2. Organizmlarning ko`payish tezligi. Darvin madaniy o'simlik navlari, hayvon zotlarining xilma-xillik, kelib chiqish sabablarini aniqlagandan keyin, tabiatdagi organizmlarning turli-tumanligini o'rganishga, uning sabablarini aniqlashga o'z e'tiborini qaratdi.
Darvinni qiziqtirgan birinchi masala — tabiatda yashovchi har bir o'simlik, hayvon turi birbiridan ko'p belgi xossalari bilan farq qilishi, ikkinchisi — ular urchiganda o'zidan nixoyatda ko'p nasl qoldirishidir.
Siz kundalik hayotda har bir qoqio't, zarang daraxti, baqalar, uy pashshasi va boshqa o'simlik, hayvon turlari o'zidan ko'p nasl qoldirishini kuzatgansiz. Quyidagi jadvalda ayrim o'simlik va hayvonlarning o'z hayoti davomida qanchadan nasl qoldirishiga oid ma'lumotlar keltirilgan.
O'simlik va hayvonlarning nasl berish darajasi
Biroq qoldirilgan naslning barchasi voyaga yetavermaydi. Bunga asosiy sabab, bar bir individ uchun oziq, makon va boshqa hayot uchun zarur bo'lgan omillar yetisha olmaganidandir. Bu esa ular orasida yashash uchun kurashni keltirib chiqardi.
Darvin «Yashash uchun kurash» iborasini keng ma'noda, ya'ni organizmlarning o'zaro hamda anorganik tabiatning noqulay sharoitlari orasidagi murakkab va xilmaxil munosabatlarni, shuningdek, o'zidan keyin normal nasl qoldirishini tushungan.
3. Yashash uchun kurash xillari
Darvin yashash uchun kurashning uch xilini: turlar orasidagi, tur ichidagi va organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashini farqlagan. a) Turlararo kurash. Kurashning bu turiga yirtqich hayvonlar bilan o'txo'r hayvonlar yoki parazit bilan «xo'jayin» organizm orasidagi kurashni misol qilib olish mumkin. Chunonchi, bo'ri va tulki quyonlarni ov qiladi, binobarin, ular orasidagi yashash uchun kurash ketadi. Bo'ri bilan tulki quyonni tutib yeyishga, quyon esa ulardan qochib qutulishga harakat qiladi. Shu bilan bir paytda, bo'ri bilan tulki orasida ham ozuqani tutish bo'yicha o'zaro raqobat yuz beradi. Tulki bilan bo'ri faqat quyonlar bilan emas, balki boshqa o'txo'r hayvonlar bilan ham oziqlanadilar. O'txo'r hayvonlar yirtqichlardan qochib qutulgan holdagina yashab qoladilar va nasl qoldiradilar. O'simliklar bilan faqat o'txo'r hayvonlargina emas, balki hasharotlar, qushlar va boshqa organizmlar oziqlanadilar. Binobarin, turlar orasidagi kurash faqat yirtqich hayvonlar bilan o'txo'r hayvonlar orasida emas, balki o'txo'r hayvonlar bilan hasharotlar, qushlar o'rtasida ham sodir bo'ladi. Turlararo kurash: a) qirg'iy o'ljasi bilan; b) varakushka hasharot lichinkasi bilan bolalarini oziqlantirmoqda.Turlar orasidagi kurash har bir turga kiruvchi organizmlar sonini cheklab qo'yadi. Chunonchi, markaziy osiyoda keyingi 30 yil mobaynida hindiston maynasining ko'payishi, boshqa qushlarning yashash uchun kurashda astasekin kamayishiga sabab bo'lmoqda. Parazitlik qilib hayot kechirish (zoologiyadan jigar qurti, ho'kiz solityori, g'o'za o'rgimchak kanasi, karam kapalagining lichinkasini yoki madaniy o'simliklar hisobiga yashaydigan zarpechakni eslang) ham turlararo kurashga yorqin misoldir. Bir organizm qoldirgan oziq bilan ikkinchi organizmning oziqlanishi va boshqa shu singari misollar turlar orasidagi kurashning xillari nihoyatda ko'p ekanligidan dalolat beradi. b) Tur ichidagi kurash. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, har bir tur har xil ozuqa bilan oziqlanadi. Masalan, tulkilar quyondan tashqari, qushlar, boshqa mayda sutemizuvchilar bilan ham oziqlanadilar. Bir turga kiruvchi organizmlarni yashash makoni, oziqlanishi, dushmanlari o'xshash bo'lgani sababli tur ichidagi kurash nihoyatda keskin, shiddatli bo'ladi. Bir turga mansub daraxtlar, kiyiklar, zebralar, fillar orasidagi kurash bunga yorqin misoldir. Hayvonlar orasidagi tur ichidagi kurash, ayniqsa, urchish davrida urg'ochi organizm bilan qo'shilish uchun erkak organizmlar o'rtasida bo'ladigan «jang»larda namoyon bo'ladi.
Tur ichidagi kurash zich ekilgan rediskalar, sholg'omlar, turuplar orasida ham ko'zga tashlanadi. Bir yoshdagi terakni misolga olsak, shoxshabbasi keng quloch yoygan eng baland teraklar quyosh nurining ko'p qismini tutib oladi. Ularning baquvvat ildiz sistemasi yerdan suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi. Buning oqibatida qo'shni teraklar o'sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Yuqoridagilarga asoslanib tabiatdagi organizmlar orasida faqat yashash uchun «Kurash» bo'lar ekan deb tushunish kerak emas. Yashash uchun kurash ta'rifiga organizmlarning nasl qoldirish tushunchasi ham kiradi. Bu esa o'zaro foydali munosabatlardir. Ana shunday foydali munosabatlarga nasl qoldirish uchun erkak va urg'ochi organizmlarning davriy to'planishi, oila qurishi, o'z naslini olib yurishi, oziqlantirishi, ozuqa topishga o'rgatishi, himoyalanishi va boshqalarni kiritish mumkin.
O'simliklarda esa changlanishga bo'lgan moslanishlar ildizlarning o'zaro qo'shilishi ildizlar orqali moddalar almashinishi kabi aloqalar foydali munosabatlar hisoblanadi. c) Organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashini hamma joyda ko'rish mumkin. Odatda, nami ko'p joylardagi o'simliklar qisqa muddat ichida, ya'ni bahorda gullab urug' beradi. Boshqa o'simlik turlari, chunonchi, lola bargi o'zo'zini sug'oradi, yantoqning barglari mayda, ildizlari uzun bo'ladi.Havo haroratining pasayishi bilan qushlar va sutemizuvchilarning pat va yunglari qalinlashadi, suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, umurtqasiz hayvonlar qishki uyquga ketadi. Bularning hammasi organizmlarning anorganik, tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashidan boshqa narsa emas. Organizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlardan odamning foydalanishi. Turli ekinlarning, masalan, g'o'zaning yangi navlarini ekish rejalashtirilayotganda ularning tuproq, namlikka, zararkunanda va kasalliklarga bo'lgan munosabati e'tiborga olinadi. Qo'riqxonalarda birorta hayvon turini ko'paytirish uchun oziq, hayvonlarning jinsi, yoshi, shu hayvonga zarar keltiruvchi boshqa hayvonlar orasida miqdoriy nisbat hisobga olinadi. Ochiq urug'li o'simliklar ko'pgina kasalliklar keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qiron keltiruvchi fitonsidlar ajratadi. Sunday o'simliklarni shaharning yo'l chekkalariga o'tqazish bilan ko'pgina kasalliklar tarqalishining oldi olinadi.
Mayda urug'li o'simliklarning maysasi tuproqning mexanik qarshiligini yengishi uchun urug'lar tuproqqa zich ekiladi.
Dostları ilə paylaş: |