Xossa. Uzunliklari teng bo’lgan kesmalar o’zaro tengdir. Burchaklarni taqqoslash Berilgan va yoyiq burchakdan farqli bo’lsin. Ularni taqqoslash uchun uchlarini va bittadan tomonini moslab ustma-ust qo’yamiz.
Ta’rif. Agar burchaklarning uchlarini va bittadan tomonini moslab ustma-ust qo’yganda: 1) burchaklarning ikkinchi tomonlari ham ustma-ust tushsa, burchaklar o’zaro teng; 2) ustma-ust tushmasa, burchaklardan biri ikkinchisidan katta yoki kichik deyiladi. va larni taqqoslab, > ekanligini aniqlash mumkin (58-rasm).
Bu ikki burchakning farqi gat eng bo’lib uni va larning ayirmasi sifatida qarash mumkin: = .
, , burchaklar geometrik shakllar bo’lgani uchun burchak ham geometrik shakldir. Shuning uchun bu ayirma manfiy ifoda deb qaralmaydi.
Turli kattalikdagi burchaklar esa turli sondagi yoychalar bilan, ba’zi hollarda esa bitta yoychaga turli sondagi chiziqchalar tortish bilan ifodalanadi (61-rasm).
115. Ikkita yoyiq bo’lmagan va bitta yoyiq burchaklarni chizing. Ularni bir-biri bilan taqqoslang.
116. Uchburchakli chizg’ichlar burchaklarining kattaligiga qarab ikki xil bo’ladi. Ularning har biri burchaklarini o’zaro taqqoslang.
117. Uchburchakli chizg’ich burchaklarining o’ziga xos xususiyatlarini hamda bir-biridan farqli xossalarini ayting.
118. To’g’ri chiziqda biror nuqtani tanlab, bir tomoni shu to’g’ri chiziqda, uchi esa tanlangan nuqtada qilib uchburchakli chizg’ichning uchala burchagini yonma-yon qo’ying. Xulosa chiqaring.
119. Uchburchakli chizg’ichning eng katta burchagini uning qolgan ikki burchagi bilan taqqoslang.
5. Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;