Birinchi fikrga ko‘ra, fonologiya fonetikaning o‘zi emas, chunki fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‘rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta'limot (fonetika) aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi talimot (fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususuyatlarini tadqiq qiladi, shunga ko‘ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi . - Birinchi fikrga ko‘ra, fonologiya fonetikaning o‘zi emas, chunki fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‘rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta'limot (fonetika) aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi talimot (fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususuyatlarini tadqiq qiladi, shunga ko‘ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi .
- Ikkinchi fikrga ko‘ra fonologiyani fonetikadan ajratib bo‘lmaydi, chunki muayyan tilning fonemalari tizimini, bu tizimdagi har bir fonemaning "semantizatsiyalashgan" (fonologizatsiyalashgan) belgilarini shu tilning konkret talaffuz xususyatlarini o‘rganmasdan tadqiq qilib bo‘lmaydi . Demak, fonologiya aslida fonetikaning o‘zi, faqat uning yuqori bosqichi, xolos.
- Ma'lumki, fonetikada tovush va bo‘g‘in segment birliklar, urg‘u va intonatsiya (ohang) esa supersegment birikmalar tarzida tavsiflanadi. Fonologiyada bu birliklar lisoniy-vazifaviy xususiyat taqozosi bilan fonema (tovush), sillabema (bo‘g‘in), aksentema (urg‘u) va intonema (intonatsiya, ohang) deb nomlanadi, fonologiyaning o‘zi esa segmental fonologiya va supersegmental fonologiya kabi ikki turga ajratiladi .
- Segmental fonologiyaning asosiy predmeti fonemadir, shunga ko‘ra u fonematika, fonemika nomlari bilan ham aytiladi.
- Supersegmental fonologiyaning predmeti esa sillabema, aksentema va intonemadir, shunga ko‘ra u prosodiya (yoki prosidika) deb ham yuritiladi .
- Fonologiyaning xulosalari fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va perseptiv aspektlarida to‘plangan tajriba va ma'lumotlariga asoslanadi. Bu hol ham fonologiya bilan akustik fonetika, artikulyasion fonetika va perseptiv fonetika o‘rtasida uzviy aloqa borligidan dalolat beradi.
- O‘zbek tilshinosligida fonologiya XX asrning 60-yillarida shakllana boshlangan bo‘lsa-da, unga so‘nggi 20-30 yil ichida e'tibor kuchaydi: "O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi" (Nurmonov A.N.,1990), "O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi" (Abduazizov A.,1992), "Umumiy tilshunoslik" (Baskakov N.A., Sodiqov, A.S., Abduazizov A.,1979), "O‘zbek tilida lisoniy birliklarning invariant-variant munosabati (fonologik sath)", nomzodlik dissertatsiyasi (Nabiyeva Dilora Abduhamidovna, 1998), "O‘zbek tilida paradigma a'zolari o‘rtasidagi zidlanishlarning mo‘'tadillashuvi (fonologik sath)" , nomzodlik dissertatsiyasi (Nurmonova Dilfuza Abduhamidovna, 1998) kabi ishlarning yuzaga kelganligi fikrimizning isbotidir.
Dostları ilə paylaş: |