1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Biosferaning barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlar



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Biosferaning barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlar. 
Biosferaning 
barqarorligi va yaxlitligini ta’minlovchi moddalarning biologik davriy 
aylanishi butun 
Y
er shari jami biomassasining hayotiy faoliyati bilan bog‘liq. 
Quyosh energiyasi va yashil o‘simliklardagi xlorofill moddasi 
Y
erda hayot 
mavjudligi hamda biologik davriy aylanishning asosi hisoblanadi. Quyosh 
energiyasi oqimi va tirik organizmlarning hayot faoliyati elementlarning 
davriy aylanishini harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Yashil 
o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni, o‘simliklarning ildiz 
43-rasm.
Elementlarning biogeokimyoviy davriy aylanishi.
O‘simlik va hayvonlarning 
nafas olishi
Atmosfera – suv 
muvozanati
Erkin azot
Fotosintez
Vulqonlar
Ohaktosh
Ohak
Qazilma uglerod energiyasi
Chirish 
jarayoni
Minerallashuv
Inson faoliyati natijasida 
CO
2
hosil bo‘lishi
N
2
H
2
CO
3
Erish


153
tizimi orqali o‘zlashtiriladigan kimyoviy elementlarning organik moddalar 
sintezlanishida ishtirok etishi natijasida biogen elementlar to‘planadi va 
qayta taqsimlanadi. 
Yashil o‘simliklar tashqi muhitdan karbonat angidrid, suv, mineral tuzlarni 
o‘zlashtirib, quyosh nuri ta’siri va xlorofill ishtirokida geterotrof organizmlar 
uchun zarur bo‘lgan birlamchi mahsulot – organik birikmalarni sintezlaydi. 
Hayvonlar fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik birikmalar hisobiga 
oziqlanadi va hazm qilish jarayonida o‘simliklarning birlamchi mahsulotini 
ikkilamchi mahsulotga aylantiradi. Nafas olish jarayoni uchun zarur kisloroddan 
foydalanib, tashqi muhitga karbonat angidrid va hazm bo‘lmagan moddalarni 
ajratadi. O‘simlik va hayvonlar hayoti tugagach, nobud bo‘ladi va organik 
qoldiqlar (detrit) hosil qiladi. Organik qoldiqlar zamburug‘lar va bakteriyalar 
tomonidan o‘zlashtiriladi. Bakteriya va zamburug‘lar o‘simliklar hosil qilgan 
birlamchi va hayvonlar hosil qilgan ikkilamchi mahsulotlarini mineral 
moddalargacha parchalaydi. Ularning bu faoliyatida biosferaga karbonat angidrid 
gazi ham ajraladi. Organik moddalar esa dastlabki anorganik moddalarga – 
biogenlarga aylanadi. Shunday qilib, hosil bo‘lgan anorganik moddalar tuproq 
va suvda to‘planib, fotosintez jarayonida takroran foydalaniladi. Bu jarayon 
biosferada to‘xtovsiz davom etadi va biosferaning barqarorligini ta’minlaydi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin