Biologiya va genetika 1 Tayanch iboralar: kaynazoy, mezazoy, proterozoy, spontan, xujayra, era



Yüklə 276,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix02.06.2023
ölçüsü276,77 Kb.
#127692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Uchlamchi davrning – boshlarida iqlim issiq va nam bo‘lgan. Tropik va subtropik 
o‘simliklar keng tarqalgan. Davr o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘‗tadil, oxirida keskin sovigan. 
Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘t o‘simliklarning paydo bo‘lishiga va keng 
tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar sinfi avj olib rivojlangan. Ular orasida gulli o‘simliklarning 
chetdan changlanishini ta‘minlaydigan, shuningdek o‘simlik nektarlaridan oziq oladigan yuksak 
vakillari paydo bo‘lgan. Sudralib yuruvchi xayvonlar ham kamaygan. Quruklikda, havoda qushlar, sut 
emizuvchilar, suvda esa balikdar, suv muhitida yashashga moslashgan sut emizuvchilar uchragan. Davr 
oxiriga kelib qushlarning hozirgi paytda ma‘lum bo‘lgan 
ko‘p 
avlodlari
paydo bo‘lgan. 
Davrning boshlarida 
sut emizuvchilarningxaltalilar kenja 
sinfi vakillari keng o‘rin olgan. Davr oxiriga kelib yashash uchun kurashda yo‘ldoshli sut emizuvchi 
hayvonlar ulardan g‗olib kelgan. Yo‘ldoshli sut emizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar 
turkumi bo‘lib, undan uchlamchi davr mobaynida yo‘ddoshlilarning boshqa turkumlari, shu
jumladan primatlar kelib chiqqan.
Uchlamchi davrda Markaziy Osiyoning Turkiston - Hisor tog‗ tizmalari orol holatida 
quruqlikdan iborat bo‘ladi. O‘simliklardan paporotniklar, qirqbo‘g‗imlar, ochiq urug‗li o‘simliklar, 
yopiq urug‗lilardan daraxtsimon formalar bilan bir qatorda o‘t o‘simliklar rivojlangan.


BIOLOGIYA VA GENETIKA
 

Uchlamchi davrning o‘rtalarida odamsimon maymunlar rivojlanadi. O‘rmonlarning 
qisqarishi bilan ba‘zi odamsimon maymunlar ochiq erlarda yashashga majbur bo‘ladi. Ulardan 
keyinchalik dastlabki odamlar kelib chiqqan. Ular kam sonli bo‘lib, tabiatning falokat voqealari yirik 
yirtqich havonlardan saqlanish uchun doimo kurashib kelganlar.

Yüklə 276,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin