№1 амалий машғулот


ARXEOLOGIYA BUYUMSHUNOSLIGI -



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə70/95
tarix10.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#139283
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95
Arxelogiya sirtqi majmua

ARXEOLOGIYA BUYUMSHUNOSLIGI - arxeologiyaning har bir arxeologik davrga oid buyum va jihozlarni o‘rganadigan sohasi. Har bir buyumning o‘ziga xos kelib chikish va taraqqiyot tarixi bor. Hozirgi kunda ishlatilib turgan buyumlar (pichoq, qozon, piyola, kosa) ibtidoiy zamonlardan boshlab necha bosqichlarni o‘tib, so‘nggi holatida bizga yetib kelgan. Har bir tarixiy davr va bosqichning buyumlar majmuasi arxeologiya fanida oydinlashadi. Shuning uchun har bir davrning buyum va jihozlarini o‘rganishda Arxeologiya buyumshunosligi-ning ahamiyati katta.
ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARI - arxeologik tadqiqotlarning obyekti bo‘lib xizmat qiluvchi, yerning usti va ostida saqlanib qolgan qadimgi inshootlar va buyumlar. Arxeologiyayodgorliklari moddiy tarixiy manbalar bo‘lib, ularni o‘rganish bilan kishilik jamiyatining o‘tmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixgacha bo‘lgan eng qadimgi davrini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar bo‘yicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari; 3) antik davr yodgorliklari; 4) qad. mudofaa inshootlari; 5) qad. suv inshootlari; 6) qad. mozor-mo‘la va o‘balar; 7) qad. me'morlik yodgorliklari; 8) qadimgi hujjatlar; 9) o‘rta asr shahar va rabotlarnnnng xarobalari; 10) zargarlik buyumlari va qadimgi pullarning xazinasi; 11) qadimgi va o‘rta asr pullari, turli arxeologik topilmalar.
ARXEOLOGIYA XARITAGRAFIYASI - tarixiy xaritagrafiyaning maxsus tarmog‘i; arxeologiya ma’lumotlari asosida turli xildagi tarixiy voqea va hodisalarni grafika asosida xaritaga tushirish. A.x. tuzishda: a) arxeologik madaniyatlarning joylashuvini ko‘rsatish; b) arxeologik madaniyatlarning va etnik guruxdarning uzaro aloqasi, bir-biriga ta’siri va bir joydan ikkinchi joyga kuchishini o‘rganib, xaritada belgilash; v) i.ch. turlari, q.x. ekinlari joylashgan va tarqalgan tumanlar, qad. sug‘orilgan yerlar va irrigasiya inshootlari va b.ni aniqlab berish; g) qad. savdo yo‘llarini, mamlakat yoki xalqlar o‘rtasidagi ijodiy aloqalarni o‘rganib, xaritaga tushirish; d) o‘tmishdagi ijtimoiy hodisalarning geografik faktlar bilan aloqasini o‘rganish va xaritada ko‘rsatish. A.x. XIX a. o‘rtalarida paydo bo‘ldi. XX a.da esa A.x. kengayib, qad. xalqlarnilg madaniyati, yashagan joylari to‘g‘risida bayon etuvchi tematik va tipologik xaritalar, boshqa arxeologik, paleoetnografik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xaritalar paydo bo‘ddi. A.x.da arxeologiya yodgorliklarining geografik jihatdan joylanishini aniqlash va xaritaga tushirish bu obyektlarni muhofaza etish va tadqiq qilish imkonini beradi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin