Yangiyo‘l tuman 55-umumiy o‘rta ta’lim makatabining navbatdan tashqari 3-pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomasi



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə1/2
tarix25.11.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#134821
  1   2
olimpiada 2023 bayonnoma


Yangiyo‘l tuman 55-umumiy o‘rta ta’lim makatabining navbatdan tashqari 3-pedagogik kengash yig‘ilishi
BAYONNOMASI

Vatan MFY



Rais:

T.K.Nazarkulov - maktab direktori

Kotib:

N.X.Bekmurodova - boshlang‘ich sinf oʻqituvchisi

Qatnashdi:

52 nafar pedagog xodimlar



KUN TARTIBI:



  1. “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarorining 1-ilovasidagi Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 6-sentabrdagi 02-02/5-2051-sonli xatiga asosan 2022-2023-oʻquv yilida umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy fan olimpiadasining birinchi maktab bosqichini tashkil etish va oʻtkazish bo‘yicha tavsiyalarini mazmun- mohiyatini o‘rganish va maktabda tashkil etish haqida

  2. Yangiyo‘l tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2022-yil 13-sentabrdagi 126-10-146-XT/2022-sonli buyrug‘I hamda 00-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2022-yil 0000-sonli byryg‘ini ijrosini ta’minlash haqida.

Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan 55-umumiy o‘rta ta’lim makatab direktori T.K.Nazarkulov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi 562-sonli qarorining mazmun-mohiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 6- sentabrdagi 02-02/5-2051-sonli xatiga asosan 2022-2023-oʻquv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan tavsiyalar bilan tanishtirdi. Umumiy qoidalarni tanishtirdi. Jumladan: Asosiy olimpiada, onlayn olimpiada, qo’shimcha Respublika olimpiadalari, nufuzli xalqaro olimpiadalar, mintaqaviy xalqaro olimpiadalar haqida gapirib o’tdi. Olimpiada nazorat materiallari o‘quvchilarning bilim ko’nikmalarini standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qo’llay olish malakalarini va kompetensiyalarini baholashga qaratilishini hamda kun tartibidagi ikkinchi masala Yangiyo‘l tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2022-yil 13-sentabrdagi 126-10-146-XT/2022-sonli buyrug‘I hamda 00-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2022-yil 0000-sonli byryg‘i ijrosini ta’minlash haqida
aytib o‘tdi.
So‘zga chiqdi: Maktabning O‘TIBDO‘ F.I.O – “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarorining 1-ilovasidagi Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 6- sentabrdagi 02-02/5-2051-sonli xatiga asosan 2022-2023-oʻquv yilida umumta’lim fanlari bo’yicha asosiy fan olimpiadasining birinchi maktab bosqichini tashkil etish va oʻtkazish bo‘yicha tartibini tushuntirdi. Unga koʻra olimpiada quyidagi fanlardan oʻtkazilishi belgilanganligi aytib oʻtdi. Jumladan:
1. Matematika
2. Fizika
3. Biologiya
4. Informatika va axborot texnologiyalari
5. Ona tili va adabiyot
6. Rus tili va adabiyoti
7. Ingliz tili
8. Kimyo
9. Tarix
10. Geografiya
Shuningdek hakamlar hay’atini tarkibini va apelyatsiya komissiyasi a’zolari, auditoriya rahbari, nazoratchilar ro‘yxatini oʻqib eshittirdi.
Oʻquvchilarni olimpiada oʻtkazilishidan 3 kun oldin xabardor qilinishi kerakligi, olimpiadaga oʻz ixtiyorlariga koʻra qatnashishlari, ayrim sabablarga koʻra ishtirok etmagan oʻquvchini keyingi bosqichda ishtirok etishi mumkin emasligi, har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanishi hamda aniqlangan g‘oliblar pedagogik kengash qarori bilan asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etishi uchun tavsiya etilishini tushuntirib oʻtdi.
Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan oʻquvchilar hamda ularning oʻqituvchilari haqidagi ma’lumotlar olimpiada oʻtkazilganidan keyin bir kun muddat ichida Xalq ta’limi Vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtirish kerakligini tushuntirdi.
Olimpiada natijalarini baholash va test topshiriqlarini tashkil etish yuzasidan taklif kiritdi. Olimpiadaning maktab bosqichi har bir fan kesimida 30 tadan iborat test savollaridan tuzishni va oʻquvchilarni iqtidori va salohiyatini aniqlash maqsadida 1-10 savollar darajasi oson savollar, 2-20 savollar oʻrta, 21-30 savollar murakkab savollardan tuzilishi va baholash 100 ballik tizimda olinib 1-10 savollarga 1,8 bal, 11-20 savollarga 3 bal, 21-30 savollarga 5,2 balldan berilishini tushuntirib berdi.
10*1.8=18 10*3=30 10*5.2=52 Jami: 18+30+52=100
Nazorat materiallarini oʻquvchilarning bilim, koʻnikmalarini standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qo‘llay olish malakalarini va kompetensiyalarini baholashga qaratilga boʻlishini ta’kidladi. Barcha metod birlashma rahbarlari olimpiada oʻtkazilishi uchun fanlar kesimida tayyorlangan olimpiada testlarini, savollar darajasini oʻrganib ekspert guruhi tomonidan tasdiqlashi kerakligini aytildi. Tuzilgan testlar, savollar maxfiyligini saqlash tushuntirildi.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin