Fonologik oppozitsiyalar hozirgi o‘zbek tilining strukturaviy birliklari sanaladi, ular tarixan o‘zgarib turishi ham mumkin. Masalan, qadimgi turkiy va eski turkiy tilarda unli fonemalar tilning yotiq (gorizontal) harakatiga ko‘ra old qator va orqa qator zidlanishiga ega bo‘lgan: (i-ы`) + (y-u) + (ɵ-o)+(ǝ-a) kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa bunday zidlanish o‘zining fonologtk xususiyatini yo‘qotgan - fonemalar konvergensiyasi natijasida (i - o‘) unlilar bitta (i) ga, (y-u) unlilari bitta (u) ga, (ɵ-o) unlilari bitta (o‘) ga, (ǝ-a) unlilari esa bitta (a) ga birlashgan. Demak, fonologik oppozitsiyalar til taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan belgilanadi, ayni shu bosqichda bir fonema boshqa fonemaga bir xil pozitsyada qarama-qarshi qo‘yiladi: hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi (i) va (u) unlilari so‘z boshida (ich va uch) yoki bir xil fonetik qurshovda (bir va bur, qish va qush) bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilagani kabi.

Korrelyasiya - ikki va undan ortiq oppozitsiyaning bir farqlanish belgisi asosida uyushib kelishidan tarkib topgan tagsistema (mikrosistema). Masalan , o‘zbek tili undoshlari "labial -til oldi" farqlanish belgisi asosida(p-t) + (b-d) + (m - n) + (f -s) + (v - z) + (f - sh) + (v - l) + (v -r) korrelyasiyasiga, "labial-til orqa" farqlanish belgisi asosida (p-k) + (b-g) + (f-x) + (v-g‘) korrelyasiyasiga, "til oldi-til orqa" farqlanish belgisi asosida (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g‘) + (n-ng) korrelyasiyasga, "portlovchi-sirg‘aluvchi" farqlanish belgisi asosida (p-f) + (b-v) + (t-s) + (d-z) + (t-sh) + (d-j) + (k-x) Q (g-g‘) + (q-x) + (k-h) + (g-h) korrelyasiyasiga uyushadi (korrelyasiyalar miqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmaydi).