Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Bosma ish qog’ozlari haqida nimalarni bilasiz?
Bosma ish qog’ozlarini ro‘yxatga olish tartibini ayting.
Shartli hujjatni ro‘yxatga oling.
Hujjatlarning ijrosini nazorat qilish qoidalari nimalardan iborat.
Nazorat varaqasini tashkillang.
Hujjatlarni tizimlashtirish haqida tushunchangiz?
Yig’majildlar qanday shakllantiriladi?
9-MAVZU. MAJLIS BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA VA SHARTNOMA MATNI
Maqsad: bayonnoma bilan undan olinadigan ko‘chirma o‘rtasidagi farqlar hamda shartnoma matnidagi til vositalarining qo‘llanishi haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
REJA:
Bayonnomadan ko‘chirma.
Shartnoma haqida ma’lumot.
Shartnomaning leksik-uslubiy xususiyatlari.
Shartnoma namunalari tayyorlash.
Tayanch so‘z iboralar: bayonnomadan ko‘chirma, asosiy masala, kun tartibi, so‘zga chiqdi, eshitildi, qaror, ma’ruzachi, rasmiy uslub, leksik birlik, sintaktik vosita, shartnoma, tomonlar, majburiyat, savdo, huquqiy vakolat.
Ko‘pchilik bo‘lib jamiyat, tashkilot, guruh kabi jamoat birlashmalarini boshqarish (ishni tashkillash, hodisa va masalalarni qayd etish, muhokama qilish, qaror chiqarish, saylash, tayinlash, qabul qilish va hakazo)ni qayd etuvchi hujjat yig’ilish bayonnomasidir. Zarur hollarda bayonnomadan ko‘chirmalar qilinadi. Bayonnomadan ko‘chirma mazmuni ham bayonnomadagi mazmunni o‘zida aks ettiradi. Farqi shuki, bayonnomaning zarur qismigina ko‘chiriladi. Masalan, asosiy bayonnomada to‘rtta masala bo‘lsa-yu, ko‘chirma beriladigan joyga faqat bitta masala tegishli bo‘lsa, ana shu bitta masala kun tartibida ko‘rsatiladi, qolgan qismlar tushurib qoldiriladi. Shuningdek, bayonnoma deyilmaydi, balki, bayonnomadan ko‘chirma deb yoziladi. Ko‘chirma so‘ngida “Asliga to‘g’ri” deb yozilgan muhr bosiladi. Ba’zan, bayonnoma rasmiylashtiruvchi tomonidan qo‘lda yozib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |