1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja
Bayonnomadan ko‘chirma O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 5- yig’ilishining Bayonnomasidan ko‘chirma 2005- yil 24 - dekabr Farg’ona shahri
Yug’lish raisi- Yo‘lchiyev Q.V. Qatnashdilar—Abdurahmonova I., Mavlonova S., Hoshimova D., Mirxalilova M., Yo‘ldasheva Z.
K u n t a r t i b i:
2. A.Navoiyning 565 va Z.M.Boburning 523 yilligini nishonlash haqida.
2-masala yuzasidan Abdurahmonova I. soz oldi. Notiq o‘z chiqichida quyidagilarni ta’kidladi. Bu yil hazrat Alisher Navoiy tavalludiga 565 yil, Z.M. Bobur tug’ilganiga esa 523 yil to‘lishi va bu sanalarni kollejda nishonlanishi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari zimmasiga katta mas`uliyat yuklashi, bu haqda o‘quv yili boshidagi kafedra yig’ilishida ham aytilgani, bugun bu yig’ilishda tadbirlar uchun haftalik rejasi ishlab chiqishni hamda ishlab chiqilgan tadbirlarni ko‘ngilli o‘tkizish uchun tashkiliy qo‘mita tuzish maqsadga muvofiq ekanligini uqtirdi. Mazkur masala yuzasidan Z.Yo‘ldasheva, M. Mirxalilova,S. Mavlonova, D. Hoshimovalar so’zga chiqdilar. Yig’ilish kun tartibidagi masalalarni har tomonlama muhokama qildu va qaror qiladi:
4. Navoiyning 565 va Z.M.Boburning 523 yilligi munosabati bilan ishlab chiqilgan tadbirlarni yuqori saviyada, uyshqoqlik bilan, tartibli o‘tkazish uchun tashkiliy qo‘mita tuzilsin va uning tarkibi tasdiqlansin. (1-ilova) A.Navoiyning 565 va Z.M.Boburning 523 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan haftalik ish reja 2- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu qarorlarning ijrosini ta’minlash kafedra a’zolari zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: Yo‘lchiyev Q. Kotibi: Yo‘ldasheva Z. ASLIGA TO‘G’RI
Ish yuritish jarayonida bayonnomadan tashqari yana bir muhim hujjat bor. U juda ko‘p qo‘llaniladi. Xodim bilan tashkilot, tashkilot bilan tashkilot, davlatlar o‘rtasida savdo-sotiq, o‘zaro ish yuzasidan shartnomalar tuziladi. Uning nomi ba’zan kontrakt, bitim, kelishuv deb ham atashadi.
Shartnoma bir kishi bilan ikkinchi kishi, bir tashkilot bilan ikkinchi tashkilot yoki odamlar bilan tashkilotlar o‘rtasidagi muayyan bir vaifani amalga oshirish maqsadida tuzilgan huquqiy hujjat. Kelishuvchilarning o‘rtasidagi vazifa va majburiyatlarning taqsimlanishiga ko‘ra, shartnoma turli tuman bo‘ladi. Masalan, oldi-sotdi, ijara, mehnat, oldindan yetkazib berish, fyuchers, sovg’a yetish, hamkorlik kabi turlari shular jumlasidandir.
Shartnomalarning birortasi ham amaldagi qonunlar, hukumat qarorlariga zid bo‘lmasligi, o‘zaro teng huquqli bo‘lish shart. Shuning uchun ham shartnomalar imzolanishidan avval uning mazmunidan kelib chiqib, tegishli mutaxassilar va huquqshunosning roziligi olinadi.
Shartnoma “shartnoma” degan yozuv, uning tuzilgan sanasi va joyi, tuzayotgan tomonlarning nomi va ularning vakolatlari, asosiy matn, tomonlarning huquqiy manzillari, imzolari va muhrlaridan iborat tarkibiy qismlardan tashkil topadi.
Hozirgi ish yuritish amaliyotida shartnomaning hisob-shartnoma nomli varianti ham keng qo‘llaniladi. Mazkur shartnomada bir vaqtning o‘zida xizmat shartnomasi, to‘lov shartnomasi va yuk xati o‘rnini bosadi.