1 – mavzu Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til s (1)
Fonologik oppozitsiya va korrelyasiya.
Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish belgisi asosida o‘zaro zidlanishdir. Masalan, "p" (jarangsiz) va "b" (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: p - b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) b (lab-lab), p (portlovchi) b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonemalarga xos bo‘lgan uchta fonologik belgidan (artikulyasiya o‘rni, artikulyasiya usuli va jaranglilik - jarangsizlik belgilaridan) faqat bittasi (so‘nggisi) p - b oppozitsiyasiga asos bo‘lgan. Shuning uchun u "birlik oppozitsiya" sanaladi .
Prof. A.Abduazizovning ta'kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bir:
Prof. A.Abduazizovning ta'kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bir:
1. Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a'zosi va tovushning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
a) labial-til oldi (dental, alveolyar) undoshlar oppizitsiyalari:
(s-h)+(z-h)+(sh-h)+(j-h)+(ch-h)+(dj-h). Bunda (ch-h) va (dj-h) zidlanishlari "ikkilik oppozitsiyalar bo‘ladi", chunki ularda "til oldi-bo‘g‘iz undoshi" belgisidan tashqari, ikkinchi differensial belgi ham bor: ch (qorishiq portlovchi) -h (sirg‘aluvchi), -dj (qorishiq portlovchi)-h(sirg‘aluvchi) kabi.
2. Artikulyasiya usuli va to‘siqning qanday hosil bo‘lishiga ko‘ra:
2. Artikulyasiya usuli va to‘siqning qanday hosil bo‘lishiga ko‘ra:
a) portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar oppozitsiyalari: (p-f)+(b-v)+(t-s)+(d-z)+(t-sh)+(d-j)+(k-x)+(g-g‘)+(q-x)+(k-h)+(g-h);
b) portlovchi-affrikatalar oppozitsiyalari: (t-ch)+(d-dj);