Leningrad ( hozirgi S. - Peterburg ) fonologiya maktabida fonema nazariyasi

Leningrad ( hozirgi S. - Peterburg ) fonologiya maktabi, yuqorida qayd etilganidek , akad. L. V. Shcherba g‘oyalariga tayanadi. Bu maktab vakillari orasida XX asr tilshunosligining yirik namoyandalari bor: M.I. Matusevich , L.R. Zinder , A.N. Gvozdev , Ya.V. Loya va boshqalar shular jumlasidandir.
Leningrad fonologiya maktabi nazariyasida fonemaga oid quyidagi qarashlar tayanch g‘oyalar tarzida ta'kidlanadi:

1. Fonemalarning so‘zlarni va so‘z shakllarini farqlash vazifalari bor. Fonemaga oid bunday xulosa L.V. Shcherbaning " Fo-nema muayyan tildagi umumiy tovush tasavvuri bo‘lib, u ma'nolar bi-lan assosiyalanish va so‘zlarni farqlay olish xususiyatiga ega…" degan ta'rifiga asoslanadi. Ma'lumki , L.V. Shcherba o‘zining fonemaga oid qarashlarini rivojlantirib, "…jonli nutqda biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq miqdordagi turli tovushlar talaffuz qilinadi. Bunday tovushlar muayyan bir tilda u qadar ko‘p bo‘lmagan tovush tiplariga birlashadi, bunday tovush tiplari esa so‘zlar va ularning shakllarini farqlay oladi , demak , kishilarning muloqotda bo‘lishiga xizmat qiladi… Biz ularni fonemalar deb ataymiz " , - degan edi.
2. Fonema turli ottenkalar majmuidan iborat tovush tipidir. Fonemaga bunday qarash ham L.V. Shcherbaning quyidagi ta'rifi va talqinlariga asoslanadi: "…Real talaffuz qilinadigan turli tovushlar umumiylikning ( fonemaning ) nutqdagi xususiy ko‘ri-nishlaridir. Bunday ko‘rinishlarni ottenkalar deb ataymiz. Odatda, fonema ottenkalari ichida bittasi turli sabablarga ko‘ra shu fonema uchun eng tipik ko‘rinish hisoblanadi: u alohida (so‘z tarkibidan ajratilgan holda - J.H.) talaffuz qilinadi va ayni shu ottenkasining o‘zini biz nutqiy element sifatida idrok qilamiz. Boshqa barcha ottenkalar tipik ottenkadan farq qiluvchi birliklar sifatida idrok etilmaydi. Ularni eshita bilish uchun maxsus eshitish ko‘nikmasi shakllantirilgan bo‘lishi kerak… Bunday ottenkalar u yoki bu omillar ta'sirida yuzaga keladi; ta'sir qiluvchi omillar yo‘qotilishi bilan ular tipik ottenkaga yaqinlasha boradi…" Demak, fonema , bir tomondan , shu fonemaning barcha ottenkalaridir, ikkinchi tomondan esa har bir ottenka shu fonemaning aniq vaziyatdagi vakilidir. Fonema ottenkalari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi , ammo barcha ottenkalar guruhi,