1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org
Vitaminlarning biosintezi Deyarli barcha vitaminlar o‘simlik organizmida sintezlanadi. Faqat vitamin A va D ni hosil qiladigan birikmalar - provitaminlar o‘simlik to‘qimalarida sintezlanib, hayvon organizmiga o‘tgandan so‘ng ular o‘z vitaminiga aylanadi. O‘simlik to‘qimalarida vitaminlar biosintezining borishi hanuzgacha tajribalarda to‘la aniqlangan emas. Vitamin S (askorbin kislota) 6 ta uglerod atomli uglevodlar-geksozlarning o‘simlik to‘qimalarida oksidlanishdan hosil bo‘ladi. Glyukoza, fruktoza va boshqa geksozlar ishtirokida o‘simlik to‘qimalarida vitamin S miqdorining ko‘payishi tajribalarda isbotlangan. SHuningdek, D- glyukozaning L- askorbin kislotaga aylanish jarayoni D - glyukuron va L- gulon kislotalarning laktonlari orqali ro‘y berishi ham aniqlangan.
Vitamin R ta’siriga ega bo‘lgan asosiy birikmalar - flavanonlar va flavonlar hamda katexinlar o‘simlik to‘qimalarida shikim kislota, oraliq birikma - prefen kislota va atsetal qoldiqlari orqali uglevodlardan hosil bo‘lishi mumkin.
Vitamin Vl o‘simlik to‘qimalarida fermentlar ishtirokida tiazol va primidinning birlashishi tufayli hosil bo‘ladi. Aminokislotalar ham vitaminlar biosintezida ishtirok etadi. Masalan, vitamin RR (nikotin kislota) triftofan aminokislotadan, pantaten kislota esa -alanin aminokislotadan hosil bo‘ladi. Bu biosintez jarayonlar albatta fermentlar ta’sirida va boshqa birikmalar ishtirokida ro‘y beradi.
O‘simliklar o‘sa boshlagan birinchi kundan boshlaboq to‘qimada vitaminlar biosintezi boshlanadi. Ular miqdori o‘simlikning o‘sish davrida doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Xususan, o‘simlikning o‘sish joyi va iqlimi, yorug‘lik, mineral va organik o‘g‘itlar, namlik, mikroelementlar, tuproqdagi mineral tuzlar tarkibi va konsentratsiyasi hamda kislotali sharoit vitaminlarning biosinteziga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi. Odatda vitamin S shimoliy tumanlarda va yuqori tog‘li erlarda o‘sadigan o‘simliklarda janubiy tumanlarda hamda pastliklarda o‘sadigan o‘simliklarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Vitamin V1 esa aksincha janubiy tumanlarda o‘sadigan kuzgi bug‘doyda ko‘proq sintezlanadi. Ma’lum miqdordagi marganets va temir mikroelementlari o‘simlik tarkibidagi vitamin S miqdorini oshiradi. Bundan tashqari, temir vitamin N, inozit va para-aminobenzoat kislota sintezini kuchaytiradi. SHu bilan bir qatorda marranets vitamin V2 ning, ko‘p miqdordagi temir esa B1, V2, V6 hamda RR vitaminlar sintezini pasaytiradi. YOrug‘lik ta’sirida vitamin Sbiosintezi tezlashadi, qorong‘ilikda esa aksincha, bu jarayon sekinlashadi.
Tuproqning kislotali xossasi kamaytirilsa, o‘simliklar tarkibidagi karotin miqdori oshadi. Ba’zi mikroorganizmlar kislotali sharoitda vitamin V1sintezini butunlay to‘xtatib qo‘yadi.