1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
arxey, proterozoy, 
paleozoy, mezozoy, kaynozoy, riniofit, sianobakteriya. 
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Biosfera rivojlanishining asosiy bosqichlarini tahlil qiling. 
2. Sayyoramizdagi hayotning paydo bo‘lishini ta’minlaydigan shartlarni aytib bering. 
3. Fototroflar qanday sharoitlarda paydo bo‘ldi? 
4. Evolutsiyaning barcha bosqichlarida biosferadagi tirik moddaning aha mi-
yatini ochib bering. 
5. Biosfera evolutsiyasining har bir bosqichida yashil o‘simliklarning rolini 
izohlang. 


167
32-§. BIOSFERA EVOLUTSIYASI. NOOGENEZ
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Yerda odamning paydo bo‘lishi –
antropogenezni eslang. Insonning tirik organizmlar dunyosi tizimidagi 
o‘rnini ta’riflab bering.
Noosfera haqida tushuncha
. Biosferaning inson tomonidan tubdan 
o‘zgartirilgan yangi qobig‘i 
noosfera
deyiladi.
Inson tabiatning bir qismi sifatida u bilan uzviy bog‘langan va uning 
hayot faoliyati barcha tirik mavjudotlarga xos umumiy biologik qonunlar 
asosida sodir bo‘ladi. Yerdagi barcha tirik organizmlardan farqli ravishda 
inson ong, tafakkur, og‘zaki va yozma nutqqa ega. 
Fransuz matematigi Eduard Lerua 
noosfera
atamasini taklif qildi. 
(grek
.
«noos» – ong, «sphaira» – shar). U inson ongi bilan shakllantiriladigan 
biosfera qobig‘ini noosfera deb atadi. 
Noosfera – 
Y
er qobig‘ining kishilik jamiyatining ongi, tafakkuri, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq 
holda biosferaning yangi qiyofaga ega inson jamoasini o‘z ichiga oladi. 
Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy noosferani 
biosferaning inson va tabiat munosabatlarini ongli ravishda tartibga solish-
dan iborat bo‘lgan, biosferaning rivojlanishidagi yangi bir bosqich deb 
ifodalaydi. U inson faoliyatining ijodiy va yaratuvchanlik xarakterdaligi, inson 
ongi tufayli ilgari tabiatda mavjud bo‘lmagan va tabiatda mustaqil yashay 
olmaydigan madaniy o‘simliklarning yangi navlari va uy hayvonlarining 
zotlari yaratilganligini qayd etadi. 
Noosfera 

 
biosfera rivojlanishining oliy 
bosqichi, unda insoniyatning ongli faoliyati asosiy harakatlantiruvchi kuchga 
aylanadi. Inson biosferaning rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunishi va 
shundan kelib chiqib, uning ekologik rivojlanishini ongli ravishda boshqarishi 
lozim. Boshqacha aytganda, inson o‘z mehnat faoliyati bilan biosferaning 
rivojlanish qonuniyatlariga amal qilishi lozim. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin