Biologiya va genetika 1 Tayanch iboralar: kaynazoy, mezazoy, proterozoy, spontan, xujayra, era


Mezozoy va kaynazoy eralaridagi hayot



Yüklə 276,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix02.06.2023
ölçüsü276,77 Kb.
#127692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Yura
Mezozoy va kaynazoy eralaridagi hayot
 
Mezozoy erasi 175 million yil davom etgan. Trias davrida iqlim quruq kelgan. 


BIOLOGIYA VA GENETIKA
 

O‘rmonlar ochiq urug‗lilar, ninabargli o‘simliklar, sagovniklar, qisman sporali o‘simliklar — 
paporotniklar, qirqbo‘g‗imlardan iborat bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi 
ortgan. Ularning keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqgda yashab 
turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari ham shu davrda paydo bo‘lgan. Trias davrida ayrim 
hududlarda iqlim quruq va sovuq bo‘lgan. Oqibatda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish natijasida 
ba‘zi bir yirtqich sudralib yuruvchilardan tanasi kalamushdek dastlabki sut emizuvchi hayvonlar kelib 
chiqqan. Taxmin qilinishicha ular hozirgi o‘rdakburun, exidnalar singari tuxum qo‘yib ko‘paygan.
Yura davrida iqlim issiq va nam bo‘lgani uchun daraxtsimon o‘simliklar avj olib 
rivojlangan. O‘rmonlarda ilgaridek ochiq urug‗lilar va paporotniksimonlar hushronlik qilgan. 
Ularning ba‘zilari, ya‘ni sakvoyalar hozirgi vaktgacha etib kelgan. SHu davrda paydo bulgan 
dastlabki gulli o‘simliklarning tuzilishi anchagina ibtidoiy bo‘lgan va keng tarqalmagan. 
Sporali va ochiq urug‗li o‘simliklarning gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi 
hayvonlar tanasi nihoyatda yiriklashgan. Ba‘zilarining tanasi 20-25 m ga etgan. Sudralib yuruvchi 
hayvonlar faqat quruqlikda emas, balki suv, havo muhitiga ham tarqalgan. Havoda uchar 
kaltakesaklar keng o‘rin olgan. Arxeopterikslar shu davrda paydo bo‘lgan.
Yura davrining yotqiziqlarida 250 ta o‘simlik turi aniqlangan.
Bo‟r davrida iqlim keskin o‘zgardi. Osmonni qoplagan bulutlar juda kamayib
atmosfera quruq va shaffof bo‘lgan. Quyosh nurlari to‘g‗ridan-to‘g‗ri o‘simlik barglariga tusha 
boshlagan. Iqlimning bunday o‘zgarishi ko‘pgina
paporotniksimonlar va ochiq urug‗lilar uchun noqulay bo‘lgan va ular kamaygan. YOpiq urug‗li 
o‘simliklar esa aksincha ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining o‘rtalariga kelib, yopiq urug‗li 
o‘simliklarning bir pallali, ikki pallali sinflarining ko‘p oilalari paydo bo‘lgan. Ularning xilma-
xilligi, tashqi qiyofasi ko‘p jihatdan hozirgi zamon florasiga iqinlashdi. Quruqlikda sudralib 
yuruvchilar sipfi hali ham o‘z hukmronligini saqlab qolgan, Yirtqich, o‘txo‘r sudralib yuruvchilar 
tanasi kattalashgan yoki shoxlar, suyakli qalqonlar bilan himoyalangan. Qushlar tishli bo‘lib boshqa 
xossalari bilan hozirgi zamon qushlariga o‘xshagan. Bo‘rning ikkinchi yarmida sut 
emizuvchilarnipg xaltali va yo‘ldoshli kenja sinf vakillari paydo bo‘lgan.
Kainozoy – erasi 70 million yil davom etgan. Kaynozoy gulli o‘simliklar, hasharotlar, 
qushlar, sut emizuvchi hayvonlar avj olib rivojlangan eradir.

Yüklə 276,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin