1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Fosforning davriy aylanishi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Fosforning davriy aylanishi. 
Fosfor asosiy biogen elementlardan biri-
dir. U nuklein kislotalar, ATF, hujayra membranasi, dentin (tish qatlami) va 
suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi. Fosforning davriy aylanishi tirik organizm-
48-rasm.
Biosferada fosforning davriy aylanishi. 
PO
4
PO
4
PO
4
Organik birikmalardagi fosfor
Fosforli birik
ma 
rudalari
Dengizga 
oqib chiqishi
Mineral-
lashuv
Qushlar 
axlati
Mineral-
lashuv
Minerallashuv
Cho‘kindi
Fitoplankton
Zooplank-
ton
P ning chuqur 
qatlamlarda qolishi
Fosforli 
o‘g‘itlarni 
qo‘llash
O‘lgan 
organizm 
qoldiqlari


160
lar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq (48-rasm). Redutsentlar fosforning 
organik birikmalarini parchalab, mineral holdagi fosfatlarga aylantiradi. 
Hosil bo‘lgan fosfatlar o‘simliklar ildizlari tomonidan o‘zlashtiriladi. Azot va 
ugleroddan farq qilib, fosfor atmosfera tarkibida uchramaydi, uzoq geologik 
davrlar mobaynida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari uning manbayi hisoblanadi.
Oltingugurtning davriy aylanishi.
Oltingugurt oqsil va aminokislotaning 
muhim tarkibiy qismidir (49-rasm). Tabiatda oltingugurt asosan H
2
S vodorod 
sulfid, SO

– sulfid angidrid kabi gaz holatida, mineral moddalar: sulfidlar 
(sulfid kislota tuzlari) va sulfatlar (sulfat kislota tuzlari) ko‘rinishida hamda 
erkin holda bo‘ladi. Suvda yaxshi erish xususiyatiga ega bo‘lgan sulfatlar 
o‘simliklar uchun asosiy oltingugurt manbayi hisoblanadi. O‘simliklar sulfatlarni 
o‘zlashtirib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar sintez qiladi. Hayvonlar esa 
oltingugurtni organik birikmalar orqali o‘zlashtiradi. O‘simlik va hayvonlar 
nobud bo‘lib, redutsentlar tomonidan parchalangandan keyin oltingugurt 
tashqi muhitga qaytariladi. Chirituvchi bakteriyalar faoliyati natijasida oqsillar 
takribidagi oltingugurt vodorod bilan birikib, vodorod sulfid holida tuproqqa 
to‘planadi. Xemosintezlovchi bakteriyalar H
2
S ni produtsentlar o‘zlashtira 
oladigan sulfatlargacha oksidlaydi. 
I
nsonlar tomonidan energiya olish maqsadida 
tarkibida ko‘p miqdorda oltingugurt saqlovchi moddalarning yoqilishi atmosfera 
tarkibida oltingugurt oksidlari ko‘payishiga olib keladi. Atmosferada oltingugurt 
oksidi suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishib, sulfat kislotani hosil qiladi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin