BIOLOGIYA VA GENETIKA
1
Tayanch iboralar: kaynazoy, mezazoy, proterozoy, spontan, xujayra, era,
davr
3-mavzu: Erda hayotning paydo bo‟lishi va rivojlanishi
REJA
1. Erda hayotning
paydo bo‘lishi
to‘g‗risida
koatservat
va
genetik
gipotezalar.
2. Biogenezning asosiy bosqichlari va ularni tajriba orqali modellashtirish. Era va davrlar.
3. Erda hayot rivojlanishining asosiy boskichlari. Arxey va proterozoy eralarida
biosfera.
1. Erda hayotning paydo bo‟lishi to‟g„risida koatservat va genetik
gipotezalar.
Hayot paydo bo‘lish muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarabdavrlarda turlicha hal
etildi. Din p+eshvozlari va idealizm oqimining nomoyondalari
Er yuzidagi barcha o‘simliklar, hayvonlar va odamlar xudo qudrati bilan vujudga kelgan, degan fikrni
uzoq davr targ‗ib qilib keldilar. Bunga qarama-qarshi materializm oqimi
tarafdorlari esa hayot
hech qanday ilohiy kuch ishtirokisiz, tabiiy qonunlar asosida paydo bo‘lganligini e‘tirof etdilar.
Biroq materializm oqimining dastlabki tarafdorlari o‘lik tabiat bilan tirik tabiat orasidagi tub sifat
fikrlarini etarlicha anglab olmadilar. XVI - asrda yashagan biolog vrach Van Gelmant sichqonlar
dondan , vrach SHratsels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo bo‘ladi, degan fikrni targ‗ib
qildilar. Paratsels ―katta-kichkina tirik‖ odam gomenkulisni laboratoriyada tayyorlash retseptini
ham tuzdi.
XVI asrda yashagan Italyan olimi Franchesko Redi hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi
to‘g‗risidagi bunday tasavvurlar noto‘g‗rilgini birinchi bo‘lib tajribada isbotladi.
Mikroskop kashf etilishi va qo‘llanilishi tufayli XVSH asrga kelib, mikroorgaiizmlar
olami ma‘lum bo‘la boshladi. Natijada hayot o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‗risidagi fikrni' olimlar
eksperemental yo‘l bilan isbot kilmoqchi bo‘ldilar.
Fransiya mikrobiologi Lui Paster tajribalarn o‘tqazib
yirik organizmlargina emas , xatto eng
mayda organizmlar ham o‘lik tabiatdan o‘z-o‘zidan bo‘lmasligini isbotlab berdi. Paster tajribasining
yakunlari e‘lon qilingandan so‘ng hayot mangu deb da‘vo qiluvchi gipotezalar maydonga keldi.
Kosmozoylar va panspermiya gipotezalarini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Kosmozoylar
gipotezasini birinchi marta 1865 yili nemis vrachi Rixter ilgari surdi.
Keyinchalik mazkur
girotezani olimlardan Tomson va Gelmgols quvvatladilar. Kosmozoylar gipotezasiga ko‘ra,
koinotda hayot mangu bo‘lib, uning zarrachalari bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu
zarrachalarning ko‘chib yurishida mitioritlar asosiy o‘rin egallaydi. Mikroskop ko‘rinshpidagi bu
hayot zarrachalari metioritlarga yopishib, ular orqaln Erga tushgan va hayotening rivojlanishiga sabab
bo‘lgan.
Panspermiya gipotezasi 1907 yili shved olyami Arrenius tomonidan ilgari surildi. Bu