geologik
davriy
aylanishi
deyi ladi.
Moddalarning geologik aylanishi abiotik omillar ta’sirida amalga oshiriladigan
moddalar migratsiyasi hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan quyosh nuri, atmosfera,
yog‘ingarchilik ta’sirida tog‘ jinslari yemiriladi, shamol ta’sirida nuraydi
va dunyo okeaniga oqizib ketiladi. Ular okean tubida to‘planib cho‘kma
jinslarni hosil qiladi. Tektonik harakatlar tufayli materiklarning ayrim
qismlari cho‘kadi va suv ostida qoladi, ayrim qismlari ko‘tariladi, ya’ni tog‘
hosil bo‘lish jarayonlari to‘xtovsiz davom etadi. Natijada okeanlar tubida
yig‘ilgan tog‘ jinslari quruqlik yuzasiga ko‘tarilsa, kontinentlarning yuzasida
to‘planib borgan tog‘ jinslari esa suv ostida qoladi.
Tirik moddaning paydo bo‘lishi bilan geologik aylanish asosida organik
moddalarning davriy aylanishi, ya’ni
biologik davriy aylanish
yuzaga
keldi. Tirik organizmlarning rivojlanishi natijasida geologik aylanishda
ishtirok etuvchi elementlar hayotning asosi hisoblanadigan hamda to‘xtovsiz
davom etadigan biologik davriy aylanishga qo‘shilib boradi. Biosferaning
rivojlanishi va undagi jarayonlarning sodir bo‘lishi biogen elementlarning
uzluksiz ravishda davriy aylanishi bilan bog‘liq. Tirik organizmlarning
hayot faoliyati uchun ayrim elementlar ko‘p, ayrim elementlar esa kam
miqdorda zarur. Shunga ko‘ra biologik davriy aylanishda ishtirok etuvchi
biogen elementlar makroelementlar va mikroelementlarga ajratiladi.
151
Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar
biogen
elementlar
deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe,
Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H,
O, N, S, P eng muhim elementlar hisoblanadi.
Moddalarning geologik davriy aylanishi biologik davriy aylanishdan
bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi: geologik davriy aylanishning
harakatlantiruvchi asosiy kuchi suvning okeanlar va quruqlik o‘rtasida
to‘xtovsiz aylanib turishi bo‘lsa, biologik davriy aylanishni harakatlantiruvchi
kuchi tirik organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi. Moddalarning
geologik aylanishida
Y
er qobig‘idagi barcha kimyoviy elementlar ishtirok
etsa, biologik davriy aylanishda esa faqat biogen elementlar ishtirok etadi.
G
eologik davriy aylanishning davomiyligi bir necha o‘n ming va yuz
ming yillarni tashkil etsa, biologik davriy aylanishni ta’minlovchi biogen
elementlarning davriy aylanish sikli qisqa – bir necha yil, bir necha o‘n va
yuz yillarni tashkil etadi.
Biologik davriy aylanish geologik davriy aylanishdan farq qilib, biosfera
doirasida sodir bo‘ladi. Biologik davriy aylanishning mohiyati, avtotrof
organizmlar tomonidan fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik
birikmalarning sintezlanishi, mazkur organik birikmalarning oziq zanjiridagi
konsumentlar ishtirokida o‘zlashtirilishi, redutsentlar tomonidan esa qaytadan
anorganik moddalarga parchalanishida namoyon bo‘ladi.
Redutsentlarning hayotiy faoliyati tufayli organik birikmalar anorganik
moddalarga aylantirilib, qaytadan biologik davriy aylanishda ishtirok
etishi yoki uning tarkibidan chiqib, geologik davriy aylanishga qo‘shilishi
mumkin. O‘z navbatida geologik aylanishda ishtirok etayotgan elementlar
tirik organizmlar tomonidan o‘zlashtirilib biologik davriy aylanishga jalb
etilishi mumkin. Biologik hamda geologik davriy aylanishlar bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun bu jarayonlarga bir butun, yaxlit, ya’ni
elementlarning
biogeokimyoviy davriy aylanishi
deyiladi (43-rasm).
Biosferaning barcha tarkibiy qismlari – o‘simliklar, hayvonlar, mikroor-
ganizmlar hamda litosfera, gidrosfera, atmosferaning tirik organizmlar
egallagan qismlari bir-biri bilan moddalar va energiyaning yagona davriy
aylanishi orqali chambarchas bog‘langan. Bu jarayon ekosistemada nafaqat
organik moddalarni sintezlovchi avtotroflarning, balki organik moddalarni
iste’mol qiluvchilar va parchalovchilar – geterotroflarning mavjudligi bilan
ta’minlanadi.
152
Avtotrof organizmlarda organik moddalarning sintezlanishi, ularning
o‘zlashtirilishi tufayli o‘zgarishi, parchalanishi kabi jarayonlar o‘rtasidagi
mutanosiblik ekosistemaning barqarorligini ta’minlaydi. Ekosistemaning
barqarorligi ularning o‘z tarkibi, strukturasi, funksiyalarining doimiyligini
saqlasa-da, hatto ba’zi jihatlariga ziyon yetganda ham qaytadan tiklanishi
kabi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.
Biosferaning barqarorligi tirik moddalar – turlarning xilma-xilligi, tirik
organizmlarning hayotiy faolligi, ekosistema tarkibiy qismlarining bir vakili
ikkinchisining o‘rnini to‘ldira olishi bilan ham belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |