1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə43/67
tarix06.12.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#120513
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

32-mavzu: His-tuyg’ular.
Reja:
1.His-tuyg’ularning nerv-fiziologik asoslari.
2.Hissiyotning namoyon bo`lish shakllari: hissiy tonstenik va astenik holatlar, kayfiyat, ehtiros, affekt, stress holatlari va ularning ta’rifi.
3.Ma’naviy, intellektual, estetik, praksik hislarning inson faoliyati va hayotidagi ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: Hisssiyot shakllariga oid psixodiagnostika metodikalari
His-tuyg‘ular. Hissiyot va emotsiya to‘g‘risida tushuncha
Kishilar idrok qilayotgan narsalariga, bajarayotgan va o‘ylayotgan narsalariga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g‘azab, nafratimizni qo‘zg‘atadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, qiyinchiliklar- ni yengish zavq, shodlik uyg‘otadi. Har bir kishi mehnat qilar ekan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun intilar ekan ana shunday va boshqa kechinmalarni boshidan o‘tkazadi.
Odamning o‘zi bilgan va bajarayotgan narsaga o‘z munosabatini boshdan kechirishi his-tuyg‘ular yoki emotsiyalar (lot. emovere — qozg‘atish, hayajonga solish) deyiladi. His-tuyg‘ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, inti- lishlar, istaklardir. Oddiy nutqda sezish, his qilish tushunchalari aralashtirib yuboriladi. Biz: «Men qo‘rquvni sezyapman», «Og‘riqni his qilyapman» deymiz, holbuki, «Qo‘rquvni his qilyapman», «Og‘riqni sezyapman» deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Sezgilar bizga narsa va hodisalarning xossalarini bildiradi, his- tuyg‘ular esa kishining ichki holatini, uning ana shu narsa va hodisaga munosabatini ahglatadi. His-tuyg‘ular barcha psixo­logik jarayonlar bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, ko‘pincha ular tomonidan keltirib chiqariladi va o‘z navbatida ularga ta’sir ko‘rsatadi. Sezgilarning o‘zi ham ko‘pincha kechinmalarimiz ostida o‘zgaradi. Kishi kayfiyatiga qarab ayni bir xil predmetni ba’zan turlicha idrok qiladi. Vaxshiy hayvonlar to‘g‘risidagi hikoyalardan qo‘rqib ketgan bola qorong‘ida shox-shabbani ham bo‘ri deb qabul qilishi mumkin, odatda kunduzi shu joy- dan o‘tayotganda hech qanday qo‘rquvni his qilmaydi.
Emotsiyalar xotiralar bilan mustahkam bog‘langandir. Biz boshdan kechirgan, ya’ni muayyan his-tuyg‘u bilan idrok qilgan hamma narsa xotiramizda yaxshi saqlanadi, o‘tmish haqidagi xotiralar bizda biror his-tuyg‘u uyg‘otadi. Hissiy qo‘zg‘alishlar yurakda ham aks etadi. Shuning uchun ham qadimgi fay- lasuflar miyaning ba’zi funksiyalarini, ayniqsa hissiyot bilan bog‘liq bo‘lganlarini yurak bilan bog‘lashgan.
Sezgi va idrokdan tortib to tafakkurgacha bo‘lgan barcha operatsiyalar hissiy o‘zgarishlar bilan kechadi. Inson tabiati shunday tuzilganki, u hissiy voqealarga ko‘proq ahamiyat beradi. Hissiyot haqidagi dastlabki nazariyalar XX asr boshlari- da odam o‘z-o‘zini bayon etishiga asoslangan edi. O‘sha davrda ikkita kashfiyotchi P. Jeyms va G. Lange nomi bilan atalgan nazariya keng ko‘lamda tarqalgan edi. Jeyms-Lange nazariyasi his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishini quyidagi tarzda tushuntirib beradi. Atrof-muhitdagi hodisalar odam ruhiyatiga, u orqali esa vegetativ nerv sistemasiga ta’sir o‘tkazar ekan, organizmda muayyan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar odam tomonidan talqin qilinadi, aynan ana shu talqin hissi- yotning o‘zi ekan. Bu jarayon quyidagicha ta’riflanadi. Avval odam tanasida qandaydir bir his paydo bo‘ladi, masalan, eti jimirlaydi, ko‘zi yosharadi, keyin esa qalbida qandaydir tuyg‘u paydo bo‘ladi.
XX asr boshlanishida Jeyms-Lange nazariyasi juda ko‘p tanqidga uchragan bo‘lsada, lekin so‘nggi paytlarda bu nazariyaga qiziqish paydo bo‘lib, bu nazariyaga yaqin turadigan his­siyot haqida yangi nazariyalar paydo bo‘ldi. Bu nazariyalarning paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan individual psixologiyaning rivoj- lanishi bilan ham bog‘liq.
Psixologiyada kuchli his-tuyg‘ular hisoblangan qo‘rquv, hayajon, tushkunlik, rashk odatiy ruhiy faoliyatni izdan chiqaradi. Bolalarda hislarning tashqi ifodasi juda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Katta odamlar o‘zlarining ayni chog‘dagi hissiyotlarini yashirishlari mumkin. Lekin bolalar, ko‘pincha, buning ud- dasidan chiqa olmaydilar.
Psixik jarayonlar qatori hissiyotlar ham bolalarda juda er- ta boshlanadi. Birinchi bosqich — his-tuyg‘u va ehtiyojga qa­rab qoniqish-qoniqmaslik birga keladigan hisdir. Ikkinchi bosqich — ijtimoiy hislar: yoqtirish, o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish, xafagarchilik hissidir. Birmuncha kechroq (qariyb uch yoshdan boshlab) bolalarda estetik did hissi rosmana namoyon bo‘ladi.
Bola «chiroyli-xunuk» degan narsalarga aqli yeta boshlaydi. Uchinchi bosqich — hissiyotning jadal, hattoki, zo‘r berib avj olishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi va maktabgacha yosh- da beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ayni paytda axloq- odob hissi rivojlana boshlaydi. So‘nggi bosqich — bolalarda maktab yoshida oliy hissiyotning rosmana rivojlanishi bilan xarakterlanadi. His-tuyg‘uni tarbiyalash katta ahamiyat kasb eta­di. U umuman tarbiyaning doimiy hamrohi bo‘lmog‘i lozim.
Pedagog his-tuyg‘ularning ta’lim-tarbiyaviy ishdagi ahami- yatini esda tutishi lozim. Bolalarda kuchli ijobiy emotsi- yalar uyg‘otadigan bilimlar bola beparvolik bilan qaraydigan ma’lumotlarga nisbatan tezroq va mustahkamroq o‘zlashtiriladi. Erishilgan muvaffaqiyatlar va yaxshi xulq-atvor uchun aytiladi- gan maqtovli gaplar odatda bolada yoqimli his-tuyg‘uni uyg‘otadi, rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ma’qullamaslik, tanbeh, jazolashlar odatda bolada yoqimsiz emotsional holatning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi va bola bunday kechinma- larning takrorlanmasligi uchun harakat qiladi.

Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin