1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


O‘RIK ELIMI - GUMMI ARMENIACAE O‘simlikning nomi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə33/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

O‘RIK ELIMI - GUMMI ARMENIACAE O‘simlikning nomi. O‘rik- Armeniaca vulgaris Lam.; ra’noguldoshlar- - Rosaceae oilasiga kiradi. Buyi 5-8, ba’zan 17 m ga etadigan daraxt. Bargi tuxumsimon, arraga o‘xshash qirralari bo‘lib, band yordamida poyada ketma-ket joylashgan. Gullari olxo‘ridoshlar kenja oilasiga xos. Mevasi - danakli xo‘l meva. Mart - aprel oylarida (barg chiqarmasdan oldin) gullaydi, mevasi iyun - - avgustda pishadi.

Geografik tarqalishi. YOvvoyi holda O‘ptaOsiyoning tog‘li tumanlaridadengiz sathidan 500-1200 m balandlikda o‘sadi. O‘rikning juda ko‘p navlari qadimdan Moldova, Ukraina, Rossiyaning Ovro‘po qismining janubida, O‘pta Osiyo, Kavkaz va boshqa tumanlarda o‘stiriladi. Mahsulot tayyorlash. O‘rik elimi daraxt po‘stlog‘ining darz ketganjoyidan oqib chiqadi. Ana shu elim yig‘ib olinadi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. O‘rik elimi rangsiz,yoki och sariqrangli, qattiq, mo‘rt, yaltiroq va katta-kichik bo‘laklardan iborat. Elim kukuni (poroshogi) esa oq yoki sarg‘ish rangli bo‘lib, hidsiz, chuchmal mazaga ega. O‘rik elimi suvda (1:3) tamoman eriydi. Suv qizdirilsa, erish jarayoni tezlashadi.

Kimyoviy tarkibi. Elim asosan arabindan iborat bulib,tarkibida44 %galaktoza, 41,5 % arabinoza, 16,4 % glyukuron kislota hamda 2,4 % mineral, 0,6oqsil moddalar bo‘ladi. Ishlatilishi. O‘rik elimi chet eldan keltiriladigan gummi arabikao‘rnida emulsiya tayyorlash uchun emulgator sifatida ishlatiladi. O‘rik elimi o‘rnida olxo‘ri va gilos elimini ham ishlatish mumkin.

9-MAVZU.VITAMINLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

REJA: Vitaminlarning farmakognostik o‘rganish. Vitaminlarni klassifikatsiyalash YOg‘da eruvchi (A, D, E, K),
Vitaminlar odam va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yog‘ va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, to‘qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmi ko‘pchilik vitaminlarni faqat o‘simliklardan oziq-ovqat bilan birga oladi. SHuning uchun ovqat mahsulotlari tarkibida biror vitaminning bo‘lmasligi yoki etishmasligi odam va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa avitaminoz hamda gipovitaminoz deb ataladigan og‘ir kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
1880 yilda rus olimi - vrach N. I. Lunin hayvon organizmi vitaminsiz hayot kechira olmasligini birinchi marta aniqlagan. 1912 yilda polyak olimi K. Funk «vitamin» terminini ishlatishni (vita -hayot, vitamin - hayot amini demakdir) tavsiya etgan. U davrda barcha vitaminlar tarkibida amin guruhi bo‘lsa kerak, deb faraz qilinar edi. Lekin vitaminlarning kimyoviy tarkibi aniqlangandan so‘ng bu fikrning noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozir vitaminlarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan bo‘lsada, eski odat bo‘yicha ular, «vitamin» so‘zi va lotin alfavitining bosh harfi bilan ataladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin