1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə58/67
tarix13.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#140461
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining -fayllar.org (1)

Insonning go'zalligi. Insondagi go'zallik aksariyat hollarda uning xulqi, odobi, axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. Estetik tafakkur tarixida inson go'zalligi jism (tana) va ruhiyat masalalari bilan izohlangan. Bu boradagi fikr-mulohazalarning asosida insonning tashqi ko'rinishi hamda axloqiy fazilatlariga bo'lgan munosabat masalasi yotadi. Inson go'zalligiga bu tariqa yondashuvning muayyan sabablari bor. Birinchidan, go'zallikning inson shaklidagi ko'rinishida yagona, mutlaq va tugal timsol mavjud emas. Ikkinchidan, insonlarning go'zallik haqidagi qarashlari turlicha bo'lib, ular vaqt o'tishi bilan o'zgarib boradi, ya'ni nisbiylik tabiatiga ega. Kishilarning go'zallik haqidagi ideali ana shu o'zgarishlarning birlamchi sababidir. Odatda insonning tashqi go'zalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi; tashqi go'zallik shaxsning ehinakam «Men»ini namoyon qilishiga to'sqinlik qiluvchi, o'tkinchi hodisa sifatida qaraladi. Ammo, inson go'zalligiga nisbatan bunday yondashuv bahsli. Chunki, insonning tashqi go'zalligi muayyan holatlarda shaxsning o'zigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Insonning botiniy go'zalligi uning odob, xulq va axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu nafosat ilmida xulqiy go'zallik deb ataladi. Inson xulqiy go'zalligining takomillashuvida axloq falsafasining muhabbat va ezgulik kabi tushunchalari asosiy mezon hisoblanadi.


Xunuklik. Hayot halok qilgan tarao‘o‘iyotga to‘siq bo‘lgan, insonni mayib qilgan nimaiki narsa va hodisa bo‘lsa, uni xunuklik tushunchasi bilan ifodalaganlar. Go‘zallik va xunuklik qarama - qarshidir. Ijtimoiy hodisalar, insonning yaramas va qoloq odat hamda xususiyatlari xunuklikning go‘zallikdan farqini bildiradi:
- boshqalar hisobiga yashash uchun harakat qiladigan tekinxo‘r ham; - hamma joyda faqat o‘zini o‘ylaydigan va boshqa kishilarga beparvo qaraydigan shaxsiyatparast ham;
-xalqlarning do‘st va birodarlik munosabatlarining go‘zalligini his qilmaydigan millatchi ham xunukdir.
Xunuklik xilma-xil ko‘rinishga ega. U bezorilik hatti-xarakatida ham, qo‘pollikda ham, insonning hayotiy manfaatlarining chegaralanganligida ham ko‘rinishi mumkin. Hayot go‘zalligini qaror toptirish uchun kurashni xunuklikning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashdan ajratib bo‘lmaydi.


Ulug'vorlik insonning narsa-hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg'usini hosil qiluvchi ma'naviy hodisa. Ulug'vorlikning ko'lami go'zallik ko'lami kabi cheksiz bo'lib, o'zida hajm, miqdor, ko'lam va buyuklikni mujassam etadi. Shuning uchun ulug'vorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladi. Ulug'vorlik tabiat, jamiyat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo'ladigan ma'naviy-axloqiy tushunchadir. Ulug'vorlik belgisiga ega bo'lgan barcha narsa va hodisalarga xos bo'lgan umumiylik — me'yoriy barkamollikdir.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin