162
31-§. BIOSFERA EVOLUTSIYASI. BIOGENEZ
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Yerda tirik organizmlarning kelib
chiqishi haqidagi nazariyalarni aytib bering. Evolutsiyani harakat-
lantiruvchi omillar nimalardan iborat?
Biosfera evolutsiyasi bosqichlari.
V.I.Vernadskiyning asarlarida bio -
sfera evolutsiyasi konsepsiyasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu konsepsiyaning
asosiy g‘oyasi shundaki, biosfera tirik organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan
va rivojlangan. Yer yuzida tirik organizmlar paydo bo‘lgandan boshlab
biosfera evolutsiayasi davom etib kelmoqda. V.I.Vernadskiy biosfera
evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi.
Birinchi bosqich
– Yerda hayotning va birlamchi biosferaning paydo
bo‘lishi. Bu bosqich paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi.
Bu bosqichning asosiy omillari geokimyoviy va iqlim omillari hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich
– ko‘p hujayrali organizmlar xilma-xilligining ortishi
tufayli biosfera strukturasining murakkablashuvi. Bu bosqichning asosiy omili
biologik evolutsiya hisoblanadi. Bu davr kembriy davridan boshlanib, hozirgi
zamon odamlari paydo bo‘lishigacha davom etgan. Biosfera evolutsiyasining
birinchi va ikkinchi bosqichlari faqat biologik qonuniyatlar natijasida kechadi,
shuning uchun bu bosqichlarni birlashtirib biogenez davri deyiladi.
Dostları ilə paylaş: