1.1 Mazkur lavozim yo‘riqnoma “O‘zbektelekom” AK Jizzax filiali Jizzax shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi (keyinchalik – Bog’lama) Texnik hisob va pasportlashtirish guruhi 2-toifali muhandisining (keyinchalik - Guruh) asosiy majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi va o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.
1.2. Guruh 2-toifali muhandisi lavozimiga oliy texnik ma’lumotga ega, aloqa sohasida muhandis lavozimida kamida uch yil ishlagan muhandis tayinlanadi.
1.3. Guruh 2-toifali muhandisi Bog’lama boshlig‘i tavsiyasiga ko‘ra, filial direktori tomonidan ishga tayinlanadi va ishdan ozod etiladi.
1.4. Guruh 2-toifali muhandisi bevosita bog‘lama bosh muhandisi va guruh oliy toifali muhandisiga bo‘ysunadi.
1.5. Guruh 2-toifali muhandisi o‘z faoliyatini xizmat Nizomi hamda mazkur lavozim yo‘riqnomasiga asosan olib boradi.
1.6. Guruh 2-toifali muhandisi o‘z faoliyati davomida quyidagilarga amal qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlariga;
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyinchalik-Vazirlik) buyruq va farmoyishlari, qo‘llanma va qoidalariga;
- Kompaniya buyruqlari, farmoyishlari va qarorlariga;
- Kompaniya ustavi hamda yagona jamoa shartnomasi talablariga;
- Filial Nizomi, ichki mehnat tartibi qoidalari, buyruq va farmoyishlariga;
- sifat menejmenti tizimi hujjatlari, qoidalari va yo‘riqnomalariga;