BIOLOGIYA VA GENETIKA 2
gipoteza xuddi kozmoylar gipotezasi singari hayotning manguligini e‘tirof etgan. Bu ikki
gipoteza mazmunan bir xil bo‘lib, asosiy farqi xayt zarrachalari erga turli yo‘llar bilan etib
kelganligi haqida edi. Panspermiya gipotezasiga muvofiq, hayot kurtaklari quyoshdan ajralgan
yorug‗lik nurlarining bosimi ta‘sirida Erga tarqalgan deyiladi. Bu gipoteza ham hayot manguligini e‘tirof
etgan.
Olimlardan A.I.Oparin 1924 yili, Xoldeyi 1923 yilda Erda hayot qanday
paydo bo‘lganligi haqida abiogen gipoteza yaratdilar. Oparin hayot paydo bo‘lishi to‘g‗risidagi
gipotezani yaratishda Engelsning hayotga bergan ta‘rifi hamda hayot paydo bo‘lishi problemasini
qanday hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalariga, shuningdek, astrofizika, astroximiya, geologiya ,
bioximiya va boshqa fan yutuqlarini e‘tiborga oldi. U o‘z gipotezasida Erdagi hayot boshqa
planetalardan ko‘chib kelmaganligini , balki materiyaning milliard yillar davom etgan
rivojlagnish natijasi ekanligiii qayd qildi. Oparindan mustasino ravishda ingliz olimi Dj Xoldeyn
o‘z maqolasida hayot obiogen yo‘l bilan paydo bo‘lganligini
yoqlab, tubandagi fikrlarni aytgan. Ultrabinafsha nurlar ta‘sirida Erning dastlabki atmosferasida har
xil organik moddalar , shu jumladan, qand va ba‘zi bir aminokislotalar u sintezlangan. Ular esa
oqsilning tuzilishi uchun juda zarur birikmalar hnsoblanadi. Xoldeyn mulohazasiga ko‘ra shunday
birikmalar dastlabki okean suvida yig‗ilib borgan va bulon holatiga kirgan. Ana shu bulondan hayot
paydo bo‘lgan.
Xozirgi vaqtda Erda mavjud barcha organik moddalar biogen yo‟l bilan, ya‟ni tirik organizmlarda sodir bo‟ladigan fotosintez va xemosintez natajasida vujudga kelgan. Hayotdan nom-nishon bo‟lmagan qadimgi davrlarda esa bunday moddalar abiogen yo‟l bilan paydo bo‟lishi tabiiy bir hol edi.6 Oparin gipotezasiga muvofiq, Erda hayot paydo bo‘lishi bir necha bosqichga
bo‘linadi. hayot paydo bo‘lishidagi birinchi bosqich turli moddalarning ximiyaviy evolyusiyasi
natijasida oddiy molekulalardan iborat organik moddalar paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.
Birinchi bosqich haqiqatdan ham Erning tarixiy rivojlanishida ro‘y berganligini
radioastronomiya yutuqlari asosida bevosita isbotlash mumkin. Keyingi yillarda olingan
ma‘lumotlarga ko‘ra, yudduzlar olamida uglerodning xilma-xil birikmalari, ayniqsa farmaldigit,
sion va uning mahsulotlari ko‘plab uchraydi. Bu ma‘lumotlarning o‘zi organik moddalar obiogen yo‘l
bilan vujudga kelishi mumkinligini va jarayon faqat hayot paydo bo‘lguncha emas, hatto Er va
boshqa sayyoralar shakllanguncha ham ro‘y berganligini isbotlaydi.