№1 амалий машғулот



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə69/95
tarix10.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#139283
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   95
Arxelogiya sirtqi majmua

ARXEOLOGIK KUZATISH - arxeologik jihatdan tekshirilmagan joylarda xo‘jalik tashkilotlari ariq chiqarish, bino qurish, yer tekislash va h.k. paytlarida yer tagidagi ba’zi moddiy madaniyat yodgorliklari yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun arxeologlarning o‘sha joylarda nazorat qilib turishlari.
ARXEOLOGIK MADANIYAT - o‘ziga xos etnografik xususiyatlari bilan ajralib turadigan muayyan davrga va hududga doir arxeologik yodgorliklar birligi. Ayrim yoki bir qancha belgilarga, xususan, sopol buyumlarning shakli, naqshi, marhumlarni dafn etish tartibi, mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or anjomlari va boshqalarga ko‘ra belgilanadi. Yodgorliklar qayerdan topilsa, shu joyning nomi bilan yuritiladi (masalan, Qovunchi madaniyati).
ARXEOLOGIK SANALASH - arxeologik yodgorliklarning yoshini aniqlash. Ularning sanasi yil, yuz yillar, ming yillarda mutlaq, aniq ko‘rsatilishi hamda boshqa yodgorliklarga nis-batan aniqlangan nisbiy (ilgari, so‘nggi) bo‘lishi mumkin. Ax. arxeologik usullar (stratigrafik, tipologik) va tabiiy fanlar usullari (radiouglerod usuli bilan sanalash va b.) bilan aniqlanishi mumkin.
ARXEOLOGIK SINOV - arxeologik yodgorliklarni qayd etish (arxeologik xaritalar tuzish) va qazilma ishlari olib borish maqsadida o‘tkaziladigan qidiruv ishlari. A.s.da odatda har bir yodgorlik sinov tariqasida qisman qazib ko‘rilib, uning bunyod etilgan vakti, umri, xususiyati kabi tomonlari aniqlanadi.
ARXEOLOGIK QAZISH - maxsus ruxsatnoma asosida yodgorliklar va madaniy qatlamni to‘liq o‘rganish imkonini beruvchi uslubga (avvalambor stratigrafik uslubga) rioya qilingan hodda arxeologik yodgorliklarni tadqiq etish. A.q. turli arxeologik tekshirishning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, unda sinab ko‘rilgan yodgorlik boshdan-oyoq batamom qazib tekshiriladi, tugallangan tarixiy xulosalar chiqariladi.
ARXEOLOGIYA (arxeo... va logiya), qadimshunoslik - qad. moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or bu-yumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli A. tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin