Bu ish nam tortib qolgan qog’ozlarni quruqlari bilan almashtirib, shamollatish va qizdirish orqali amalga oshiriladi. Statsionar presslarda odatda faqat qog’oz almashtirish usulidan foydalaniladi. Gerbariy setkalari yordamida quritish ancha qulay hisoblanadi. Bunda har qaysi setkaga 15-20 ta o’simlik joylanib, uni shamollatish va bir oz isitish ham mumkin. Bu usulda qog’ozlar almashtirilmaydi, balki har kuni o’simliklarni teskari joylash bilan cheklaniladi. Bunda eng ustidagi o’simlik o’rtaga, o’rtadagilar ustiga olinadi. Quritilgan o’simliklar esa pressdan olinib alohida joyga qo’yiladi. Gerbariy uchun tayyor bo’lgan o’simlikni 2 usulda tekshirib ko’rish mumkin: birinchisi, to’la quritilgan o’simlikni bandidan ushlab turganingizda, u tik turadi va egilmaydi, ikkinchisi, o’simlikning kichik bir qismi sindirib ko’rilganda u “qirs” degan tovush chiqaradi.
Montirovka
Foydalanish uchun yig’ilgan gerbariy montirovka qilinadi. Quritilgan o’simlik oq qog’ozga tikiladi va yorlig’i shu qog’ozga biriktirib qo’yiladi. Buning uchun 42×28 sm li o’lchamda qog’oz tayyorlanadi. Montirovka uchun uchi o’tkir qaychi va pinsetlar ishlatiladi. Montirovkalashdan maqsad gerbariyga shakl berish, kelgusida uni yaxshi saqlash va to’g’ri foydalanish uchun qulaylik yaratishdan iborat. Odatda gerbariy uzoq muddat saqlanadi. Shuning uchun ham gerbariy tayyorlashdan sifatli materiallardan foydalanish kerak. Montirovka uchun eng yaxshi vatman qog’ozi va shunga o’xshash yumshoq qog’ozlardan foydalanish mumkin. O’simlikni qog’ozga biriktirishning eng qulay usuli 10-raqamli g’altak ipi yordamida o’simlik tana qismini va shoxchalarini qog’ozga tikish hamda ingichka qismlarini ensiz qog’oz bilan yopishtirishdan iborat. Montirovkalashda skochlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
\
11.Mavzu: Tabiat bilan tanishtirishda mutaffakirlar merrosidan foydalanish
Sharq mutafakkirlarning tabiat haqidagi qarashlari. Tabatshunoslik fanni
qadimgi fanlardan bo‘lib, tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui
tabiatning inson ongida aksi bo‘lgan tabiatshunoslik jamiyatning rivojlanishi
bilan mukammallashadi. Tabiatshunoslikning maqsadi tabiat hodisalaming
mohiyatini aniqlash, tabiat qonuniyatllami bilish hamda ulardan amalda
foydalanish imkoniyatlami ochib berishdan iborat bo‘lib uning rivojlanish
bosqichlari barcha fanlar kabi «Tabiatshunoslik» fanining rivojlanish jarayoni 6
bosqichga bo‘linadi. Milodgacha bo‘lgan VIII-VI asrlarni o‘z ichiga oladi.
«Tabiatshunoslik» fani rivojlanishining birinchi bosqichini shu kungacha aytilgan
barcha fikrlami inkor qilgan holda «Avesto» maTumotlariga asoslanib,
«Avestoni» astronomiya, tabiat, ekologiya, qishloq xo‘jaligi va tabiat haqidagi
ilmlar birinchi bo‘lib yozib qoldirilganini bilamiz. «Avesto» faqat diniy
tushunchalar haqidagi bitiklardan iborat emas, balki yuqorida qayd etilgan
fanlaming dastlabki ildizlari yozilgan manba hamdir.
Biz «Avesto» haqida bilmagan, uning yodgorliklari hali insoniyatga
ma’lum bo‘lmagan paytlarda, hamma kabi fanning rivojlanishini Gret- siyadan
boshlangan, deb ishonardik. Ammo yer yuzi bo‘ylab, ayniqsa Yevropada
«Avesto»shunos olimlar paydo bo‘lib, ular grek-yunon olimlari tabiiy fanlar
haqida dastlabki ilmni «Avesto»dan ko‘chirib, grek-yunongacha tarjima qilib
o‘zlariniki qilib o‘zlashtirib olganlarini yozib qoldirganidan so‘ng, dunyoviy
fanlar rivojlanishining birinchi bosqichi yoki dastlabki ildizlari bizning yurtimiz
Markaziy Osiyoda deb aytishga haqlimiz. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, fanning
rivojlanishi eramizgacha bo‘lgan IV asrdan emas, balki VIII asrdan boshlangan.
Hali bu borada ko‘pgina fikrlar aytilishi aniq. VIII-XII asrlami o‘z ichiga oladi.
«Tabiatshunoslik» rivojiga hissa qo‘shgan ilk olimlardan biri Ahmad ibn Nasr
Jayxoniydir. VIII-IX asrlarda bu ulug‘ inson Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston
mamlakatlarining o‘simliklar va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ilmiy fikrlar,
shuningdek, shu mintaqalarda tarqalgan o‘simlik va hayvonlardan aholi
tomonidan foydalanilishi va ulaming insonlar hayotidagi ahamiyati haqida yozib
qoldirilgan. Qomusiy olimlardan biri bo‘lgan al-Xorazmiy VIII-IX asrlarda
yashadi.
AL XORAZMIY. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
jahon matematika fanining asoschilaridan bo'lgan O'rta Osiyo olimlaridan
hisoblanadi.
AI Xorazmiy IX asr boshlarida Bag'dodda O'rta osiyolik olimlar Al Ahmad Ibn
Kasir al-Farg'oniy, Abbos ibn Javhariy bilan «Ma'mun akademiyasi» (Bayt ul
hikmat)ni boshqara boshlaydi.
Bag'dod xalifasi Ma'mun al-Xorazmiyga «Yer va Osmon xaritasi»ni
tuzish ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar 84 yil davomida
tadqiqot ishlarini olib borishdi. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umumlashtirib
«Yerning tasviri» nomli asarini yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun
dunyo, qit'alar, okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko'llar, o'rmonu barcha
mamlakatlar, o'lkalar, u yerdagi hayvonot va o'simliklar dunyosi, boshqa tabiiy
xom ashyolar, aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari,
zichligi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan. Xorazmiy dunyodagi birinchi
geografik atlas (xaritalar majmuasi)ni tuzishga katta hissa qo'shgan.
Xorazmiy astronomiya sohasida ham anchagina ishlar qilgan. U
kuzatishlar asosida hindlarning astronomiya jadvallarini har tomonlama tahlil
qilib, yangi astronomik jadvallar tuzdi. Uning rahbarligida Yer kurrasining
kattaligini aniqlash maqsadida Yer meridianining bir gradusi o'lchab chiqilgan.
Xorazmiyning astronomiyaga oid asari, Yeniing o'lchami haqidagi flkrlari, O'rta
Sharq, Yevropada astronomiya fanining rivojiga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan.
Mashhur o'zbek matematigi Muso al-Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani va
«Algoritm» sohasining «otasi» hisoblanadi. «Algebra» «A1 jabr» asaridan,
«Algoritm» esa uning nomi al-Xorazmiydan olingan.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy 870- yili
Buxoroda tug'ilgan. Jayhoniy o'z davrining yirik davlat arbobi bo'libgina qolmay,
balki o'ta o'qimishli va bilimdon olim ham edi.
U vazir lavozimidan foydalanib, dunyoning turli mamlakatlariga
sayohatchilarni yubordi. Ular to'plagan ilmiy materiallarni chuqur tahlil qildi va
mazkur tadqiqotlari asosida asarlar yozdi.
Olimning dunyoviy fanlar to'g'risida yozgan kitoblari juda ko'p bo'lib,
ulardan Maqsudiy, Beruniy, ibn Rustam al-Bakriy kabi olimlar o'z asarlarida
foydalanganlar.
Jayhoniyning «Kitob-al-masolik val mamolik» («YiIlar va mamlakatlar
haqida kitob») asari 911—922- yillarda yozilgan. Beruniy o'zining
«Mineralogiya» asarida Jayhoniy asarlarida ko'rsatilgan minerallardan, ular
haqidagi ma'lumotlardan keng foydalangan.
Jayhoniy o'z asarlarida O'rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Sanardey (Seylon),
Eron qazilma boyliklari, tabiiy resurslari haqida mukammal ma'lumotlar
keltirgan.
Jayhoniyning asarlarida Xuroson o'lkasida yashovchi xalqlarning geografik
chegaralari, ularning ijtimoiy va ma'muriy faoliyati, hunarmandchiligi, tabiiy
resurslarini ifodalovchi materiallar keltirilgan. Mahalliy dorivor o'simliklar va
hayvonlardan olinadigan dorivorlarning tabiatdagi o'rni haqida ma'lumotlar
berilgan. Jayhoniy nafaqat davlat arbobi, shu bilan birga mashhur tabib ham
bo'lgan. U xonaki hayvonlar: it, mushuk, odam organizmida yashaydigan gijja,
chuvalchanglarni yuqumli kasallik tashib yuruvchilar deb bilgan va ularga qarshi
kurashish choralarini ko'rgan.
Jayhoniy qoldirgan boy ilmiy meros O'rta Osiyo va qo'shni
mamlakatlarning tabiati, o'simlik hamda hayvonot dunyosi, tabiiy resurslari,
qishloq xo'jaligi va tibbiyot fanlari tarixini o'rganishda alohida ahamiyatga ega.
ABU NASR FAROBIY. Abu Nasr ibn Uzlug' ibn Tarxon Farobiy 873-
yili Toshkentning shimoli-g'arbida joylashgan, keyinchalik tarixda O'tror nomi
bilan shuhrat qozongan Farobda xizmatchi oilasida tug'ildi. Farobiy o'z
zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi edi. U bu sohada o'nlab ilmiy asarlar
yaratdi. Asarlarining umumiy miqdori 160 dan ortiq bo'lib, ular astro-nomiya,
falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot, kimyo
sohalarini qamrab oladi.
Farobiyning tabiatshunoslikka'doir asarlari alohida ahamiyatga ega bo'lib,
ularda inson va hayvonlar tana a'zolari, ular faoliyatining bir-biriga o'xshash
tomonlari va boshqa qator ilmiy jihatlari keng yoritilgan.
Inson organizmi, uning faoliyatini Farobiy bir butun va yaxlit tizimdan
iboratligini, kasalliklar asosan ovqatlanishning buzilishi bilan bog'liqligini
ko'rsatib o'tgan.