Юридик меҳнат психологияси



Yüklə 48 Kb.
səhifə1/3
tarix24.09.2023
ölçüsü48 Kb.
#129317
  1   2   3
4.yuridik


Yuridik mehnat psixologiyasi


Reja:



  1. Yuridik mehnat psixologiyasining asosiy vazifa va qonuniyatlari.

  2. Yuridik kasbining kasbgrammalariga psixologik tavsif va

yuridik kasblarning kasbgrammalarini tuzish.

  1. Yuridik faoliyatda kerakli bo`lgan kasbiy fazilatlarning psixologik asoslari.


1. Yuridik mehnat psixologiyasining asosiy vazifa va qonuniyatlari.
Professional huquqshunoslik faoliyati –davlat arbobi faoliyati demakdir. Huququshunoslik kasb-korlarining ko`pchiligi (prokuror, sudya, tergovchi, tezkor xodimlar) mehnati hukmini o`tkazishning huquq va majburiyatlari kafolatlanishini taqozo etadi.
Yurist mehnati psixologiyasining asosiy vazifasi – kasb-kor taqozo etadigan talablarning ratsional muvozanatini aniqlashdan iborat. Bu murakkab va mas`uliyatli mehnat huquqshunos xodimlariga katta talablar qo`yadi. Yurist kasb-korlarining o`ziga xos xususiyati –tashkiliy faoliyatning katta o`rin tutishidan iborat bulib, u ikkita asosiy jihatga ega:
ish kuni, ish haftasi mobaynida o`z ishini rejalashtirish, vaqti-soati belgilanmagan ish kuni sharoitlarida huquqbuzarlik yoki jinoiy ishga oid surishtiruv va tergov ishlarini tashkil qilish,
boshqa mansabdagi hamkasblar, boshqa huquq - tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishni tashkil etish shu jumladandir. Jinoiy ishni ochish, sud qilish mobaynida adolatli hukm chiqarish – ijodiy jarayon bo`lib, tergovchi, prokuror, sudya, advokatlardan sezgirlikni, diqqat - e`tiborni, insonparvarlikni, inson ichki dunyosiga yo`l topa bilishni talab etadi.
Huquqshunoslik faoliyati turlarini tizimlashtirgan holda o`rganish mobaynida ikki guruhga: asosiy va yordamchi guruhlarga ajratib olinadi. Faoliyatning asosiy turlari tergov va sudlov idoralarining bevosita maqsadga erishishini ko`zlaydi. Ular sirasiga: vakolatli, konstruktiv hamda axloq tarbiyalash guruhlarini kiritish mumkin. Yordamchi turlari (aloqa, tashkiliy, ta`kidiy) asosiy maqsadlar to`la ro`yobga chiqarilishiga yordam beradi.



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin