BIOLOGIYA VA GENETIKA
4
natijasida tuproq paydo bo‘ltan. Atmosferada metan, ammiak, suv kamayib, karbonat angidrid va
kislorod to‘plana boshlagan. Suvda ham quruqliqda dastlabki bakteriyalar, suv o‘tlar, uni kislorod bilan
to‘yintirib geterotrof organizmlarning hosil bo‘lishi va ularning ba‘zilari quruqlikka chiqishiga
sharoit yaratgan. Arxey erasining ikkinchi yarmida fotosintez, jinsiy ko‘payish; ko‘p hujayrali
organizmlar paydo bo‘lgan.
Proterozoy – erasi 2000 mln yil davom etgan. Arxeyning oxiri proterazoyning
boshlarida kuchli tog‗ hosil bo‘lish jarayonlari ro‘y bergan.
Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu erada bakteriyalar, suv o‘tlar avj olib
rivojlangan. Ayniqsa, yashil suv o‘tlarning hosil bulishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Qirg‗oqqa yaqin joyda hayot kechiruvchi suv o‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga
mustahkam ylashadi, boshqa qismi esa fotosintezning amalga oshishiga moslashadi.
Hayotning rivojlanishi Er qobig‗ining shakli va tarkibining o‘zgarishiga olib keladi.
O‘simliklar fotosintetik faoliyati natijasida atmosferadagi karbonat angidridni o‘zlashtirib.
kislorod ajratib chiqaradi. Quruqlik va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob
organizmlar paydo bo‘ladi. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar, suv o‘tlar,
kovakichlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‗imoyoqlilar va umumrtqasizlarning
boshqa ko‘pgina tiplari ham rivojlanadi. Ko‘p hujayrali hayvonlarning aksariyat ko‘pchiligi ikki
yoqlama simmetriyali bo‘lgan. Bu ularning tanasini oldingi va keyingi, elka va qorin qismlarga
bo‘linishini ta‘minlaydi. Oldingi qismida sezuv organlari, nerv tugunlari bo‘ladi. Hayvonlarning elka
tomoni esa himoya qilish funksiyasini bajaradi. Qorin tomoni harakatlanish va oziq tutishni ta‘minlaydi.
Bularning hammasi hayvon fe‘l- atvorini, harakatchanligi, chaqqonligi, hayot faoliyatini
o‘zgartiradi.
Proterozoy erasining oxiriga kelib dastlabki xordali hayvonlar bosh skeletsizlar kenja
tipi paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Xorda muskullar uchun tayanch vazifasini bajargan. Nafas
olish organi jabra rivojlangan. Ularning hammasi organik olamning kelgusida yanada takomillashishi
uchun asos bo‘lgan (272—273-betlar).
Dostları ilə paylaş: