BIOLOGIYA VA GENETIKA
3
ichiga shakar, azotli asoslar hamda fosfat kislota tuzlari eritmasini solib eritmani 80 gradusgacha
isitgan va undan elektr o‘tqazgan. Bu eritmalar aralashmasi bir necha kundan keyin tekshirilganda
ularda DNK va RNK tipdagi moddalar, ya‘ni nukleotidlar borligi ma‘lum bo‘lgan. Oldbiologik
sintez uchun zarur energiya elektr uchqunlari, ultrabinafsha nurlar va radiaktiv moddalarning
parchalanishidan olingan. Koatservat tomchilarning rivojlanishi dastlabki okeanda oqsilga
o‘xshash va yuqori molekulali boshqa organik molekulalarining hosil bo‘lish natijasidir.
Oparin koatservat tomchilar o‘z navbatida 4 bosqichda hosil bo‘lgan deydi. 1- bosqichda
eritma o‘z konsentratsiyasi bilan, atrofidagi eritmadan farqlanib ajralgan, 2- bosqichda koatservat
toachilar xajmi jihatdan ortib «o‘sa» boshlagan. 3- bosqichda koatservat tomchilar ham dinamik
xolatga o‘tgan, ya‘ni tevarak atrofdagi eritmadan turli moddalarni yutib olib, kattalashgan va
reaksiya mahsulotlarini atrofdagi muhitgacha chiqargan va nihoyat, 4-bosqichda ular o‘rtasida
«tabiiy tanlanish»ga o‘xshash jarayon borgan. Ular orasida sintezlanish va parchalanish reaksiyalari
mutanosib hamda davriy ravishda bo‘lgan. Bu jarayonlarda ma‘lum moddalarni regeneratsiya qilib
turgan koatservat tomchilar yashab qolgan. Koatservat tomchilarning diametri 1-500 mln gacha
bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi tashqi muhitdan qalin qavat go‘yo membrana bilan
alohidalashgan.
Uchinchi bosqich dastlabki tirik organizmlarning paydo bo‘lishi. Koatservat tomchilar
kattalashgatsdan so‘ng mayda tomchilarga parchalanadi. Koatservat tomchilar o‘z xizmati bilan
farqlanadi. Koatservat tomchilardan katalizator hossasiga ega bo‘lganlar ko‘proq polimerlangan va
uzoq yashagan. Koatservat tomchilarining tashqi muhitdan energiya va moddalarni o‘zlashtirganlari
yashab qolib bo‘lingan. Lekin ular tirikka yaqin bo‘lsa ham, hali ularni hayot deb bo‘lmas edi. Dastlabki
stabillashgan probionidlar avtokatlik, nuklein kislotalardan iborat koatservat tomchilar shaklida
bo‘lgan degan faraz bor.
Dastlabki davrlarda nuklein kislotalar bilai oqsil malekulalarining qo‘shilishi ehtimoli ro‘y
bergan. Bunda nuklein kislota avtokatalizator va matritsa, oqsil esa qurilma va himoya vazifasini
o‘tagan bo‘lishi mumkin. Bunday turg‗un sistemalarni Oparin shartli ravishda probiontlar deb
atagan. Uning ko‘rsatishicha, probiontlarrning keyingi evolyusiyasi moddalar almashinuvi
jarayonlarining aktivlashishi bilan uzviy bog‗liq bo‘lgan.
Probionglarda moddalar almashinuvining asta-sekin murakkablashuvi
natijasida
progressiv evolyusiya yanada yuqori aktivlikka ega katalizatorlar fermentlarni vujudga
keltirgan. SHunday qilib, tarixiy jarayonda, Oparin uqtirishicha, tirik sistema bir butun xolicha,
shuningdek ayrim mexanizmlari takomillasha borgan.
Dostları ilə paylaş: