1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Uchinchi bosqich
insoniyat jamiyatining kelib chiqishiga bog‘liq. 
Bundan taxminan 40–50 ming yillar avval boshlanib, hozirgi vaqtgacha 
davom etmoqda. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyati kelib chiqishi va 
rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgani uchun uni noogenez davri deyiladi.
Biogenez bosqichi.
Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir 
vaqtda paydo bo‘lgan. Tirik organizmlar evolutsiyasi ta’sirida biosfera 
ham o‘zgara borgan. Dastlabki tirik organizmlar bir hujayrali geterotrof 
oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo‘lgan. Bu organizmlar energiyani asosan 
glikoliz, bijg‘ish jarayonlari natijasida to‘plagan.
Dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo‘lgan tayyor organik 
moddalar bilan oziqlanib, biosferaning birlamchi biomassasini to‘plab borgan. 
Birlamchi biosferada organik moddalar kam bo‘lgani uchun geterotrof 
prokariotlar tez ko‘paya olmas edi. Tabiiy tanlash natijasida anorganik 
moddalardan organik moddalarni mustaqil sintezlay oladigan avtotrof 
organizmlar – birinchi xemosintezlovchi, fotosintezlovchi bakteriyalar va 
ko‘k-yashil suvo‘tlari paydo bo‘ladi.


163
Geoxronologik jadval 
Eralar
Davr va uning 
davomiyligi
(million yil)
Hayvon va o‘simliklar evolutsiyasi
Yoshi
Kaynozoy
67 
mln yil
Antropogen 
(to‘rtlamchi), 1,5
Odam paydo bo‘lgan va rivojlangan. Hayvon va o‘simlik 
dunyosi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan 
Neogen (pastki 
uchlamchi), 23,5 Sutemizuvchi hayvonlar, qushlar hukmron bo‘lgan
Paleogen (yuqori 
uchlamchi), 42
Lemurlar, kengtovonlilar, keyinroq – pa ra piteklar, drio
-
piteklar paydo bo‘lgan. Uchishga moslashgan hasha rotlar 
soni ortgan
Mezozoy
230 mln yil
Bo‘r, 70
Xaltali va yo‘ldoshli sutemizuvchilar, haqiqiy qushlar paydo 
bo‘lgan. Suyakli baliqlar hukmronlik qilgan. Yopiq urug‘li 
o‘simliklar paydo bo‘lgan va keng tarqalgan. Hasharotlar 
yordamida changlanuvchi o‘simliklar paydo bo‘lgan. Jamoa 
bo‘lib yashovchi hasharotlar: termitlar, chumolilar, asalarilar, 
arilar paydo bo‘lgan. Qirqquloqlar va ochiq urug‘li o‘sim
-
liklar kamaygan. Davr oxirida yirik sudralib yuruvchilar – 
dinozavr lar, pleziozavrlar, ixtiozavrlar qirilib ketgan
Yura, 58
Sudralib yuruvchilar (dinozavrlar) hukmronlik qilgan. Ar-
xeop teriks paydo bo‘lgan. Boshoyoqli molluskalar keng 
tarqalgan. Ochiq
urug

li
o

simliklar
hukmronlik
qilgan
Trias, 35
Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi ortgan. Suyakli baliqlar, 
toshbaqalar, timsohlar, uchar kaltakesaklar, dinozavrlar, dast
-
labki sutemizuvchilar paydo bo‘lgan. Trilobitlar qirilib ketgan

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin