1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar


Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə15/39
tarix11.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123971
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

44.

Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
AQHMI, FJShMQMI, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
“Kamolot” YIH, “Mahalla” jamg‘armasi, EOAVMA, O‘zNNTMA, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlar�

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihani qabul qilinishi davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligining oshishiga, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishiga, fuqarolarning murojaatlarini, ularda ko‘tarilgan muammolarni joyida hal etishda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga imkon beradi.

45.

Har bir tuman (shahar)da jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha “Xalq qabulxonalari”ni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-yil I chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi

Hisob kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning taklif, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishni, aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni, ularning muammolarini atroflicha o‘rganish va hal etishni, shuningdek, aholining davlatga bo‘lgan ishonchi ortishini ta’minlaydi.

46.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, tuman va shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilganligi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Qonun hujjatlari loyihalari.
Xalq qabulxonalarining huquq va majburiyatlari, ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, shu jumladan, jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganib borish mexanizmi ishlab chiqiladi.

47.

Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
Adliya vazirligi,
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,
Bosh prokuratura, O‘zNNTMA, AQHMI

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:
muhim ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy ahamiyatga ega qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichida ushbu loyihalarni Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarga joylashtirishning majburiyligi;
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida fuqarolik jamiyati institutlari va tegishli ilmiy tadqiqot muassasalari vakillarining keng ishtirokini ta’minlash nazarda tutiladi.

48.

Qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlari huzurida ushbu organlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2017-yil III chorak

Adliya vazirligi,
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI, O‘zNNTMA, vazirlik va idoralar

-

-

Qonun hujjatlari loyihalari.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro samarali hamkorligi ta’minlanadi.

49.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlari huzurida fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat fondlarini tashkil etish.

2017-yil III chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI

-

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari loyihalari.
Hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

50.

Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI, O‘zNNTMA

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlariga ham bevosita ijtimoiy buyurtma berish tartibi belgilanadi.

51.

Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va “Jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Matbuot
va axborot agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI, MTRK, EOAVMA, OAVni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:
ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning aniq mexanizmlari;
ommaviy axborot vositalari tomonidan jamoatchilik nazoratini (jurnalistik tekshiruvi) amalga oshirish tartibi va jurnalistning erkin faoliyat yuritishi uchun qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutiladi.

52.

Jurnalistlarning amaliy kasbiy malakasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish Dasturini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Matbuot va axborot agentligi,
EOAVMA, MTRK, OAVni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

-

-

Ijrochilarning qo‘shma qarori.
Jurnalistlarni xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun stajirovkaga yuborish, xorijiy jurnalist va ekspertlarning O‘zbekistonda seminar-trening va mahorat darslarini (master-klasslarini) o‘tkazish.

53.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin