To‟rtlamchi davrda – SHimoliy muz okeani muzlarining bir necha marta janubga
siljishi va orqaga chekinishi yuz beradi. Muzlarning janubga tomon harakatlanishi iqlimning
sovishi bilan juda ko‘p issiqsevar o‘simliklar janubga, muzlik orqaga chekinishi bilan yana shimol
tomon tarqaladilar. O‘simliklarning, bunday takroriy migratsiyasi (lotincha migratio — ko‘chish)
populyasiyalarning aralashib ketishiga, o‘zgargan sharoitlarga moslasha olmagan turlarning qirilib
sharoitga moslashgan turlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
To‘rtlamchi davrga kelib odam evolyusiyasi tezlashadi. Mehnat qurollari yasash, ulardan
foydalanish keskin ravishda takomillashadi. Odamlar atrof-muhitni o‘zgartirib yashash uchun qulay
sharoit yaratishni o‘rganib oladilar. Odamlarning atrof-muhitni o‘zgartirish qobiliyati, son jihatdan
orta borishi va keng tarqalishi o‘simliklar va hayvonot olamiga ta‘sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar
ovi tufayli ba‘zi o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni sekin-asta kamaya boradi.
Evropa va Osiyoda mamontlar, qalin yungli karkidonlar, Amerikada mastodontlar, ot ajdodlari, bahaybat yalqov, dengiz sishri degan hayvonlar dastlabki ovchilar tomonidan qirib yuborildi. Yirik o‟txo‟r hayvonlarning qirilishi ular bilan oziqlanuvchi g„or arsloni, ayig„i va boshqa yirik yirtqich hayvonlarning qirilishiga sababchi bo‟ldi. Daraxtlar ham kesilib, ko‟pgina o‟rmonlar o‟rni yaylovlar bilan almashindi. Odamlar yovvoyi hayvonlar bolalarini qo‟lga o‟rgata borishi natijasida xonaki hayvonlarning dastlabki mahalliy zotlari, yovvoyi o‟simlik urug„larini ekish, parvarish qilish orqali madaniy o‟simliklarning dastlabki navlari kelib chiqqan. Qayd qilinganlarning