ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI - moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo‘li bilan o‘rganish uchun tashkil qilinadigan ekspedisiyalar. Ularni i.t. institutlari, oliy o‘quv yurtlari, muzeylar va ulkashunoslik to‘garaklari tashkil etadi. Ko‘pincha, kompleks ravishda tuzilib, tarkibi-ga arxeologlardan tashqari etnograf, antropolog, geograf, tuproqshunos, biolog, botanik va b. olimlar kiritiladi. Uzoq yillar ishlashga mo‘ljallanib, mustaqil ishlaydigan otryad va guruhlardan iborat qilib tuziladi. Har bir ekspedisiyaning o‘ziga xos nizomi, ilmiy kengashi, maxsus bazasi bo‘ladi.
ARXEOLOGIYANING ISH USLUBI -moddiy madaniyat yodgorliklari mavjud joyning tabiiy geografik tuzi-lishiga va ulardagi tarixiy-maishiy holatga qarab tadqiqot ishlarini belgilash: 1) arxeologik axtarish (rekognossirovka)dan iborat bo‘lib, unda ma’lum joyda qaysi turdagi yodgorliklar: shahar xarobalari, qad. qabristonlar, maskanlar va h.k. borligini, ularning taxminiy davrlarini belgilab chiqadi; 2) arxeologik sinov (razvedka)da har bir yodgorlikni sinov tariqasida qisman qazib ko‘rib, uning bunyodga kelgan zamoni, umri, xususiyati kabi tomonlarini aniqlab oladi; 3) muqim (statsionar) arxeologik qazish turli arxeologik tekshirishning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, unda sinab ko‘rilgan yodgorlik boshdan-oyoq batamom qazib tekshiriladi, tugallangan tarixiy xulosalar chiqariladi.
ANTROPOGENEZ – odamning kelib chiqishi va rivojlalishi jarayoni.
ANTROPOLOG - (ibtidoiy odamning suyak qoldiqlari va butun skeletlarini chuqur o‘rganish asosida ular muskulining joylanishi, rivojlanishi, yuz tuzilishi, bosh miya qopqog‘i, miya qutisining hajmi, uning katta-kichikligi hamda ichki va tashqi tomonining tuzilishini tiklaydilar.
“HOMO ERECTUS” –“tik yuruvchi odam”.
“HOMO HABILIS” – “ishbilarmon odam”.
“HOMO SAPIENS” – “ongli odam”.
ANIMIZM – ruhlarning mavjudligiga ishonish.
AVSTRALOPITEK – janub maymuni.
AXURAMAZDA –yaxshilik, ezgulik ilohasi.