Yon chiziq qarindosh bo’lib, aka-uka va opa-singillar hisoblanadi



Yüklə 25,11 Kb.
səhifə1/8
tarix05.10.2023
ölçüsü25,11 Kb.
#129734
  1   2   3   4   5   6   7   8
5 mavzu Oila huquqi


Oila kodeksining uchinchi bo’lim 9-bobi qarindoshlik, qayin-bo’yinchilik va quda-andachilikka bag’ishlanib, o’z ichiga uch moddani oladi. Undagi bu bob qonunchilikka butunlay yangilik bo’lib kirdi. Uning ham o’z oldiga qo’ygan maqsadi bor.
Qon-qarindoshlik-bu shahslar o’rtasidagi qon va qorin aloqasi bo’lib, biri ikkinchisidan yoki umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini bildiradi.
Qon-qarindoshlik oila huquqiy munosabatlarining vujudga kelishiga asos bo’ladigan hollardan biri bo’lgani uchun ham qonunchilikda o’z yechimini topishi lozim edi. Bu vazifa ham bajarildi. Undan tashqari nikohdan o’tishda uni man etadigan holatlardan biri nikoh tuzuvchilarning yaqin qarindoshlikda bo’lishligidir. SHuning uchun unga to’g’ri ilmiy asoslangan tushuncha berish lozim edi, chunki hozirga qadar bu masalada chalkashliklar mavjud. Qonun bo’yicha kimlarni qarindosh deb ataymiz va ular o’rtasidagi huquq va majburiyatlar qanday vujudga keladi, degan masalalar o’z yechimini topdi. Endilikda bu masala bo’yicha ham oila qonunchiligiga aniqlik kiritildi.
Yaqin qon-qarindoshlik o’z ichiga to’g’ri chiziq, yon, tug’ishgan va o’gay qarindoshlar, aka-ukalar bilan opa-singillar tushunchalarini oladi.
To’g’ri chiziq qarindosh bo’lib, biri boshqasidan dunyoga kelgan shahslar, ya’ni bobo-ota-o’g’il-nevara-evara-chevara-duboralar tushuniladi.
Har bir fuqaro yetti avlodini bilishligi lozim, chunki buni bilishlik o’z avlodiga hurmat va ular o’rtasida nikoh tuzilmaslikni anglatadi.
Yon chiziq qarindosh bo’lib, aka-uka va opa-singillar hisoblanadi.
Umumiy ota-onaga ega bo’lganlar tug’ishgan qarindosh, ota bir ona boshqa yoki ona bir ota boshqalar o’gay qarindoshlar deb tushuniladi.
Aka-uka hamda opa-singillar farzandlarining o’zaro nikoh tuzishlari, shuningdek bolalarni emizish tufayli vujudga kelgan sut qarindoshlar, ya’ni ko’kaldoshlarning ham nikoh tuzishlari maqsadga muvofiq emas. Bu haqda me’yoriy hujjatlarda tegishli qoidalar berilsa, foydadan holi bo’lmaydi.
Yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohni qonun yo’li bilan ta’qiqlash ahloqiy hamda biologik nuqtai nazarga, tibbiyot fani yutuqlari va hulosalariga asoslanadi.
Boshqa qarindoshlar o’rtasida nikoh tuzish qonun bilan man etilmaydi. Shuning uchun yon chiziq bo’yicha qarindosh bo’lgan, amakivachcha, tog’avachcha, holavachchalar, ammavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o’rtasida nikoh tuzish mumkin. Ammo bu maqsadga muvofiq emas. Chunki qarindoshlik nikohi tufayli odatda jismoniy va aqlan nosog’lom, ya’ni, nimjon, kasalmand, aqli zaif, kar-soqov, ortiq, qo’shoq, pakana yoki nuqsonli, mayib bolalar tug’iladi. Ular o’sishda tengdoshlaridan orqada qoladilar. Bunday oilalarda ko’pincha yurak, buyrak hastaligi kasalligiga yo’liqqan go’daklar tug’ilishi kuzatilmoqda. Biologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, nikoh qanchalik begona shahslar bilan tuzilsa, avlod, shuncha sog’lom bo’ladi.



Yüklə 25,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin