Biologiya va genetika 1 Tayanch iboralar: kaynazoy, mezazoy, proterozoy, spontan, xujayra, era



Yüklə 276,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix02.06.2023
ölçüsü276,77 Kb.
#127692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Paleozoy – erasi 340 mln yil davom etgan. Mazkur era hayotning bir muncha xilma-
xilligi, takomillashishi bilan ta‘riflanadi. SHu eradan boshlab eukariot organizmlar tanasi skelet 
hosil qilib, paleontologik solnomasining to‘liq va izchil bo‘lishiga ymkon yaratgan.
Kembriy davrida ikdim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. 
Ularning ba‘zilari o‘troq, ba‘zilari suv oqimi bilan harakatlangan. Hayvonlardan ikki palla 
chig‗anoqli, qorin oyoqli, bosh oyoqli mollyuskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng 
tarqalgan va faol harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari qalqondorlar yashagan. 
Jag‗ bo‘lmagan. Ular hozirgi davrda yashayotgan to‘garak og‗izlilar, minogalar, miksinalarning uzoq 
ajdodi hisoblanadi. Turkiston, Oltoy, Zarafshon tog‗ tizmalaridai kembr davriga xos sodda 
hayvonlar, bulutlar, kovakichlilar, qisqichbaqalar, ko‘k-yashil, yashil suv o‘tlari topilgan. Hisor 
tog‗ tizmalarida esa qurukdikda yashovchi o‘simlik sporalari aniqlangan.
Ordavik – davrida dsngizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‗ir, qizil suv
o‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli mollyuskalarning xilma-xilligi ortadi.
Korall riflarining hosil bo‘lishi avj oladi. Bulutlar hamda ba‘zi bir ikki palla
chig‗anoqli mollyuskalarning turli-tumanligi kamayadi.
Silur – davrida tog‗ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortadi. Iqlim nisbatan 
quruq bo‘ladi. Boshoyokli mollyuskalar nihoyatda ko‘payadi. Davr oxiriga kelib 
qisqichbaqachayonlar rivojlanadi. Umurtqasizlarning yana bir tip vakillari bo‘lmish ninatanlilar 
paydo bo‘ladi.Silurning oxirida qirg‗oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suv 


BIOLOGIYA VA GENETIKA
 

o‘tlarining ba‘zilari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaffaq 
bo‘ladilar. Tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda 
organik birikmalarning to‘planishi keyinchalik zamburug‗larning paydo bo‘lishi uchun imkon 
yaratgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlarro‘y bergan. Iqlim iliq bulgan. Zarafshon tog‗ 
tizmalarida kovakichli hayvonlar bilan, past buyli psilofitni toshga tushgan tasviri topilgan.
Devon davrida quruqlik ortishi dengizlar sathi kamayib, bo‘linib ketishi yanada davom 
etgan. Iqlim mo‘‗tadil bo‘lgan. Quruqlikning qo‘pgina qismi dasht, yarim dashtga aylangan. 
Dengizlarda tog‗ayli baliqlar rivojlanib, qalqondor baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya 
borishi ro‘i bergan. So‘ngra suyakli baliqlar kelib chiqqan. Sayoz havzalarda ikki yoqlama nafas oluvchi 
baliqlar, panja qanotli baliqlar rivojlangan. Panja qanotli baliqlarning ayrim vakillari — 
latimeriya tirik «qazilma» sifatida hrzir ham Janubiy Afrika. Madagaskar qirg‗oqlaridagi 
suvlardan topilgan. Bu davrda baland bo‘lib o‘suvchi paporotniklar, qirqbo‘g‗imlar, 
plaunlar dastlabki o‘rmonlar hosil qiladi. Bo‘g‗imoyokli hayvonlarning ayrim guruhlari havo 
bilan nafas olishga o‘tishi tufayli ko‘p oyoqlilar va dastlabki hasharotlar paydo bo‘ladi.
Devon davrining o‘rtalariga kelib, panja qanotli baliqlarning ayrim guruhlari quruqlikka chiqadi. 
Natijdda suvda ham quruqlikda yashovchilarning dastlabki turlari vujudga keladi.

Yüklə 276,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin