1-Modul. Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fan sifatida



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə27/28
tarix11.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#115803
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
1-maruza

Sotsiologik metod. Yuqoridagi sanab koʻrsatilgan metodlar qoʻllashda tadqiq qilinayotgan oʻquvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda oʻquvchilarning koʻpchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qoʻllash talab qilinadi. Misol uchun maktab oʻquvchilari oʻzlarining boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida soʻrash koʻplab oʻquvchilardan oʻtkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi.
Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodi keng qoʻllanilmoqda. Masalan; maktablarning birida matematika fani boʻyicha oʻquvchilarning uy ishlarini bajarilishi oʻrganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80%, VI sinfda-75%, VIII sinfda-55% tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan, mazkur matematika fanining oʻquv dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni oʻqitish sifati pastligidan izlash kerak.
Pedagogika ilmiy tekshirish metodlaridan biri nazariy pedagogik gʻoyalarni tahlil qilish metodidir. Bu metod ta’lim-tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas, balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan (empirik metod) yordamida amalga oshiriladi. Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan oʻzaro aloqadorlikda amalga oshadi. Bundan shunday xulosa chiqarish toʻgʻri boʻladi. Tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama rivojlantirishini ta’minlamogʻi kerak.
Modellashtirish - bu real mavjud pedagogik tizimga aynan oʻxshash maxsus andoza (model) ni yaratib, unda bu tizimni tashkil qilish va faoliyat koʻrsatish prinsiplarini takrorlagan holda uning moddiy yoki hayoliy tarzda ishlatilishi demakdir. Modellashtirish yordamida tizimning ushbu aniq holatda muhim boʻlmagan xususiyatlaridan chetga chiqish mumkin. Tadqiqotchi-pedagog bu metoddan foydalanarkan, ayrim xususiyatlar, shakl va jarayonlarni analitik tarzda oʻrganish oʻrniga nazorat qiladigan sharoitlardagi yaxlit tizimlarni sintetik tarzda bilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Turli fanlardan dars beradigan oʻqituvchilar oʻquvchilar bilan ishlashda oʻz maqsadlariga erishishda oʻziga xos ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanishadi. Masalan, matematika oʻqituvchisi kibernetika, fizika oʻqituvchisi oʻquvchilar ijodini oʻrganish, kimyo oʻqituvchisi anketa va boshlangʻich sinf oʻqituvchisi suhbat metodidan foydalanib oʻz maqsadiga erishadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin