1-mavzu: Muloqot shaxslararo axborotlar almashinuvi, kommunikatsiya sifatida (D. Karnegi) Reja



Yüklə 140,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix17.10.2023
ölçüsü140,63 Kb.
#130517
1   2   3   4
Og‘zaki kommunikatsiya
(bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit 
kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan);
Yozma kommunikatsiya
(yozilgan xabarlar vaqt va makon tosiqlarini kesib 
otgan);
Nashr-kommunikatsiya
(kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, 
«Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish 
texnologiyasining ixtiro qilinishi);
Multimedia kommunikatsiyasi
(bevosita muloqotga global miqyosda 
kirishish). 
Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari 
tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, 
«inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini organuvchi fanlarning 
vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini 
kommunikatsiya deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik 
sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) oz 
tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qollay boshladilar. Shu 
tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, ozining 
predmeti, kategoriyalar apparati, oz qonuni va tarixiga ega boldi. Kommunikatsiya 
nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini 
organadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo 
kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. 
Kommunikatsiyani 
amalga 
oshirish 
imkoniyati 
muayyan 
shartlar 
bajarilgandagina paydo boladi. Ular quyidagilar: kommunikativ jarayon uchun 
kamida ikki tomonning ishtiroki zarur; kommunikatsiya doimo teskari aloqa 
tamoyiliga tayanadi; kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga 
oshirilmaydi. Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham 
«axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» 
kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari)ga ega. M.Veber, G.Gadamer, 
G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy 


natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish deb 
ataladi.
Kommunikatsiya – bu o‘ziga xos axborot almashinuvi bolib, uning natijasida 
jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish 
jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, 
Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya) 
komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – 
kommunikant» ko‘rinishiga ega. 
Qator qomusiy va izohli lug‘atlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‘li, 
muloqot» deb talqin qilingan. Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, 
kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan farqlanadi.
Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va manaviy axborot almashinuvidir va u 
amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa … u yoki bu xabarlarni 
uzatish bilan bog‘liq sof axborot jarayonidir».
Ikkinchidan, ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa 
xossalari bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Kommunikatsiya subyekt-obyekt 
aloqasi bo‘lib, unda subyekt ma’lum axborotni uzatadi, obyekt esa axborotning 
passiv qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni qabul 
qilish, tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan 
iborat. Shunday qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga 
yo‘naltirilgan jarayondir. Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bo‘lib, 
unda «xabarlar jo‘natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar
umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar o‘rtasida 
harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan farqli ravishda ikki 
tomonlama yo‘naltirilganlik xarakteriga ega. 
Muloqot insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib 
shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda 
aytganidek, Shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga 
egadir. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri 


tarif berish oson emas. Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida 
chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqot ikki va undan ortiq kishilar 
o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat 
jarayon sifatida talqin etilgan. Muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri 
bilan aloqa qilish ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, 
bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi. 
Muloqot layoqati R.S.Nemovning fikricha, inson bolasi ozida odamlar bilan 
emotsional muloqotga kirishishga bolgan layoqatni uch oyligida sezadi (jonlanish 
kompleksi), bir yoshga yetganda esa uning ekspressiyasi shunchalik boyib 
ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda ozlashtirib olish, tovushli nutqdan 
foydalanish imkonini beradi.
Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida 
odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida 
aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi 
(kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va 
birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va 
kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, yani «bitta tilda» so‘zlashishlari 
kerak. 
Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. 
Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga 
chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi 
ogohlantirishga xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati 
bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni 
ularga hayotiy muhim daraklar yetib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin. 
Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘p. Ularga yuqorida sanab 
o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va yetkazish, ta’lim 
va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning 
muvofiqlashuvi, 
shaxsiy 
va 
ish 
bo‘yicha 
o‘zaro 
munosabatlarning 
oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot 
maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat 


bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy 
o‘sish, axloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
B.F.Lomov va L.A.Karpenkoning fikricha, muloqotning 3 xil vazifasi 
mavjud:
1. Kommunikativ (axborot uzatish) vazifa. 

Yüklə 140,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin