1-Modul. Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fan sifatida



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə19/28
tarix11.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#115803
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
1-maruza

Kuzatish metodi. Pedagogikaning kuzatish metodi ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yigʻish imkonini tugʻdiradi. Bu metodni qoʻllanish jarayoni ancha murakkab boʻlib, undan nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qoʻllaniladi.

Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat oʻquvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarining shakllanishi, fikrlash va xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil qiladi hamda tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmunining boyishiga sabab boʻladi.



Suhbat metodi. Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qay darajada toʻgʻri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qoʻllaniladi. Bunda suhbat metodini tatbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish yoʻllari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yoʻnaltira olishni bilishi, suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtira bilishi gʻoyat muhimdir. Bunda:

  1. Suhbat uchun oldindan savol tuzish;

  2. Vaqti va oʻtkazish joyini belgilash;

  3. Ishtirokchilarining soni va ularning kasb-korlaridan xabardor boʻlish;

  4. Suhbat uchun qulay sharoit va erkin suhbatlashish imkonini yaratish;

  5. Mahmadona va bachkana boʻlmaslik;

  6. Suhbatdoshning xarakterini e’tiborga olish;

  7. Suhbat natijalarini darhol tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, kerak boʻlsa, qoʻshimcha kiritish, uni maktab hayotiga tatbiq etish pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin