A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 188,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix03.05.2023
ölçüsü188,98 Kb.
#126323
  1   2   3   4


A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
 
 
“ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHNING DOLZARB 
MASALALARI”
 
 
o‘quv kursining
“ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA FANGA DOIR 
NAZARIY BILIMLARNI OSHIRISH”
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Shomurodova Sitora Xoshim qizi 
 
Toshkent 2022 
 
 


1-Mavzu: Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda fanga doir nazariy 
bilimlarni oshirish 
Reja: 
1. Fanga doir nazariy bilimlarning ahamiyati. 
2. Ona tili fanida nazariy bilimlarni oshirish yo‘llari. 
3. Adabiyot fanida nazariy ma’lumotlar bilan ishlash. 
 
1. Ona tili va adabiyot fanida deyarli barcha mavzular nazariy ma’lumotlar 
bilan bog‘liq. Masalan, 5-sinf adabiyotida o‘quvchi maqol, topishmoq, hikoya, 
ertak, she’r turlari haqidagi nazariy ma’lumotlar bilan tanishadi. Keyingi sinflarda 
qissa, roman, xalq qo‘shiqlari, xalq dostonlari, aruz vazni, g‘azal, ruboiy, tuyuq, 
musammat turlari haqidagi nazariy ma’lumotlar bilan tanishadi.5-sinf adabiyotida 
shunday ma’lumot bor:“O‘zidа sаyohаt хоtirаlаri vа ulаr bilаn bоg‘liq 
tаfsilоtlаrni аks ettirgаn nаsriy vа shе’riy аsаrni sаyohаtnоmа dеb аtаymiz. 
«Sаyohаtnоmа» jаnri Shаrq аdаbiyotidа, jumlаdаn, o‘zbеk mumtоz аdаbiyotidа 
o‘zigа хоs shаkllаnish vа rivоjlаnish tаriхigа egа. O‘zbеk аdаbiyotidа аlоhidа 
pоetik shаkldа tаrtib tоpgаn, kеyinchаlik аdаbiy аn’аnа tusigа kirgаn bu jаnrning 
аsоschisi Muqimiydir”.Ushbu ma’lumot bilan tanishishdan avval o‘quvchi 
sayohatnoma namunasi bilan tanishgan bo‘lishi kerak, 
Nazariy ma’lumotlar taqdim etishning yaxshi va yomon jihatlari bor. 
Masalan, haddan ortiq nazariya o‘quvchi tasavvurida fanning qiyinlashuvi, 
o‘zlashtira olmaslik qo‘rquvini paydo qiladi. Shuning uchun nazariyani o‘quvchiga 
taqdim etayotganda ularning yoshi va ruhiy holati inobatga olinadi. Nazariy 
bilimlarni oshirishning eng samarali usuli bu soddadan murakkabga qarab 
borishdir.
Maktab amaliyotida mashqlar o‘tkazish uchun o‘quvchilarning nazariy 
bilimlariga murojaat qilishning ba'zi yo‘llari belgilangan. Bu ishning eng keng 
tarqalgan, lekin eng kam samarali usuli dars rejasida ko‘zda tutilgan mashqlarni 
bajarishda tayaniladigan ma'lum tushunchalar va qoidalarni og‘zaki qayta 
tiklashdir. Mashqlarni bajarishdan oldin nazariy materialni takrorlashning 
samaraliroq usuli mazkur materialni qo‘llash bo‘yicha amaliy topshiriqlarni 
qo‘yishdir. Bunday topshirmalarga tanlanma diktant o‘tkazishda ma'lum so‘zlar 
yozishni, nutqning ma'lum bo‘laklarini qisqa vaqt ichida tahlil qilishni, nutqning 
ahamiyatli qismlarini ajratishni, didaktik tarqatma material bilan ishlashda ma'lum 
orfomalarni qayd qilishni, masalalar yechishda asos bo‘ladigan matematik ifodalar 
bilan ishlash va hokazolarni kiritish mumkin. 
Mashqlar o‘tkazishda nazariy materialga murojaat qilishning navbatdagi 
usuli o‘quvchining keyingi amaliy ishni bajarishdan oldin uning yo‘llarini 


asoslashidir. Amaliy ishlarni bajarish vaqtida nazariy asoslash pedagogik jihatdan 
o‘zini oqlagan. Bu usulni ikki variantda bajarish mumkin. Bular navbatdagi ishni 
keng tushuntirish va sharhlashdan iboratdir. O‘quvchilar bilan ularning 
tayyorgarligidagi ayrim kamchiliklarini to‘ldirish bo‘yicha ishlashda navbatdagi 
ishlarni keng tushuntirish o‘zini ancha oqlagan. Bunda avval o‘quvchidan keng 
mushohada yuritishni talab qilish lozim va talabni bajarish esa hisoblash usulini 
chuqurroq anglashni ta'minlaydi. 

Yüklə 188,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin