kechasi,kunduzi

  2. “Orol” dengizi, “Bobur”bog’i

  3. Gul bargi,uy tomi

  4. Kitobning varag’i,mening qalamim

33. Bu ishning oxiri voy. Ushbu gapda kesim vazifasida kelgan so’z qaysi turkumga oid?

A) Ravish

B) undov so’z

C) taqlid so’z

D) sifat

34.Quyida berilgan qaysi so’zning bo’lishsiz shaklini hosil qilib bolmaydi?

A) o’qigach

B) o’qigani

C) o’qish

D) o’qigan

35.Urf-odat undovlari qaysi qatorda berilgan?

A) eh,oh,voy C) rahmat,qulluq

B) obbo,chuh D) qurey,ix

36.U hamma ishda tartibga odatlangan. Ushbu gapda fe’l qaysi nisbatda ekanini aniqlang?

A) aniq nisbatda

B) o’zlik nisbatda

C) birgalik nisbatda

D) orttirma nisbatda.



Darajalangan test topshiriqlari

Tanib olishlilikka oid testlar:

  1. Tilimizda shart mayli shakli nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat qiladimi?

Javob: Ha, Yo’q

  1. Bunday kesimli gaplarning mustaqil ravishda qo‘llanilishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi mi?

Javob: Ha, Yo’q

  1. Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog‘lamasiz va bog‘lamali ot kesimlar mustaqil kesimlar hisoblanadimi?

Javob: Ha, Yo’q

  1. Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladimi?

Javob: Ha, Yo’q

  1. Mustaqil kesim sodda gap tarkibida ham, qo`shma gap tarkibida ham bir xil ma’no beradimi?

Javob: Ha, Yo’q

  1. Mustaqil kesim sodda gap tarkibida ham, qo`shma gap tarkibida ham bir xil ma’no beradimi?

Javob: Ha, Yo’q

  1. Ayrim kesim sodda gap tarkibida boshqa, qo`shma gap tarkibida boshqa ma’no beradimi?

Javob: Ha, Yo’q

  1. Salim kelsa (istak)– nomustaqil kesim hisoblanadimi?

Javob: Ha, Yo’q

  1. -sa shart mayli qo`shimchasi, uning -sa edi, -ganda edi o`tgan zamon ko`rinishi, -di ham, -ganicha yo`q, -ganicha yo`q edi, -gan edi, -ardi, -ar ekan o`tgan zamon qo`shimchasi kabilar nomustaqil kesimni shakllantiradimi?

Javob: Ha, Yo’q

Ajratib olishlilikka oid testlar:

  1. Quyidagilardan qaysi bir gap mustaqil kesim bilan ifodalangan?

  1. Yomg‘ir yog‘sa, cho‘llar yashnaydi.;

  2. Tuyog‘iga ursang, shoxi zirqiraydi;

  3. Razm solsangiz, bu rasmda ko‘p narsani ko‘ra olasiz;

  4. Yaxshining gapi moy, yomonning gapi loy.

  1. Quyidagilardan qaysi bir gap nomustaqil kesim bilan ifodalangan?

  1. Hosilning otasi suv, onasi yer;

  2. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu;

  3. Mardga o‘lim yo‘q;

  4. Salim kelganda edi, bir zumda hal qilar edik.

Tasnifnilikka oid topshirig’lar:

Ayrim kesim sodda gap tarkibida boshqa, qo`shma gap tarkibida boshqa ma’no beradi

Mustaqil kesim.

U qo`llanishiga ko`ra ikki xil

-sa edi, -ganda edi o`tgan zamon ko`rinishi, -di ham, -ganicha yo`q, -ganicha yo`q edi, -gan edi, -ardi, -ar ekan o`tgan zamon qo`shimchasi kabilar nomustaqil kesimni shakllantiradi.

Sodda gap tarkibida ham, qo`shma gap tarkibida ham bir xil ma’no beradi

1) mustaqil kesim; 2) nomustaqil kesim.

Nomustaqil kesim.

Nomustaqil kesim.

Mustaqil kesim

Nomustaqil kesim































  1. Matn tuzing va birinchi ustunga mustaqil kesimli gaplarni, ikkinchi ustunga nomustaqil gaplarni yozing.

Qo’shimchalar qo’yiladigan testlar:

  1. Quyidagi matnda nuqtalar o’rniga kerakli kesim shakllarining mosini qo’ying.

Maqol xalq og’zaki ijodiga oid janrlardan biri . . . . . . . . .. Maqollar shaklan ……… bo’lgani bilan ularda …….. keng ma’no mujassam bo’lgan. Тilimizning bu ………… boyligini o’rganish bilan ajdodlarimiz ……………. shug’ullanib . . . . . . . .. Qalb salomat . . . . . . ., aql ham, fikr ham salomat . . . . . . . .. . Agar shu ko‘rganlarini hikoya . . . . . . . . ., ular . . . . . . . . .. . Aravalar bugun yetib ……………., ular ertaga ……………. ……………. mumkin. Havo bulut ……………., yomg‘ir …………….. Mehnat ……………., baxting

Konstruktorlikka doir testlar:

1. Aniqlovchi to’ldiruvchi kesim (kesim nomustaqil shaklda bo’lsin)



  1. Aniqlovchi to’ldiruvchi hol kesim (kesim mustaqil shaklda bo’lsin)

  2. ____________ _ _ _ _ _ _ . . . . . . . . . . . . . ;

Chalkash harflar:

So‘zlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o‘zaro birikuvidan ___________________hosil bo’ladi

largpa av zo’s ibrmikirlai

So‘z birikmalari va gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o‘rganuvchi til bo‘imchalimi _________ deyiladi.

isaitsksn

Sintaksis so‘zlarning bir-biri bilan boqlanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o‘rgangardigi uchun unda: __________________________kabi bo‘limlar mavjuddir.

Zo’s irilbmsiak

Gap og‘zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilari bilan ifoda etiladi. Tinish belgilari qo‘llanishi haqidagi qoidalar yig‘indisi ______________ deyiladi.

sapnkutayati

Adabiyot. 5 sinf

1. Ezopning qaysi masalida”ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarining o’ziniyoq yaxshilik qilganga yo’yadilar”degan xulosa kelib chiqadi?

A.Bo’ri bilan laylak

B.Ustiga tuz yuklangan eshak

C.Burgut,zag’cha va cho’pon

D.Kiyik bilan tokzor

63.Ezopning qaysi masalidan “kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog’insa,u albatta xudoning qahriga yo’liqadi”,degan xulosa kelib chiqadi?

A.Bo’ri bilan laylak

B.Ustiga tuz yuklangan eshak

C.Burgut,zag’cha va cho’pon

D.Kiyik bilan tokzor

64.Ezopning qaysi masalidan”o’zingdan zo’rroqlar bilan bellashaman deb chiranganing bilan

hech ish chiqarolmaysan,kulgi bo’lganing qoladi”,degan xulosa kelib chiqadi?

A.Bo’ri bilan laylak

B.Ustiga tuz yuklangan eshak

C.Burgut,zag’cha va cho’pon

D.Kiyik bilan tokzor

65.Ezopning qaysi masalidan”ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o’z boshiga yetarkan”,degan xulosa kelib chiqadi?

A.Bo’ri bilan laylak

B.Ustiga tuz yuklangan eshak

C.Burgut,zag’cha va cho’pon

D.Kiyik bilan tokzor

66.Ezopning qaysi masali “Ko’rpangga qarab oyoq uzat”maqoliga g’oyaviy jihatdan mos?

A.Bo’ri bilan laylak

B.Ustiga tuz yuklangan eshak

C.Burgut,zag’cha va cho’pon

D.Kiyik bilan tokzor

67.”Uch og’ayni botirlar”ertagida to’ng’ich botir sayohat davomida nimaga duch keladi?

A.Sherga

B.Ajdahoga

C.Qaroqchilarga

D.Podshoga

68.”Susambil” ertagida bo’rilar munkarnakir deb kimni ta’riflashadi?

A.Eshakni

B.Ho’kizni

C.Xo’rozni

D.Arilarni

69.”Susambil” ertagida bo’rilar eng xavfli deb kimni ta’riflashadi?

A.Eshakni

B.Ho’kizni

C.Xo’rozni

D.Arilarni

70.O’zbek xalq ijodi tarixida ertaklarning badiiy asar darajasiga ko’tarilishi va bugungi kungacha saqlanib qolishida kimlarning xizmati katta bo’ldi?

A.Hamrobibi Umarali qizi,Hasan Xudoyberdi o’g’li

B.Haydar Baychi o’g’li,Nurali Nurmat o’g’li

C.Husanboy Rasul o’gli,Nurali Nurmat o’g’li

D.ABC

71.”Xatarli yo’l”,”To’ydan keyin tomosha”,”Tabassum o’g’rilari”,”O’g’rini qaroqchi urdi”,”Janjal”,”Unsiz faryod” kabi sahna asarlarini yaratgan ijodkor kim edi?



A.Shukrullo

B.O’.Umarbekov

C.E.Vohidov.

D.O’.Hoshimov

72.O’z hayoti davomida Gyugo,Balzak,Dyuma,Dikkens,Geyni,Rossini,Vagner,List kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo’lgan adib ko’rsating.

A.Ekzyuperi

B.Andersen

C.Sa’diy She’roziy

D.Nodar Dumbadze

73. “Bulbul” ertagida nimani imperator ko’rnamaklikda ayblaydi,amaldorlar esa pastkash maxluq deb atashadi?

A.Sun’iy bulbulni

B.Haqiqiy bulbulni

C.Azroilni

D.Sigirni

74.Topishmoqlar yaratilish davriga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

A.Bir predmetli va ko’p predmetli

B.Zamonaviy va an’anaviy

C.Ertak topishmoq va topishmoqli ertak

D.She’riy va nasriy.

75.Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

A.Bir predmetli va ko’p predmetli

B.Zamonaviy va an’anaviy

C.Ertak topishmoq va topishmoqli ertak

D.She’riy va nasriy.

76.Imom al-Buxoriy “Al jome’as-sahih” kitobi ustida necha yil ishlagan?

A.16 yil


B.17 yil

C.20 yil


D.40 yil

77.Hadislarda aytilishicha :”Kishi badanida bir parcha go’sht bor,agar u tuzalsa,a’zolarning barchasi tuzalgaydir,agar u buzilsa a’zolarning barchasi buzilgaydir.U …..”

A.Miya

B.Til


C.Qalb

D.Oshqozon

78.”Ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati”to’g’risidagi hadisda “ilm o’rganib,odamlarga o’rgatadir.Ammo o’zi amal qilmaydir”deb tasvirlangan toifa kim edi?

A.Mo’min


B.Fosiq

C.Kofir


D.Zolim

79. “Ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati”to’g’risidagi hadisda “mutakabbirlik qilib,o’zi ham o’rganmaydir,o’zgalarga ham o’rgatmaydir”deb tasvirlangan toifa kim edi?

A.Mo’min

B.Fosiq


C.Kofir

D.Zolim


80.Quyidagi ertaklardan qaysi biri ertak-qissa hisoblanadi?

A.Kachal polvon

B.Yoriltosh,Afsona yaratgan qiz

C.Ayyor chumchuq,Laqma it

D.Susambil

81.Quyidagi ertaklardan qaysi biri ertak-pyesa hisoblanadi?

A.Kachal polvon

B.Yoriltosh,Afsona yaratgan qiz

C.Ayyor chumchuq,Laqma it

D.Susambil

82.Quyidagi ertaklardan qaysi biri sh’eriy ertaklar sirasiga kiradi?

A.Kachal polvon

B.Yoriltosh,Afsona yaratgan qiz

C.Ayyor chumchuq,Laqma it

D.Susambil

83. “Oygul bilan Baxtiyor” ertagida qaysi obraz xarakterida boshqalarga mutelik,o’z haq-huquqini himoya qila olmaslik qusurlari ko’rinadi?

A.Tarlonda

B.Darxonda

C.O’tinchi cholda

D.Baxtiyorning otasida

84. “Oygul bilan Baxtiyor” ertagida zolim xonni qayerda qo’lga olishadi?

A.Saroyda

B.Oshxonada

C.Shahar chekkasida

D.Og’ilxonada

85.Qaysi qatorda M.Shayxzodaning urushdan keyingi yillar tinch hayot va yaratuvchilik zavqini tarannum etgan she’rlardan iborat to’plamlari berilgan?

A.”O’n she’r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob”,”Jumhuriyat”

B.”Kurash nechun”,”Jang va qo’shiq”,”Kapitan Gastello”,”Ko’ngil deydiki”

C.”O’n besh yilning daftari”,”Olqishlarim”,”Zamon torlari”,”Shu’la”

D.”Jaloliddin Manguberdi”,”Mirzo Ulug’bek”.

86.Qaysi qatorda M.Shayxzodaning 30-yillarda chop ettirilgan to’plamlari ko’rsatilgan?

A.”O’n she’r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob”,”Jumhuriyat”

B.”Kurash nechun”,”Jang va qo’shiq”,”Kapitan Gastello”,”Ko’ngil deydiki”

C.”O’n besh yilning daftari”,”Olqishlarim”,”Zamon torlari”,”Shu’la”

D.”Jaloliddin Manguberdi”,”Mirzo Ulug’bek”.

87.Qaysi qatorda M.Shayxzodaning butun insoniyatga tahdid solayotganfashizmni yo’q qilish,hayotni,tiriklikni,shon-u,sharafni saqlash,xalqni ruhan yengilmaslikka ,matonatga da’vat etish bosh mavzusi bo’lgan asarlari ko’rsatilgan?

A.”O’n she’r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob”,”Jumhuriyat”

B.”Kurash nechun”,”Jang va qo’shiq”,”Kapitan Gastello”,”Ko’ngil deydiki”

C.”O’n besh yilning daftari”,”Olqishlarim”,”Zamon torlari”,”Shu’la”

D.”Jaloliddin Manguberdi”,”Mirzo Ulug’bek”.

88.Shukrulloning ustozlari va donishmandlar tilidanhikoya qilingan asari qaysi qatorda berilgan?

A.Tirik ruhlar

B.Javohirlar sandig’i

C.Kafansiz ko’milganlar

D.Bahor sovg’asi

89.Qaysi qatorda Shukrulloning bolalar uchun yaratgan asari berilgan?

A.Tirik ruhlar

B.Javohirlar sandig’i

C.Kafansiz ko’milganlar

D.Bahor sovg’asi

90.Qaysi qatorda Shukrulloning qatag’on qurbonlariga bag’ishlangan xotira-qissasi berilgan?

A.Tirik ruhlar

B.Javohirlar sandig’i

C.Kafansiz ko’milganlar

D.Bahor sovg’asi

Darajali test topshiriqlari.

She’riy janrlar

Tanib olishlilikka oid testlar:


  1. Qit’a – Sharq adabiyotida juda keng tarqalgan she’riy janr hisoblanadimi?

  2. Qit’a ikki yoki undan ortiq baytlardan iborat bo‘lib, juft misralari o‘zaro qofiyalanadimi?

  3. b-a, g-a shaklida ruboiy qofiyalanadimi?

  4. Qit’a ikki xil bo‘ladimi?

  5. Qit’a mustaqil asar shaklida va g‘azal, qasida, tarje’band kabi boshqa janrdagi she’rlar tarkibidan ajratib olish tarzida bo’ladimi?

  6. Qit’a birinchi xil namunasida shoirda paydo bo‘lgan zavq, his-hayajon natijasida o‘sha zahotiyoq qog‘ozga tushiriladi va keyinroq lozim topilsa yana rivojlantirilib g‘azal, qasida shakliga keltiriladimi?

  7. Ikkinchi xil qit’alar aksincha biror munosabat bilan boshqa janrdagi she’rlardan ajratib, saralab olinadimi?

  8. Ular falsafiy jihatdan teran, ta’sirchan, kuchli ibratomuz baytlar bo‘lib, tugal mustaqil she’r sifatida ham ko‘rilishi mumkinmi?

  9. Qit’a, shoirning kundalik hayotidagi taassurotlari asosida hozirjavoblik bilan yoziladigan ixcham asar hisoblanadimi?

  10. Unga kuzatilgan voqeadan darhol poetik xulosa chiqarish, fikrni boshqa janrdagi qat’iy shakllarga qaraganda erkin ifodalash, vazn, mavzularni belgilashda imkoniyatning kengligi kabi xususiyatlarga xosmi?

  11. Qit’a janrida adabiyotimizning Lutfiy, Alisher Navoiy, Gadoiy, Bobur, Turdi, Ogahiy, Uvaysiy, Komil Xorazmiy kabi ulkan shoirlari ijod etishganmi? Javob: Ha, Yo’q

Ajratib olishlilikka oid testlar:

1. Ushbu to’rtlik janrini va qofiyalanish tartibini aniqlang.

Chun g‘araz so‘zdin erur ma’ni anga,

Noqil o‘lsa xoh xotun, xoh er.

So‘zchi holin boqma. boq so‘z holini,

Ko‘rma kim der ani, ko‘rgilkim ne der.



  1. Qit’a, ab,bb;

  2. Ruboiy, ab,bb;

  3. Qit’a, aa,bb;

  4. Ruboiy, ab,db;

  1. So‘zida ma’no yo‘q, xushomadgo‘y badbin kimsalar kabi jaholatda umr o‘tkazgan odamlarni hammomga kirib, undan yuvinmay nopok chiqqan odamlar deb hisoblagan baytni toping.

  1. Kamol et kasbkim, olam uyidin

Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.

  1. Jahondin notamom o‘tmak biaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq.

  1. Qo‘l qovushtirguncha bu avlodur,

Ki aning chiqsa egni, sinsa beli.

  1. Chun xushomad demakni boshlasa kosh

Kim, tutulsa dami, kesilsa tili.

Tasnifnilikka oid topshirig’lar:

Ruboiy –

Ana shu she’rlar o‘zbek adabiyotida ruboiy janriga asos bo‘lgan.

Xalq og‘zaki ijodida to‘rtlik shaklidagi she’rlar ko‘plab uchraydi

to‘rtliklar qat’iy shu vaznda yozila boshladi

Yozma adabiyotimizda aruz vazni joriy etilgach,

arab tilida to‘rtlik ma’nosini anglatuvchi so‘z bo‘lib, mumtoz she’riyatda falsafiy, axloqiy, diniy va ishqiy mavzularda yoziladigan aruz vaznidagi to‘rt misradan iborat lirik she’rdir

Ruboiylar ikki xilda qofiyalanadi

ruboiy janridagi she’rlar uchraydi. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy kabi shoirlarimiz bu janrda «ko‘p va xo‘b» yozishgan.

O‘zbek adabiyotidagi deyarli barcha klassik shoirlar ijodida va zamonaviy shoirlarimizning aksariyatida

... «taronai ruboiy» deb ataladi. Ya’ni ularda to‘la ohangdoshlik saqlanadi.


Barcha misralar qofiyalanishi asosidagi ruboiylar

Biri a – a – b – a shaklida uch misrasi qofiyalansa, ikkinchisi a – a – a – a tarzida barcha misralari qofiyalanadi

Nooddiy topshiriq:

Ushbu misralarni mantiqiy ketma-ketligini aniqlang.



  1. Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish.

  2. El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.

  3. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,

  4. G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,

  1. 1,2,3,4; b.3,4,2,1; c. 2,3,1,4; d. 4,2,3,1.




  1. “…. O’z zamonasining malikul kalomi edi va turkcha devoni mashhurdir” Navoiyning ushbu ta’rifi kim haqida?

  1. A.Jomiy; b) Lutfiy; s) X.Dehlaviy; d) N.Ganjaviy.




  1. A.Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azalida qaysi badiiy san’at yetakchilik qiladi?

Tashbeh; b) Tanosub; s) Tazod; d) Talmeh.


  1. “…..Ehtiyoj” radifli g’azalining janri va muallifini belgilang.

  1. Muxammas, Furqat; b) muashshar, Nodira; s)musaddas, Muqimiy; d) g’azal, Nodira.




  1. Lutfiyning “Hoh inon hoh inonma” g’azalida uchramaydigan qofiyadosh so’zni toping.

  1. guzarim; b) xabarim; s) basarim; d) mehvarim.

  1. Shoira Nodiraning “Haft gulshan” asari kimga bag’ishlangan?

  1. O’g’liga; b) Lutfiyga; s) Uvatsiyga; d) Navoiyga.

  1. Hozirgi kunda Lutfiy devoninig nechta qo’lyozma nusxasi bor?

  1. 30dan ortiq qo’lyozma nusxasi; b) 25dan ortiq qo’lyozma nusxasi; s) 29dan ortiq qo’lyozma nusxasi; d) 27dan ortiq qo’lyozma nusxasi.

  1. Sohibqiron Amir temur naslidan Komila, Maknuna taxalluslari bilan ijod qilgan shoira kim?

a) Zebuniso; b) Gulbadanbegim; s)Uvaysiy; d) Nodira.

  1. A.Navoiy shoirlarni necha guruhga ajratgan?

  1. Ilohiyot sirlarini, ma’rifatini kuylovchilar; ilohiyotga majozni vosita qiluvchilar; Majoziy ishq kuychilari b) Ma’rifatni kuylovchilar; s) Allohni kuylovchilar; d) Ishqni kuylovchilar.



Fuzuliy

  1. 1780-1850

Lutfiy

  1. 1253-1325

Uvaysiy

s) 1498-1556

X.Dehlaviy

d) 1366-1465




  1. “Badoye ul- bidoya” A.Navoiyning birinchi devonimi?

J: Ha, Yo’q

  1. Ruboiy ikki misradan iborat she’r hisoblanadimi?

J: Ha, Yo’q;

Navoiy “So’z podshosi” deb e’zozlangan shoirmi?

J: Ha, Yo’q;


  1. Har bir bandi to’qt misradan iborat she’r murabba hisoblanadimi?

J: Ha, Yo’q.

  1. Gazalning oxirida shoir taxallusi keltiriladimi?

J: Ha, Yo’q.

  1. O’zbek adabiyotida besh baytdan yigirma bir baytgacha bo’lgan g’azal namunasi bormi?

J: Ha, Yo’q.

  1. G’azalning turkey tildagi namunasini Lutfiy yaratganmi?

J: Ha, Yo’q.

  1. A.Navoiyning quyidagi kataklarga yashiringan “Shayx” gazalaidagi baytni tiklang.

Man

De

Qil

hisob

uza

shayx

Din

Shayx

Kim

Etar

Jo

ti

May

Ayt

Ishq

soda

Ni

xas

shayx

sa

solsa

Ma

gi

Me

ma

cha

soda

shayx

Suv

loda

Ola

us

saj

da

Agar


V.Shekspirning “Otello” tragediyasi

  1. Otelloni Emiliya sevib qoladimi?

Ha, Yo’q

  1. Umrini janglarda o’tkazgan oqil va halol arab generali Yagomi?

Ha, Yo’q

  1. Kassio Otelloning leytenanti bo’lishni mo’ljallab yurar edimi?

Ha, Yo’q

  1. Dezdemona Rodrigoning xotinimi?

Ha, Yo’q

  1. Dezdemona otelloni rad qilib Rodrigoga tegadomi? Ha, Yo’q

  2. Tamom bekor bo’ldi mening tashabbuslarim,

Mening erim tamom boshqa er bo’lib qoldi.

Ushbu nutq kimga tegishli?



  1. Dezdemonaga;

  2. Emiliya;

  3. Dezdemonaning onasiga;

  4. Emiliyaning singlisiga;

Ushbu bo’sh qolgan joylarni to’gri keluvchi ismlar bilan to’ldiring.

Venetsiy senatori . . . . . . . .ning qizi . . . . . . . . . venetsiyalik boy yigit . . . . . . . .ni rad qilib, qora va qariroq bo’lishiga qaramay, . . . . . . . . sevib qoladi va unga turmushga chiqadi.

a) Brabansio;

b) Rodrigo;

s) Dezdemona;

d) Otello;



  1. Kim Otelloning leytenanti bo’lishni mo’ljallagan edi?

  1. Rodrigo;

  2. Kassio;

  3. Yago;

  4. Lodoviko.

  1. Tasniflashlikka doir.

    Otello bilan Kassiodan o’ch olishga bel bog’laydi

    1. Otello

    Otelloga xiyonat qilib, kelishgan leytenant Kassio bilan yurishini aytishadi

    1. Kassio

    O’zi rosrgo’y bo’lgani uchun ularning gapiga ishonadi

    s) Yago

    Otelloga qattiq mehr qo’ygan

    d) Dezdemonani

    Eri bilan yarashtirib qo’yishini so’raydi




  2. Obrazlarni ijobiy va salbiy jihatdan ajrating.

Otello, Yago, Emiliya, Kassio, Gratsiano, brabansino, Lodoviko, Rodrigo, Montano, Dezdemona.

Ijobiy obrazlar

Salbiy obrazlar
































Xulosa

Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o’zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Davlat ta’lim standartini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysunishidan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy sohalardagi keng ko‘lamli ishlar, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ona tili va adabiyot o‘qitishni tashkiliy va mazmuniy jihatdan yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish, lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilajak darsliklarda? Darajali o’quv topshiriqlarida grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi. Yuqorida keltirilga darajali test topshiriqlarimiz bizning bu maqsadni amalga oshirishimiz uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Husanboyeva Q. Adabiyot ta`limida mustaqil fikrlashga o`rgatish asoslari. – T.: O`z inkomsentr, 2003. 103-b.

2.Yuldasheva N.A. «Zamonaviy ta`limda interfaol dars». Toshkent 2008 y. 3 – 46 betlar.

3. «Maktabni samarali boshqarish maktabga asoslangan ta`lim» (trenerlar uchun qo`llanma). Toshkent 2008 y. 2 – 80 betlar.

4. «Maktabni samarali boshqarish maktabga asoslangan ta`lim» (tarqatma materiallar). Toshkent 2008 y. 1 – 59 betlar.

5.2-modul: «Maktabni samarali boshqarish maktabga asoslangan ta`lim» (majmua). Toshkent 2008 y. 1 – 59 betlar.

6. 3-bosqich: «Bola shaxsiga yo`naltirilgan ta`lim» (tarqatma materiallar). Toshkent 2008 y. 2 – 80 betlar.

7.Adabiyot majmua (Akademik litseylarning bosqich o`quvchilari uchun). Toshkent 2007 y. 3 – 679 betlar.

Mirzohidova Laylo Baxtiyorovna
Ona tili va adabiyot darslarida darajali testlar

Til va adabiyot fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma


Terishga ruxsat berildi: __. 012.2015y.

Bosishga ruxsat berildi: __. 12.2015y.

Offset bosma qogozi. Qog’oz bichimi 60x84

“Times” garniturasi. Ofset bosma usuli.

1,5 bosma taboq

Adadi:25 nusxa

Buyurtma №__



Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.

Samarqand shahar Boysunqur ko’chasi 3-uy.
Yüklə 190,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin