___________________viloyati _______________tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ___-umumiy o`rta ta`lim maktabi Musiqa fani o`qituvchisi ___________________________________________ning 1-2-3-4-5-6-7-sinflar uchun Musiqa fanidan YILLIK TAQVIM REJASI 2023-2024-O`quv yili
“Tasdiqlayman”
Maktab direktori
______ __________________
“__”___2023yil
O`ZBEKISTON RESPUBLKASI ____________________ VILOYATI ___________________ TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI ____- SONLI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABINING MUSIQA FANI O`QITUVCHISI ______________________________________________NING
2023- 2024-O`QUV YILI UCHUN TUZILGAN
YILLIK TAQVIM REJASI
“Kelishildi”
__________________
metod birlashma rahbari:
______ _______________________
“__”______2023yil
MUSIQA fanidan o‘quv DASTURi UQTIRISH XATI Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi - o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish, milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish, o‘zbek hamda jahon kompozitorlari asarlarini tinglab tushunish va undan zavqlanishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning vazifasi - musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa madaniyati ta’limida o‘rganiladigan eng oddiy musiqiy tushunchalar, atamalar hamda kompozitorlar, to‘rt asosiy musiqiy uslub haqidagi ma’lumotlarni oddiydan murakkabga qarab o‘rganish;
insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi va kundalik hayotda tutgan o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan musiqa sohasidagi tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish;
o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
O‘quvchilar tasavvurini shakllantirish, mustaqil ishlashga o‘rgatishda musiqa madaniyati ta’limi muhim omil hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fanida berilgan qo‘shiqlar nota materiallari o‘quvchilarning imkoniyati, ovoz diapazonlari aniq va mukammal rivojlanishini hisobga olgan holda mantiqiy ketma-ketlikda berilgan. Musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi faoliyat turlarini amalga oshirish bilan birga milliy cholg‘u asboblarini, xalq kuyi namunalarini bir-biridan farqlashni o‘rganadilar. Bunda o‘quvchilarda fanga oid umumiy va tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Musiqa tinglash ta’lim mazmuning asosini tashkil etadi. Ularni kuylash tinglash faoliyatlari vositasi bilan bir qatorda cholg‘uchilik, musiqali harakatlar har tomonlama o‘rganish va o‘zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi. O‘zbek xalq musiqasi, o‘zbek bastakorlari va kompozitorlarining musiqiy asarlaridan namunalar tinglanadi.
Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarning musiqa – o‘quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchi o‘z ovoz-ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo‘r bo‘lib kuylashga intiladi.