Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmi tizimi quyidagi oppoziyasiyalarni o‘z ichiga oladi:

1. Tilning uch darajali ko‘tarilish belgisiga ko‘ra:
a) i (yuqori tor unli) - e (o‘rta keng unli)= i-e oppozitsiyasi;
b) e (o‘rta keng unli) – a (quyi keng unli) = e-a oppoziyasiyasi;
d) i (yuqori tor unli) - a(quyi keng unli) = i-a oppoziyasiyasi;
g) u (yuqori tor unli)- o‘ (o‘rta keng unli) = u-o‘ oppoziyasiyasi;
d) o‘ (o‘rta keng unli)-o (quyi keng unli)qo‘-o oppoziyasiyasi;
e) u (yuqori tor unli)-o (quyi keng unli)qu-o oppoziyasiyasi;
2. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra:
a) i (lablanmagan) - u (lablangan) = i-u oppoziyasiyasi;
b) e (lablanmagan)-o‘ (lablangan) = e-o‘ oppoziyasiyasi;
d) a (lablanmagan) - o (lablangan) = a-o oppoziyasiyasi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, fonologik oppozitsya turli til tovushlarini qarama-qarshi qo‘yishiga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning struktiraviy birligidir va shu tilning o‘zigagina xizmat qiladi. Boshqa til tovushlaridan muayyan til, masalan, o‘zbek tili tarkibida oppozsya hosil qilish uchun u shu til tizimidagi kvaziomonimlar tarkibida qo‘lanadigan darajaga ko‘tarilgan bo‘lishi shart. Masalan, arab tilining "f"undoshi o‘zbek tilinig "p" undoshi bilan zidlanish hosil qilish darajasiga ko‘tarilgan deyish mumkin, chunki shu ikki undoshdagi farqlovchi belgi (sirg‘alish-portlash belgisi) o‘zbek tilidagi sof va sop minimal juftligida fonologik vazifa bajarmoqda