HISOBOT
Men, D.Y. Salimova 2010-yil 12-dekabrdagi 125-buyruqqa asosan, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Jahon Sog’liqni tashkilotining “Chegara bilmas shifikorlar” o‘quv loyihasining o‘n kunlik kursini tamomlab qaytdim. Safarimdan maqsad, hamshiralik sohasidagi eng yangi muolaja usullari va yangi texnikalar bilan tanishish hamda tajriba almashish edi. Xalqaro miqyosda hamshiralik faoliyati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangilik va ilg’or tajribalar bilan tanishdim. Boshqa mamlakatlarda hamshiralarning bemorga qarashdagi roli va imkoniyati oshgan, har bir hamshiraga uchtadan bemor biriktirilgan, har biriga alohida muolaja xonasi va zarur jihoz, asbob-uskunalar berilgan. Shuning uchun hamshiralar qaramog’idagi bemorlar bizdagiga nisbatan tezroq davolanib, oyoqqa turmoqda. Natijada xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilangan. Ko‘plab dori-darmon, ishchi kuchi va albatta mablag’ tejalgan. Xizmat ko‘rsatish saviyasi yuqori bo‘lgani uchun aholi o‘rtasida hamshiralarning va shifoxonalarnig nufuzi ancha baland.
Bizning shifoxonamizda ham shunday ish tartibi va yangi jihozlar o‘rnatilsa, bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanar edi. Bu bo‘yicha kurs rahbrlari bilan fikr almashdim.
Hamshira: (imzo) D.Y.Salimova.
2010-yil 25-dekabr.
Biz yuqorida keltirgan xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig’ini bajarish bo‘yicha hisobotlar ma’lum davrda bajariladigan ishlar bo‘yicha hisobotdan qisman farq qiladi. Masalan, chorak, yarim yillik, to‘qqiz oylik yoki yillik hisobotlar sal boshqacharoq tayyorlanadi. Bundan tashqari moliyaviy hisobotlat faqat jadvallar va raqamlarning o‘zidan iborat bo‘lishi ham mumkin. Hozir yillik ish rejasining bajarilishiga oid hisobotni olib ko‘raylik, undagi ifoda usuli ishning umumiy hajmiga qarab o‘zgaradi. Ya’ni unda sonlardan, moliyaviy ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi.
D A L O L A T N O M A
Dalolatnoma o‘zining moddiy-moliyaviy va yuridik javobgarligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lgan rasmiy hujjatlar turkumiga kiradi.
Tashkilot yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog’liq biron-bir bo‘lib o‘tgan(sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat dalolatnoma deyiladi. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi. Lekin, dalolatnomani tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy tomondan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilab qo‘yilgan mazmun va davriylikka asosan tuziladi.
Dallolatnomalar deyarli barcha hollarda pul mablag’lari va moddiy boyliklarga bog’liq bo‘ladi. Hatto, baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor. Demak u ko‘proq moliya-xo‘jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi, tadbirkorlik va savdo sohasida, shuningdek huquqiy sohada ishlatiladi. Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir xodim yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog’ida, qimmatbaho buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi.
Moliyaviy faoliyat va savdo sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash(kamomad yoki nuqsonlar bo‘lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlangandi) uchun hamda tegishli ravishda qayd etuvchi, rag’batlantiruvchi, jazolovchi buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo‘ladi.
Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar tomonidan tuziladi. Ular muassasa rahbarining buyrug’I bilan tuzilgan komissiya a’zolari yoki xolislar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, maxsus vakolatga ega bo‘lgan taftishchi, nazoratchilar tomonidan ham tuziladi. Ayrim holatda dalolatnoma voqea-hodisa qatnashchilari tashabbusi bilan tuziladi. Barcha hollarda ham unda bir necha kishining imzosi bo‘lishi shart.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
Tuzilgan sanasi va joyi.
Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda).
Sarlavha.
Hujjat nomi (Dalolatnoma).
Hujjatni tuzish uchun asos (rahbarning buyrug’i, ko‘rsatmasi, jamoatchilikning tashabbusi va boshqalar).
Komissiya tarkibi (raisi va a’zolari).
Ishtirok etuvchilar (guvohlar, xolislar).
Matn.
Ilovalar (agar bor bo‘lsa, ularning necha betligi ko‘rsatiladi).
Tuzganlarning imzolari.
12. Ijro haqidagi belgi.
Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Masalan, ishni qabul qilish va topshirish chog’ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjalar sanab o‘tiladi (ilova tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar ko‘rsatiladi va hakazo.
Mazkur tartib umumiy holatni aks ettiradi. Biroq ba’zi hollarda zaruriy qismlarning o‘rni boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin. Chunonchi, sanasi va tuzilgan joy nomi matn oxirida bo‘lishi mumkin.
Sarlavha o‘rganilayotgan va qayd etilayotgan voqea-hodisaning, holatning umumiy mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, “Kollej kadrlar bo‘limida hujjatlarning saqlanishi haqida” , “Kasalxonaga kelgan bemorlarni qayd etish va xizmat ko‘rsatish saviyasi haqida” va hakazo.
Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uning umumiy holati quyidagicha bo‘ladi:
“Tasdiqlayman”
Bosh hakim;_____
Shokirov A.E.
2010- yil 20.XII
Sog’liqni saqlash vazirligi
Farg’ona viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi
|
Dostları ilə paylaş: |